Tasdiqlayman” Kafedra mudir Mavzu: Raqobatchilik strategiyasi Reja



Yüklə 20,99 Kb.
səhifə3/3
tarix24.10.2023
ölçüsü20,99 Kb.
#160232
1   2   3
9-mavzu strategik naz

Partizan hujumi raqobatchni tushkunlikka tushurish maqsadida, har zamonda uncha katta bo‘lmagan hujumlarni uyushtirib, unda o‘ziga nisbatan ishonchsizlik tuyg‘usini rivojlantirishdir (narxlarni har zamonda pasaytirish va mahsulotni jadal sur’atlar bilan siljitish, oqibatda esa raqobatchini o‘zi uchun zararli bo‘lgan qarshi harakatlarni qilishga majbur etish va x.k.lar). Bunday strategiyani ko‘pincha uncha katta bo‘lmagan cheklangan resurslarga ega firmalar, ancha yirik bo‘lgan raqobatchilarga nisbatan qo‘llaydilar. Biroq tez-tez amalga oshiriladigan partizan hujumlari- bu katta xarajatlarga olib keladigan tadbirlar, uning ustiga raqobatchilar ustidan g‘alaba qozonish uchun, unga boshqa turdagi hujum harakatlari bilan qo‘llab-quvvatlab turish kerak.

Lider orqasidan boruvchi” - bu bozorda ulushi uncha katta bo‘lmagan raqobatchidir. Ushbu xulq-atvor ko‘proq oligopoliya holatidagi o‘rinlarga ega bo‘lib, unda differensiasiya imkoniyatlari kam, har bir raqobatchi barcha firmalarga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan kurashdan qochadi.



Mutaxassis strategiyasida mutaxassis butun bozor bilan emas, balki bir yoki bir necha sengment bilan qiziqadi. Uning maqsadi katta daryoda kichik baliq bo‘lish emas, balki kichik daryoda yirik baliq bo‘lishdan iborat. Bu raqobatchilik strategiyasi asosiy strategiyalardan biri bo‘lgan konsentrasiya strategiyasiga mos keladi.
Mutaxassis e’tibor berayotgan chuqurcha rentabellik bo‘lishi uchun u beshta shartni qondirishi lozim:


  1. Etarli potensial foydaga ega bo‘lishi kerak.



  1. Potensial o‘sishga ega bo‘lishi.



  1. Raqobatchilar uchun ham jalb etuvchi bo‘lishi kerak.



  1. Firmaning maxsus imkoniyatlariga mos kelishi kerak



  1. Kirishni barqaror to‘siqlariga ega bo‘lishi kerak.

Yüklə 20,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin