“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor
o‘rinbosari___________F.B.Axrorov
“___”-_______________2021 y
60410500 – Bank ishi ta’lim yo’nalishi fan katalogi
T/r
Fanning
kodi*
Fanning nomi
Fanning qisqa tavsifi
Kr
edit
mi
qdori
S
emetr
Professor-
o’qituvchilarF.I.Sh.,
ilmiyunvonivadaraja
si
1-bosqich 1-semestr: Majburiy fanlar
1. 1 АPPМАТ16
Amaliy
matematika 1
Ushbu kursda iqtisodiyotning barcha yonalishlarida qo‘llaniladigan matematik
tushunchalarning asoslari o‘rganiladi. Bizga ma’lumki iqtisodiyotdagi masalalar
avval matematika tiliga so‘ngra matematik tildan yesa algebra tiliga
o‘giriladi.Natijada iqtisodiy masalalarni yechish uchun ularni algoritmlari
yaratiladi. Iqtisoddagi masalalarni yechishda zamonaviy usullardan biri bu “machine
learning” bo‘lib, asosan katta hajmdagi ma’lumotlar omborini tahlil qilishda
“Python ”dasturlash tilining “numpy”, “pandas”, “matplotlib”, “sklearn”
kutubhonalaridan foydalaniladi. Bu kutubhonalar chiziqli algebra, analitik
geometriya, matematik analiz, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika
tushunchalari asosida yaratilgan. Statistik ma’lumotlarni tahlil qilishda “Stata”
dasturiy paketi haqida ham huddi shunday fikrlarni bildirish mumkin. Kurs chiziqli
algebra, analitik geometriya, matematik analiz, yehtimollar nazariysi va matematik
statistika bo‘limlaridan iboratdir. Chiziqli algebra qismi matritsalar nazariyasidan
boshlanib vector fazo tushunchalarigacha bo‘lgan qismni o‘z ichiga oladi.Matematik
analiz qismi funksiyalardan boshlab, differensial tenglamalar kursini ham o‘z ichiga
oladi.
6
1
2. ICТЕCО6
Iqtisodiyotda
axborot
kommunikatsi
on
texnologiyalar
va tizimlar
Mamlakatda
zamonaviy
axborot-kommunikasiya
texnologiyalarini
rivojlantirish, yelektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish,
davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy
yetish yuzasidan izchil ish olib borilmoqda. Shu bilan birga, axborot texnologiyalari
va kommunikasiyalarini boshqarish va joriy yetish sohasidagi bir qator tizimli
muammo va kamchiliklar ushbu sohaning jadal rivojlanishiga, sifatli axborot
xizmatlarini ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmoqda.
6
1
Ushbu kurs yordamida talabalar iqtisodiyotda zamonaviy axborot-
kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish, yelektron davlat xizmatlarini
ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot
qilishining yangi mexanizmlarini joriy yetishning imkoniyatlari, afzalliklari,
dasturiy va texnologik ta’minoti, zamonaviy texnik vositalar, operasion tizimlar va
zamonaviy dasturlarda axborotlarni qayta ishlash va hisob-kitoblarni amalga
oshirish, hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirish tamoyil va uslublari bilan chuqur
hamda har tomonlama o‘rganadilar.
Shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash va unda bulutli
texnologiyalarni qo‘llash, axborot tizimlari va texnologiyalari xavfsizligini
ta’minlashning strategik yo‘nalishlari, raqamli iqtisodiyotning blokcheyn
texnologiyalari bilan amallarni bajarish, biznes-muhitlarda biznes axborot
tizimlarining faoliyat yuritishi, yelektron biznes va biznes anatilika xisobotlarini
tayyorlash va samarali foydalanish bo‘yicha har tomonlama bilimlarga yega
bo‘ladilar.
3. FORLAN16
Xorijiy til 1
(ingliz, nemis,
fransuz,
koreys)
Ingliz tili kursining maqsadi talabalarga chet yel tilida malaka va muomala
ko‘nikmalarini berish, ularning bugungi global madaniyat dunyosini hisobga olgan
holda o‘zlarining kasbiy va ilmiy sohalarida samarali ishlashlariga imkon berishdir.
Ushbu daraja quyidagi ko‘nikmalarni takomillashtirishga qaratilgan: chet tili bilan
aloqa qilish kompetensiyasi, lingvistik kompetensiya, sotsiolingvistik kompetensiya,
sotsial-madaniy kompetensiya, ijtimoiy o‘zaro ta’sir kompetensiyasi va pragmatik
kompetensiya va nutqni tahlil qilish ko‘nikmalari.
Ushbu nemis tili kursi 1-2 semestrda rejalashtirilgan va “Chyet tillarni
bilishning umumevropa kompetensiyasining o‘rganish,
o‘qitish
va
baholash
(CYEFR) tizimi” til o‘rganish standartlariga muvofiq nemis tilida A1- A2 darjasida
nemis tilini o‘rganish uchun mo‘ljallangan. Kurs nemis tili tamoyillari va
kommunikativ, interaktiv ko‘nikmalar yondashuvlari, o‘quv jarayoni uchun umumiy
bo‘lgan grammatik mavzular, o‘xshash sintaktik hodisalar, til, yozuv, tinglash
qobiliyatlari va malakalariga asoslangan bo‘lib, doimiy ravishda o‘qitib boriladi.
Kurs uchun tanlangan mavzular asosan hayotdagi kundalik holatlar bilan bog‘liq va
biz uchun muhim bo‘lgan vaziyatlarda juda muhim bo‘lgan tanlangan mavzular
qamrab olingan. Uzluksiz taʼlim tizimining chet tillar boʼyicha davlat taʼlim
standartidagi “Chyet tillar boʼyicha taʼlimniig barcha bosqichlari bitiruvchilarining
tayyorgarlik
darajasiga
qoʼyiladigan
talablar”ga
muvofiq
oliy
taʼlim
muassasalarining ixgisosligi chet tili boʼlmagan fakultetlari bitiruvchilari nemis tili
boʼyicha A1-A2 va undan yuqori darajalarni yegallashlari belgilab berilgan. Nemis
tili kursi mazmun-mohiyatiga koʼra umumiy (akademik) til koʼnikmalarini
rivojlantirishga
qaratilgan,
talabalarning
boʼlg‘usi
kasbiy
faoliyatlarida
6
1
foydalanadigan til kompetensiyalarini rivojlantirishga moslashtirilgan. Mustaqil
taʼlim talabalarda tildan yerkin foydapanish koʼnikma va malakalarini yegallash
motivatsiyasini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu nemis tili kursi
„Nemis tili“ fanini oʼqitish davrida talabalarning umumiy, akademik va kasbga
yoʼnaltirilgan til koʼnikma va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan. Nemis tilni
oʼrganishning mustaqil muloqot (A1-A2 va undan yuqori) darajalari talabalarda
koʼnroq akademik va kasbga yoʼnaltirilgan til koʼnikmalarini rivojlantirishni taqozo
yetadi.
4. HISET4
Iqtisodiy
ta’limotlar
tarixi (2
ECTS)
Ushbu fan ijtimoiy-iqtisod fan bo‘lib, bakalavr ta’lim yo‘nalishlari talabalari
uchun mo‘ljallangan. Ushbu fanda iqtisodiy tafakkur tarixi va iqtisodiy tahlillar
sharhi berilgan. Darsda shuningdek, iqtisodiyotni fan va mafkura sifatida
rivojlantirishning ijtimoiy va axloqiy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Kurs quyidagi
mavzularni o‘z ichiga oladi: Kirish, Buyuk dinlar va iqtisodiy fikrlarning kelib
chiqishi; Yunon va O‘rta asrlar tafakkuri; O‘rta Osiyo mutaffakirlarining iqtisodiy
qarashlari; O‘tish davri; Smitdan oldin G‘arbiy YEvropa; Smit, Rikardo, Marks;
Makroiqtisodiyotning paydo bo‘lishi, Veblen, Keyns, Shumpeter; Fridman, Xayek;
Alohida iqtisodiy qarashlar, Markaziy YEvropa iqtisodiy fikrlari hamda
O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish.
