“tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari F. B. Axrorov “ ” 2021 y



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix30.08.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#63347
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
60410500 – Bank ishi ta’lim yo’nalishi fan katalogi



“TASDIQLAYMAN” 
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor
o‘rinbosari___________F.B.Axrorov 
“___”-_______________2021 y 
 
60410500 – Bank ishi ta’lim yo’nalishi fan katalogi 
T/r 
Fanning 
kodi* 
Fanning nomi 
Fanning qisqa tavsifi 
Kr
edit
mi
qdori
S
emetr
Professor-
o’qituvchilarF.I.Sh., 
ilmiyunvonivadaraja
si 
1-bosqich 1-semestr: Majburiy fanlar 
1. 1 АPPМАТ16 
Amaliy 
matematika 1
Ushbu kursda iqtisodiyotning barcha yonalishlarida qo‘llaniladigan matematik 
tushunchalarning asoslari o‘rganiladi. Bizga ma’lumki iqtisodiyotdagi masalalar 
avval matematika tiliga so‘ngra matematik tildan yesa algebra tiliga 
o‘giriladi.Natijada iqtisodiy masalalarni yechish uchun ularni algoritmlari 
yaratiladi. Iqtisoddagi masalalarni yechishda zamonaviy usullardan biri bu “machine 
learning” bo‘lib, asosan katta hajmdagi ma’lumotlar omborini tahlil qilishda 
“Python ”dasturlash tilining “numpy”, “pandas”, “matplotlib”, “sklearn” 
kutubhonalaridan foydalaniladi. Bu kutubhonalar chiziqli algebra, analitik 
geometriya, matematik analiz, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika 
tushunchalari asosida yaratilgan. Statistik ma’lumotlarni tahlil qilishda “Stata” 
dasturiy paketi haqida ham huddi shunday fikrlarni bildirish mumkin. Kurs chiziqli 
algebra, analitik geometriya, matematik analiz, yehtimollar nazariysi va matematik 
statistika bo‘limlaridan iboratdir. Chiziqli algebra qismi matritsalar nazariyasidan 
boshlanib vector fazo tushunchalarigacha bo‘lgan qismni o‘z ichiga oladi.Matematik 
analiz qismi funksiyalardan boshlab, differensial tenglamalar kursini ham o‘z ichiga 
oladi. 


2. ICТЕCО6 
Iqtisodiyotda 
axborot 
kommunikatsi
on 
texnologiyalar 
va tizimlar 
Mamlakatda 
zamonaviy 
axborot-kommunikasiya 
texnologiyalarini 
rivojlantirish, yelektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, 
davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy 
yetish yuzasidan izchil ish olib borilmoqda. Shu bilan birga, axborot texnologiyalari 
va kommunikasiyalarini boshqarish va joriy yetish sohasidagi bir qator tizimli 
muammo va kamchiliklar ushbu sohaning jadal rivojlanishiga, sifatli axborot 
xizmatlarini ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmoqda. 




