Front bo‘yicha hujum raqobatchi korxonaning kuchsiz tomonlaridan kura kuchli tomonlaridan ustun kelish bo‘yicha faol harakatlar orqali uning pozitsiyasiga ( mahsulotlar, reklama, narxlar va boshqalar bo‘yicha) hujum qilish tushuniladi. Uni amalga oshirish uchun korxona raqobatchiga nisbatan ko‘p resurslarga ega bo‘lishi hamda uzoq muddatli “jang harakatlari”ni olib borish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
Qanot hujumiraqobatchilar faoliyatini kuchsiz joylariga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu joylarda ustunlikka erishish uchun asosiy kuchlar tashlanadi; u shunga asoslanganki raqobatchi ko‘pincha o‘z resurslarining eng kuchli pozitsiyalarini saqlab qolish uchun yo‘naltiradi, masalan sifati bo‘yicha sardorlik (liderlik) pozitsiyasini saqlab turishi mumkin, ayni vaqtda esa o‘z faoliyatida kuchsiz joylarga ega bo‘lishi mumkin, masalan vositachilar bilan ishlashga uncha ahamiyat berishmaydi. Ushbu strategiya bozor da’vogari raqobatchiga nisbatan kam resurslarga ega bo‘lsa yaxshi natija berishi mumkin. U ko‘pincha raqobatchilarga qarshi kutilmaganda ishlatiladi.
O‘rab olish orqali hujum -bu raqobatchini barcha pozitsiyalarga birdaniga
hujum qilinib, uni bir vaqtning o‘zida hamma yo‘nalishdar bo‘yicha mudofaa olib borishga majbur etadi; bu esa bozor da’vogari juda katta resurslarga ega bo‘lganda qo‘llaniladi hamda qisqa vaqt ichida raqobatchini bozordagi pozitsiyasini emirilishiga imkoniyat yaratadi. U quyidagi variantlarida amalga oshirishi mumkin, ya’ni mahsulot modifikasiyasi (turlari) sonini ancha ko‘paytirib, raqobatchi harakat qilayotgan barcha bozorlarda o‘z mahsulotini sotishi. CHetlab o‘tish hujumi tug‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmagan hujum turi bo‘lib, ko‘pincha quyidagi yo‘nalishlardan birida amalga oshiriladi: ushbu korxona uchun mutlaqo yangi bo‘lgan mahsulot turini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, yangi geografik bozorlarni o‘zlashtirish, texnologiyada yangi bosqichni o‘zlashtirish, bozor da’vogari uchun dastlab eng “engil” bozorlarda amalga oshirilib, u erlarda ustunlikka erishilgandan so‘ng esa, raqobatchining asosiy faoliyati sohalarida hujum uyushtiriladi.