2
1
5. LANGUA4
O’zbek (rus)
tili (4 ECTS)
"O’zbek tili" fani barcha iqtisodiy mutaxassisliklar bo'yicha birinchi kursga
mo'ljallangan bo’lib ( 1-2 semestr) , egallashlari lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma,
malaka , madaniy dunyoqarashning zaruriy me'yorni asoslovchi fanlardan biridir.
"O’zbek tili" kursining asosiy maqsadi :
Mustaqil davlatimizda o‘zbek tilining ijtimoiy mavqeyi tobora ortib
borayotganligi, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlo qoidalarining
joriy etilganligi, ish yuritishda to‘liq davlat tiliga o‘tilayotganligi barcha
mutaxassislarning millatidan qat’iy nazar, o‘zbek tilini puxta egallashlarini taqozo
etmoqda. Shuningdek, uzluksiz ta‘limning barcha bosqichlarida, jumladan, oliy
o‘quv yurtlarining o‘qish boshqa tilda olib borilayotgan guruhlarda ham o‘zbek tilini
o‘rganish yo‘lga qoy‘ildi. Shunga ko‘ra, oliy o‘quv dargohlarida o‘zbek tili davlat
tili sifatida o‘rganiladi.
"Rus tili" fani barcha iqtisodiy mutaxassisliklar bo‘yicha birinchi kursga
mo‘ljallangan bo‘lib ( 1-2 semestr) , yegallashlari lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma,
malaka , madaniy dunyoqarashning zaruriy me’yorni asoslovchi umumuslubiy
fanlardan biridir.
"Rus tili" kursining asosiy maqsadi :
- jamiyatdagi iqtisodiy qonunlarni bilish va tushunish uchun zarur bo‘lgan bilim
va ko‘nikmalarni,mamlakatni demokratlashtirish mohiyatini tushunadigan
mutaxassisning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishga,
4
1
-bozor tamoyillariga asoslangan iqtisodiy islohotlarni rus tilining yordami bilan
amalga oshirish , mamlakatni demokratlashtirish hamda dunyo hamjamiyatdagi
iqtisodiy qonunlarni bilish va tushunishga,
-mafkuraviy yo‘nalishga, ma’naviy dunyoqarashning kengayishiga, iqtisodiy
madaniyatning rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishga;
-yeng muhim umumiy ta’lim ko‘nikmalarini va universal ta’lim faoliyatini
yegallashga qaratilgan bo‘lib, yozish, o‘qish, nutqni to‘liq idrok yetish, rus tilida
yerkin, to‘g‘ri va ifodali gapirish va yozishni, kasbiy faoliyatning turli sohalarida
dolzarb muammolarini hal yeta oladigan, turli xil aloqa vaziyatlarida tildan
foydalanishni, nutq odob-axloq meyorlariga rioya qilishga va rivojlantirishga
qaratilgan.
6. BASBF6
Bank ishi va
moliya asoslari
Bunda banklar, ularning mohiyati, funksiyalari, banklarning operasiyalari, kreditlash
jarayonini tashkil qilish masalalari, Markaziy bankning vazifalari va funksiyalari,
tijorat banklarining iqtisodiyotdagi roli va funksiyalari, tijorat banklari faoliyatini
tashkil qilish asoslari, tijorat banklarining passiv, aktiv, vositachilik, trast
operasiyalari, mijozlarning kreditga layoqatliligini baholash usullari, banklarning
aktivlari va ularning risklilik darajasi, kreditlashning yangi shakllari, tijorat
banklarining likvidliligi va to’lovga layoqatliligi, aylanma mablag’lar, ularning
tarkibi,
tashkil
qilish
manbalari,
ulardan
foydalanishning
samaradorlik
ko’rsatkichlari kabilar haqida tushinchalar beriladi.
6
2
Dostları ilə paylaş: |