Ushbu kurs yordamida talabalar iqtisodiyotda zamonaviy axborot-
kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish, yelektron davlat xizmatlarini 
ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot 
qilishining yangi mexanizmlarini joriy yetishning imkoniyatlari, afzalliklari, 
dasturiy va texnologik ta’minoti, zamonaviy texnik vositalar, operasion tizimlar va 
zamonaviy dasturlarda axborotlarni qayta ishlash va hisob-kitoblarni amalga 
oshirish, hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirish tamoyil va uslublari bilan chuqur 
hamda har tomonlama o‘rganadilar.
Shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash va unda bulutli 
texnologiyalarni qo‘llash, axborot tizimlari va texnologiyalari xavfsizligini 
ta’minlashning strategik yo‘nalishlari, raqamli iqtisodiyotning blokcheyn 
texnologiyalari bilan amallarni bajarish, biznes-muhitlarda biznes axborot 
tizimlarining faoliyat yuritishi, yelektron biznes va biznes anatilika xisobotlarini 
tayyorlash va samarali foydalanish bo‘yicha har tomonlama bilimlarga yega 
bo‘ladilar. 
3. FORLAN16 
Xorijiy til 1 
(ingliz, nemis, 
fransuz, 
koreys) 
Ingliz tili kursining maqsadi talabalarga chet yel tilida malaka va muomala 
ko‘nikmalarini berish, ularning bugungi global madaniyat dunyosini hisobga olgan 
holda o‘zlarining kasbiy va ilmiy sohalarida samarali ishlashlariga imkon berishdir. 
Ushbu daraja quyidagi ko‘nikmalarni takomillashtirishga qaratilgan: chet tili bilan 
aloqa qilish kompetensiyasi, lingvistik kompetensiya, sotsiolingvistik kompetensiya, 
sotsial-madaniy kompetensiya, ijtimoiy o‘zaro ta’sir kompetensiyasi va pragmatik 
kompetensiya va nutqni tahlil qilish ko‘nikmalari. 
Ushbu nemis tili kursi 1-2 semestrda rejalashtirilgan va “Chyet tillarni 
bilishning umumevropa kompetensiyasining o‘rganish, 
o‘qitish 
va 
baholash 
(CYEFR) tizimi” til o‘rganish standartlariga muvofiq nemis tilida A1- A2 darjasida 
nemis tilini o‘rganish uchun mo‘ljallangan. Kurs nemis tili tamoyillari va 
kommunikativ, interaktiv ko‘nikmalar yondashuvlari, o‘quv jarayoni uchun umumiy 
bo‘lgan grammatik mavzular, o‘xshash sintaktik hodisalar, til, yozuv, tinglash 
qobiliyatlari va malakalariga asoslangan bo‘lib, doimiy ravishda o‘qitib boriladi. 
Kurs uchun tanlangan mavzular asosan hayotdagi kundalik holatlar bilan bog‘liq va 
biz uchun muhim bo‘lgan vaziyatlarda juda muhim bo‘lgan tanlangan mavzular 
qamrab olingan. Uzluksiz taʼlim tizimining chet tillar boʼyicha davlat taʼlim 
standartidagi “Chyet tillar boʼyicha taʼlimniig barcha bosqichlari bitiruvchilarining 
tayyorgarlik 
darajasiga 
qoʼyiladigan 
talablar”ga 
muvofiq 
oliy 
taʼlim 
muassasalarining ixgisosligi chet tili boʼlmagan fakultetlari bitiruvchilari nemis tili 
boʼyicha A1-A2 va undan yuqori darajalarni yegallashlari belgilab berilgan. Nemis 
tili kursi mazmun-mohiyatiga koʼra umumiy (akademik) til koʼnikmalarini 
rivojlantirishga 
qaratilgan, 
talabalarning 
boʼlg‘usi 
kasbiy 
faoliyatlarida 




foydalanadigan til kompetensiyalarini rivojlantirishga moslashtirilgan. Mustaqil 
taʼlim talabalarda tildan yerkin foydapanish koʼnikma va malakalarini yegallash 
motivatsiyasini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu nemis tili kursi 
„Nemis tili“ fanini oʼqitish davrida talabalarning umumiy, akademik va kasbga 
yoʼnaltirilgan til koʼnikma va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan. Nemis tilni 
oʼrganishning mustaqil muloqot (A1-A2 va undan yuqori) darajalari talabalarda 
koʼnroq akademik va kasbga yoʼnaltirilgan til koʼnikmalarini rivojlantirishni taqozo 
yetadi. 
4. HISET4 
Iqtisodiy 
ta’limotlar 
tarixi (2 
ECTS) 
Ushbu fan ijtimoiy-iqtisod fan bo‘lib, bakalavr ta’lim yo‘nalishlari talabalari 
uchun mo‘ljallangan. Ushbu fanda iqtisodiy tafakkur tarixi va iqtisodiy tahlillar 
sharhi berilgan. Darsda shuningdek, iqtisodiyotni fan va mafkura sifatida 
rivojlantirishning ijtimoiy va axloqiy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Kurs quyidagi 
mavzularni o‘z ichiga oladi: Kirish, Buyuk dinlar va iqtisodiy fikrlarning kelib 
chiqishi; Yunon va O‘rta asrlar tafakkuri; O‘rta Osiyo mutaffakirlarining iqtisodiy 
qarashlari; O‘tish davri; Smitdan oldin G‘arbiy YEvropa; Smit, Rikardo, Marks; 
Makroiqtisodiyotning paydo bo‘lishi, Veblen, Keyns, Shumpeter; Fridman, Xayek; 
Alohida iqtisodiy qarashlar, Markaziy YEvropa iqtisodiy fikrlari hamda 
O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish. 


