Keys tuzish bo’yicha metodik tavsiyalar: 1. Keysning mohiyati va uni qo’llash shartlari bilan tanishib chiqish.
2. Muammoni taqdim etish (muammoli vaziyat).
3. Keys savollarini tuzish va savollariga javob topishga harakat qilish.
4. Muammo bo’yicha ikkinchi darajali masalalarni ajratish, shakllantirish, asoslash.
5. Tadqiqot metodini tanlash va vaziyatni tahlil qilish.
6. Taqdim etilgan muammoning amaliy jihatlarini o’rganish.
7. Muammoni yechishning usul va vositalarini aniqlash.
8. Keys yechimni asoslash va bayon etish.
Baholash mezonlari: 1. Berilgan tushunchalar mazmuning aniqligi.
2. Tushunchalar mazmuning to’liqligi (xususiyati, o’ziga xosliklarining ifodalanganligi)
3. Tushunchaning aniq ta’rifini berish.
4. Keys yuzasidan muammoning to’g’ri shakllantirilganligi
5. Keys yechimning asoslanganligi.
6. Nutqga ishonch, materialga yo'naltirilganlik, uni tinglovchilarga taqdim etishning ochiqligi.
Tavsiya etilgan adabiyotlar: Qosimova M.S., Yusupov M.A., Ergashxodjayeva Sh.D. Marketing. Darslik. – T.: TDIU, 2010, -265 b.
Котлер Ф., Армстронг Г., Вонг В., Сондерс Дж. Основы маркетинга, 2-е европейское изд. Учебник. – М.: СПб, Издательский дом «Вильямс», 2006. -944 с.
Marketing: O‘quv qo‘llanma / F.T. Bazarova. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – T.: Iqtisod-Moliya, 2015, - 424 b
MUSTAQIL TA’LIM № 9. Mavzu № 9. Marketing strategiyasi Ishning maqsadi: “Marketing strategiyasi” mavzusi bo‘yicha bilimlarni mustahkamlashdan iborat.
Topshiriq shakli: esse yozish, keys tuzish.
Bajarish vaqti: 6 soat
Mustaqil ta’lim topshiriqlari № 9 1-Topshiriq. “Marketing strategiyasi” mavzusida esse yozish.
ESSE yozish bo’yicha metodik tavsiyalar: 1. Kirish gap yozish (muammoni shakllantirish uchun xizmat qiladigan 2-3 jumla).
2. Nafaqat muallif, balki boshqalar uchun ham muhim bo'lishi kerak bo'lgan muammoni shakllantirish.
3. Muammo yuzasidan fikr bildirish.
4. Dalillarni keltirish va shaxsiy munosabatini bildirish.
5. Xulosa yozish (yuqorida keltirilganlarni umumlashtirish).