Bajarish jarayonini kuzatadi, maslaxatlar beradi. 11. Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi, guruhlar taqdimotini tashkil etadi. Guruh a’zolariga diqqat bilan ishitishlarini va savolar berishlarini, Shu bilan birga o`zaro bir-birlarini baholashlarini eslatadi.
Javoblarni to`ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi:
12. Guruhlar ishini o`zaro baholashni o`tkazadi, mavzuning har bir qismi bo`yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayt etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamyatlari bilan bog`lab mavzuni yakunlaydi.
Uy vazifasini taqdim etadilar. Savollarga javob beradilar.
Mavzu nomini va rejasini yozib oladilar. Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.Yozib oladilar. Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar. Topshiriqlarni yozib oladilar.
Kichik guruhlarga bo`linadilar.
Kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishadilar.
Har bir guruh o`z topshiriq varaqlari bo`yicha faoliyatini boshlaydi.
Har bir guruh sardorlari chiqib o`z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi.
Berilgan qo`shimcha savollarga javob beradilar.
Guruh ish natijalarini o`zaro baholaydilar.
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.
III Yakuniybosqich (5 daqiqa)
Mashg`ulot yakuni: 1.Faol ishtirok etgan o`quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi.
Uyga vazifani berilishi: 2. Kelgusi mashg`lotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo`riqnoma beradi.
Baholari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar.
7-8-Mavzu: Issiqlik uzatish Reja: 1.Issiqlik o’tkazuvchanlik
2.O’tkazuvchanlik
3.Konvektsiya
4.Nurlanish
Issiqlik o’tkazuvchanlik
Issiqlik temperaturalar farqi tufayli energiya uzatishdir. Bir joydan boshqa joyga bunday o’tish uchta turlicha bo’lgan jarayonlar orqali yuz beradi: o’tkazuvchanlik, konvektsiya, nurlanish.
O’tkazuvchanlik vaqtida atom va molekulalarning ko’chishi tufayli yuz bergan o’zaro ta`sirlaShuv natijasida energiya uzatiladi. Masalan, qattiq panelning bir tomoni qizdirilsa, qizigan tomondagi atomlarning tebranishlari sovuq tomonidagiga qaraganda kattaroq energiya bilan yuz beradi. Energiyasi kattaroq atomlarning energiyasi kichikroq atomlar bilan o’zaro ta`sirlaShuvi energiyaning penel bo’yicha siljishiga olib keladi. O’tkazuvchanlik davomida issiqlik moddaning to’g’ridan to’g’ri ko’chishi yo’li bilan yuz beradi. Masalan, xonani egallab turgan issiq xavo kengayadi, uning zichligi kamayadi, uni o’rab turgan xavo tomondan itaruvchi kuch ta`sir etib, yuqoriga ko’tarilishga majbur etadi. Shunday qilib, energiya issiq xavo molekulalari bilan yuqoriga ko’chadi.
Issiqlik o’tkazuvchanlik davomida, energiya yorug’lik tezligida harakatlanuvchi elektromagnit to’lqinlar ko’rinishida fazo orqali uzatiladi. Elektromagnit nurlanishlarga bir-biridan to’lqin uzunligi va chastotasi bilan farq qiluvchi infraqizil to’lqinlar, ko’zga ko’rinuvchi yorug’lik nuri to’lqini, televidenie to’lqiniva rentgen nurlar kiradi. Issiqlik ko’chishining barcha mexanizmlarida , jismning sovush tezligi jism va uni o’rab turgan muhit orasidagi temperatura farqiga proportsionaldir. Bu natija N yuton sovutishi qonuni bilan taniqlidir. Ko’pgina real xolatlarda energiya uzatishning bu uchchala turi bir vaqtda yuz beradi, bunda mexanizmlardan biri boshqasiga nisbatan ko’proq rol o’ynashi mumkin. Masalan, oddiy fazoda qizdirgich nurlatish va konvektsiya uchun qo’llaniladi. Qizdiruvchi element kvarts bo’lsa, u xolda ko’chishning asosiy mexanizmi nurlanishdir. Agar qizdiruvchi element metall (kvarts kabi samara balan nurlatmaydigan) bo’lsa, asosiy mexanizm konvektsiya bo’lib, uning natijasida yuqoriga ko’tarila borib, sovuqroq xavo bilan almashinib energiya ko’chadi. Isitgichlarda konvektsiya jarayonini tezlashtirish uchun odatda ventilyatorlar qo’llaniladi.