5. LANGUA4 
O’zbek (rus) 
tili (4 ECTS)
"O’zbek tili" fani barcha iqtisodiy mutaxassisliklar bo'yicha birinchi kursga 
mo'ljallangan bo’lib ( 1-2 semestr) , egallashlari lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, 
malaka , madaniy dunyoqarashning zaruriy me'yorni asoslovchi fanlardan biridir. 
"O’zbek tili" kursining asosiy maqsadi : 
Mustaqil davlatimizda o‘zbek tilining ijtimoiy mavqeyi tobora ortib 
borayotganligi, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlo qoidalarining 
joriy etilganligi, ish yuritishda to‘liq davlat tiliga o‘tilayotganligi barcha 
mutaxassislarning millatidan qat’iy nazar, o‘zbek tilini puxta egallashlarini taqozo 
etmoqda. Shuningdek, uzluksiz ta‘limning barcha bosqichlarida, jumladan, oliy 
o‘quv yurtlarining o‘qish boshqa tilda olib borilayotgan guruhlarda ham o‘zbek tilini 
o‘rganish yo‘lga qoy‘ildi. Shunga ko‘ra, oliy o‘quv dargohlarida o‘zbek tili davlat 
tili sifatida o‘rganiladi. 
"Rus tili" fani barcha iqtisodiy mutaxassisliklar bo‘yicha birinchi kursga 
mo‘ljallangan bo‘lib ( 1-2 semestr) , yegallashlari lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, 
malaka , madaniy dunyoqarashning zaruriy me’yorni asoslovchi umumuslubiy 
fanlardan biridir. 
"Rus tili" kursining asosiy maqsadi : 
- jamiyatdagi iqtisodiy qonunlarni bilish va tushunish uchun zarur bo‘lgan bilim 
va ko‘nikmalarni,mamlakatni demokratlashtirish mohiyatini tushunadigan 
mutaxassisning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishga,




-bozor tamoyillariga asoslangan iqtisodiy islohotlarni rus tilining yordami bilan 
amalga oshirish , mamlakatni demokratlashtirish hamda dunyo hamjamiyatdagi 
iqtisodiy qonunlarni bilish va tushunishga,
-mafkuraviy yo‘nalishga, ma’naviy dunyoqarashning kengayishiga, iqtisodiy 
madaniyatning rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishga;
-yeng muhim umumiy ta’lim ko‘nikmalarini va universal ta’lim faoliyatini 
yegallashga qaratilgan bo‘lib, yozish, o‘qish, nutqni to‘liq idrok yetish, rus tilida 
yerkin, to‘g‘ri va ifodali gapirish va yozishni, kasbiy faoliyatning turli sohalarida 
dolzarb muammolarini hal yeta oladigan, turli xil aloqa vaziyatlarida tildan 
foydalanishni, nutq odob-axloq meyorlariga rioya qilishga va rivojlantirishga 
qaratilgan. 
6. BASBF6 
Bank ishi va 
moliya asoslari 
Bunda banklar, ularning mohiyati, funksiyalari, banklarning operasiyalari, kreditlash 
jarayonini tashkil qilish masalalari, Markaziy bankning vazifalari va funksiyalari, 
tijorat banklarining iqtisodiyotdagi roli va funksiyalari, tijorat banklari faoliyatini 
tashkil qilish asoslari, tijorat banklarining passiv, aktiv, vositachilik, trast 
operasiyalari, mijozlarning kreditga layoqatliligini baholash usullari, banklarning 
aktivlari va ularning risklilik darajasi, kreditlashning yangi shakllari, tijorat 
banklarining likvidliligi va to’lovga layoqatliligi, aylanma mablag’lar, ularning 
tarkibi, 
tashkil 
qilish 
manbalari, 
ulardan 
foydalanishning 
samaradorlik 
ko’rsatkichlari kabilar haqida tushinchalar beriladi. 



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin