kibersport turi bo‘yicha kiberfutbolchilar “LAN” hamda “online” rejimda bellashadi. O‘yin “Play Station 4” yoki “Play Station 5” o‘yin platformasida o‘ynaladi. Saralash bosqichlarida jamoalar 1 ta g‘alabagacha, “Play-Off’ bosqichlarida 3 ta g‘alabagacha o‘ynaladi, Final esa 5 ta g‘alabagacha o‘ynaladi.
Musobaqada mag‘lub bo‘lgan jamoa yoki kibersportchi musobaqani tark etadi. G‘oliblar musobaqani davom ettiriladi.
bob. Musobaqani moliyalashtirish va g‘oliblarni taqdirlash
Musobaqa o‘tkazilishining moliyalashtirish shartlari:
musobaqaning mahalla-sektor-tuman/shahar-viloyat bosqichlari g‘oliblari diplom, sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlash “Yoshlar jamg’armasi” mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi;
musobaqaning 5-bosqich (respublika bosqichi)ini o‘tkazish hamda g‘olib va sovrindorlarni diplom, medal va sovg‘alar bilan taqdirlash Yoshlar ishlari agentligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Musobaqa g‘o1iblari:
CS:GO Musobaqada jamoaviy tartibda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan qiz (ayol) va o‘g‘il (erkak) ishtirokchilar 1-, 2-, 3-o‘rinlar bilan taqdirlanadi. Jamoada 5+1 ta ishtirokchi bo‘ladi. Jami: 18 nafar ishtirokchi taqdirlanadi.
DOTA2 Musobaqada jamoaviy tartibda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan qiz (ayol) va o‘g‘il (erkak) ishtirokchilar i-, 2-, 3-o‘rinlar bilan taqdirlanadi. Jamoada 5+1 ta ishtirokchi bo‘ladi. Jami: 18 nafar ishtirokchi taqdirlanadi.
FIFA22 Musobaqada yakka tartibda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan qiz (ayol) va o‘g‘il (erkak) ishtirokchilar i-, 2-, 3-o‘rinlar bilan taqdirlanadi. Jami: 3 nafar ishtirokchi taqdirlanadi.
PES22 Musobaqada yakka tartibda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan qiz (ayol) va o‘g‘il (erkak) ishtirokchilar I-, 2-, 3-o‘rinlar bilan taqdirlanadi. Jami: 3 nafar ishtirokchi taqdirlanadi.
Umumiy g‘oliblar soni 42 nafar.
bob. Yakuniy qoidalar
Musobaqa ishtirokchilari va jamoalarning natijalari, jismoniy va aqliy qobiliyatini, shuningdek, strategik hamda tezlik tayyorgarligi monitoring qilinadi.