MMIBDO`: ___________________ Sinf rahbar: ___________________ Mavzu: Etiket qoidalari. I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O’quvchilar qalbi va ongiga odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish tuyg’ularini singdirish, ularni zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviq qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlardan himoya qilish, o’quvchilarda ichkilikbozlik, giyohvandlik va «ommaviy madaniyat» kabi bizga yot illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: mavzuga oid rasm,DVD
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi: Tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Tashkiliy qism:
O`quvchilarni darsga hozirlash
II.Asosiy qism: O’qituvchi o’quvchilarga odob-axloq qoidalari haqida tushuncha berib o’tadi:
Ta’lim muassasasi hududida odob-axloq qoidalari Maktabga mashg‘ulotlar boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin, ta’lim muassasasi Ustavida belgilangan o‘quvchilar libosi (formasi)da kelish;
toza va orasta kiyinish, saranjom-sarishta yurish, sochlarni ozoda va tartibga keltirilgan holda tutish (o‘g‘il bolalar sochlarining uzunligi meyor (2-3 sm)dan oshmasligi, qiz bolalarning ixcham zirakdan tashqari boshqa taqinchoqlarni taqmasligi lozim);
chiqindilarni faqat maxsus belgilangan idishlarga tashlash;
ustozlar va maktab mehmonlari bilan uchrashganda salom berish;
o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida hududda sababsiz yurmaslik;
ta’lim muassasasi mulki (parta, stol, stul, doska, o‘simliklar, hayvonot dunyosi va hokazolar)ga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
maktab yo‘laklarida tinchlikni saqlash, baland ovozda gaplashmaslik;
maktabga o‘quv-qurollari, dars jadvalida belgilangan darsliklar va daftarlar bilan kelish (o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan papka tutishi, kundalik daftarining bo‘lishi, ma’naviyatga zid rasmlar tushirilgan yozuv daftarlaridan foydalanmasligi);
narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlarining iste’mol qilinishi hamda tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik.