NAMANGAN DAVLAT UNIVERSUTETI
IQTISODIYOT fakulteti
“MENEJMENT” kafedrasi
«TASDIQLAYMAN» kafedrasi mudiri
_______________ «____» _________________2023 y
REJA: Kirish Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va mazmuni
Mulk shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni
O’zbekistonda bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari
O‘zbkiston Respublikasi Mulkchilik to‘g‘risidagi qonunchilik
Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Tugallangan kurs ishni topshirish sanasi:
Kurs ishi rahbari: _____________
Topshiriqni oldim : ____________
MUNDARIJA
KIRISH
1.
Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va mazmuni
2.
Mulk shakllarining tasnifi mazmuni
3.
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari
4.
O‘zbekiston Respubliksi Mulkchilik to‘g‘risidagi qonunchiligi
XULOSA
FOYDANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi. Mulkchilik munosabatlari moddiy va mahnaviy nehmatlarni ishlab chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. shunday ekan, mulkchilik munosabatlari – bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Barqaror iqtisodiy taraqqiyotni tashkil etish va bozor muvozanatiga erishishda, jamiyat ahzolarining ehtiyojlarini oqilona qondirish darajasini oshirish vazifalarini hal etishda mulkiy islohotlar siyosatini takomillashtirish zaruriyati ortmoqda. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish, mulkka egalik qilish va uning hajmini oshirish orqali yuqori samaradorlikka erishish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, uni rag’batlantirish mo’ljallanmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan 2017 yil 7 fevral kuni 4947-sonli “2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni tasdiqlandi. Uning uchinchi yunalishi “iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga qaratilgan bo’lib, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish” ustuvor yo’nalish sifatida qayd etilgani bejiz emas1.
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida bu sohaga to’liq erkinlik berish, bu yulda g’ov bo’lib turgan barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish eng muhim ustuvor vazifadir. Barqaror iqtisodiy o’sish va mamlakatimizning kelajak istiqboli, aholining hayot darajasi va sifati ko’p jihatdan ayni mana shu eng ustuvor vazifaning qanday hal etilishiga bog’liq”2 .
Milliy iqtisodiyotimiz uchun 2017-2019 yillar kuchli burulish yillari bo’ldi desak mubog’ala bo’lmaydi. Chunonchi ushbu sohada yangi qaror, loyihalar va islohatlar amalga oshirildi. Davlat mulki jadal sur’atlar bilan davlat tasarrufidan chiqarildi va xususiylashtirildi. Natijada foydalanilmay yotgan davlat obyektlariga yangi investitsiyalar jalb qilinib, iqtisodiyotimizning muhim sohalari farmasevtika, charm-poyabzal sanoati, kimyo sanoati kabi sohalari yanada keng rivojlanmoqda. Ushbu chora tadbirlar natijasini biz YAIM tarkibida sanoat mahsulotlari keskin ijobiy ta’rafga o’zgarishida ko’rishimiz mumkin.
Yurtboshimizning 2018-chi yil 26 dekabrda Oliy Majlisga murojatnomasida quyidagi vazifalarni belgilab berlgan edi: ”Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlar va tarmoqlar boʻyicha investiqiya loyihalarini puxta shakllantirishimiz. shular asosida eksportga mahsulot chiqarayotgan, innovatsion va yuqori texnologik ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan tadbirkorlarga va chet ellik investorlar uchun imkoniyatlar yaratishimiz kerak”3.
Ushbu islohatlar natijasini biz statistik ko’rsatkichlar orqali ham ko’rishimiz mumkin: 2018 yilning o’zida 213 ta davlat obyektlari davlat tasarrufidan chiqarilib turli mulk shakllariga aylantirildi. Davlat tasarrufidan chiqarishning yangi bosqichi iqtisodiyotimizda makroiqtisodiy ko’rsatkichning yaxshilanishiga, mamlakatda eks’ort salohiyatini oshirishga, im’ortni esa keskin kamaytirishga, mamlakatga pul oqimini ko’paytirishga, pulning qadrsizlanishi kamayishiga, aholi turmush darajasi yaxshilanishiga, mamlakatga bevosita xorij investitsiyalarining kirib kelishini, qulay investitsiya muhitini yaratilishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsadi Mulkchilik munosabatlarini yoritish, uning bozor iqtisodiyotida ozgartirish yollari va mulkchilik qonunlari tog‘risida ma’lumot yozish.
Ushbu kurs ishining vazifalari - mulkiy islohotlar siyosatining mohiyati, mazmuni va xususiyatlarini o’rganish; islohotlar tizimini boshqarishning huquqiy-me’yoriy asoslari bo’yicha nazariy bilimga va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish; shakllangan ijtimoiy va kasbiy tajriba asosida mulkiy islohotlar mohiyatini yoritishdan iboratdir.
Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va mazmunini ochib beirish
Mulk shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni yoritish
O’zbekistonda mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullarini yoritish va tavsivlash