“tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari F. B. Axrorov “ ” 2021 y


-bosqich 2-semestr: Majburiy fanlar



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix30.08.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#63347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
60410500 – Bank ishi ta’lim yo’nalishi fan katalogi

1-bosqich 2-semestr: Majburiy fanlar 
7. ECOTHE6 
Iqtisodiyot 
nazaritasi 
Ushbu fan iqtisodiyotning asosiy fundamenti bo’lib, u birinchi kursning 
birinchi semestrida o’qitiladi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi iqtisodiyotga 
kirish, bozorning vazifalarining amal qilishini o’rganishni o’qitishga qaratilgan. 
Fanning tarkibini tushunish tadbirkorlik qarorlarini qabul qilish, iqtisodiy siyosatni 
tushunish va ishlab chiqish, umuman olganda zamonaviy iqtisodiy faoliyatni 
o’rganish kabi jihatlarni o’z ichiga qamrab oladi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani quyidagi tarkibiy tuzilmadan iborat: 
Iqtisodiyot faniga kirish. 
O’quv dasturining birinchi qismida asosiy iqtisodiy muammo, ishlab chiqarish 
omillari, ishlab chiqarish imkoniyatlari qiymati va ishlab chiqarish imkoniyatlari 
yegri chiziqlarini o’z ichiga olgan fundamental g’oyalar va tushunchalar keltirilgan. 
Iqtisodiy resurslarning taqsimlanishi 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida resurslarni taqsimlashning asosiy tamoyillari 
narx mexanizmi orqali ko’rib chiqiladi. Talab va taklifning bozor kuchlari, bozor 
muvozanati va nomutanosiblik, yegiluvchanlik ushbu bo’limning asosini tashkil 
yetadi. 
Mikroiqtisodiy qaror qabul qilinishi. 




Mikroiqtisodiyot o’rganishning muhim sohasidir va bu yerda asosiy asosiy 
qaror qabul qiladiganlar: banklar, uy xo’jaliklari, ishchi kuchi, kasaba uyushmalari 
va tadbirkorlarning roli orqali amalga oshiriladi. 
Davlat va makroiqtisodiyot. 
Davlatlar turli xil makroiqtisodiy maqsadlarga yega va ko’pincha ularga 
yerishish uchun qo’llaniladigan choralarni tanlash o’rtasida ziddiyatlar yuzaga 
keladi. O’zgarishlarning sabablari va oqibatlari va tegishli siyosatlarni ko’rib chiqish 
uchun turli o’lchovlarni qo’llash kerak. 
Iqtisodiy rivojlanish. 
Iqtisodiyot rivojlanar yekan, aholi, turmush darajasi, qashshoqlik va 
daromadlarni qayta taqsimlashda o’zgarishlar bo’ladi. Shu sababli, turli 
mamlakatlarda aholi soni va tuzilishidagi o’zgarishlar va rivojlanishning boshqa 
ta’sirlari o’rganiladi. 
Xalqaro savdo va globallashuv. 
Mamlakatlar o’rtasidagi savdoning ahamiyati va globallashuvning kuchayishi 
o’rganilmoqda. Ixtisoslashuv, yerkin savdo, transmilliy kompaniyalarning roli, 
valyuta kurslari va to’lov balansi barqarorligi kabi tamoyillar ko’rib chiqiladi. 
8. APPMAT26 
Amaliy 
matematika 2
Ushbu kursda iqtisodiyotning barcha yonalishlarida qo’llaniladigan matematik 
tushunchalarning asoslari o’rganiladi. Bizga ma’lumki iqtisodiyotdagi masalalar 
avval matematika tiliga so’ngra matematik tildan yesa algebra tiliga 
o’giriladi.Natijada iqtisodiy masalalarni yechish uchun ularni algoritmlari 
yaratiladi. Iqtisoddagi masalalarni yechishda zamonaviy usullardan biri bu “machine 
learning” bo’lib, asosan katta hajmdagi ma’lumotlar omborini tahlil qilishda 
“Python ”dasturlash tilining “numpy”, “pandas”, “matplotlib”, “sklearn” 
kutubhonalaridan foydalaniladi. Bu kutubhonalar chiziqli algebra, analitik 
geometriya, matematik analiz ,yehtimollar nazariyasi va matematik statistika 
tushunchalari asosida yaratilgan. Statistik ma’lumotlarni tahlil qilishda “Stata” 
dasturiy paketi haqida ham huddi shunday fikrlarni bildirish mumkin.Kurs chiziqli 
algebra, analitik geometriya, matematik analiz, yehtimollar nazariysi va matematik 
statistika bo’limlaridan iboratdir. Chiziqli algebra qismi matrisalar nazariyasidan 
boshlanib vector fazo tushunchalarigacha bo’lgan qismni o’z ichiga oladi.Matematik 
analiz qismi funksiyalardan boshlab, differensial tenglamalar kursini ham o’z ichiga 
oladi.Hodisalar yehtimolligi,tasodifiy miqdorlar va statistik ma’lumotlarni tahlil 
qilishga oid bo’lgan masalalar yehtimollar nazariyasi va matematik statistika 
qismida mujassam bo’lgan. 


9. FORLAN16 
Xorijiy til 1 
(ingliz, nemis) 
Ingliz tili kursining maqsadi talabalarga chet yel tilida malaka va muomala 
ko‘nikmalarini berish, ularning bugungi global madaniyat dunyosini hisobga olgan 
holda o‘zlarining kasbiy va ilmiy sohalarida samarali ishlashlariga imkon berishdir. 




Ushbu daraja quyidagi ko‘nikmalarni takomillashtirishga qaratilgan: chet tili bilan 
aloqa qilish kompetensiyasi, lingvistik kompetensiya, sotsiolingvistik kompetensiya, 
sotsial-madaniy kompetensiya, ijtimoiy o‘zaro ta’sir kompetensiyasi va pragmatik 
kompetensiya va nutqni tahlil qilish ko‘nikmalari. 
Ushbu nemis tili kursi 1-2 semestrda rejalashtirilgan va “Chyet tillarni 
bilishning umumevropa kompetensiyasining o‘rganish, 
o‘qitish 
va 
baholash 
(CYEFR) tizimi” til o‘rganish standartlariga muvofiq nemis tilida A1- A2 darjasida 
nemis tilini o‘rganish uchun mo‘ljallangan. Kurs nemis tili tamoyillari va 
kommunikativ, interaktiv ko‘nikmalar yondashuvlari, o‘quv jarayoni uchun umumiy 
bo‘lgan grammatik mavzular, o‘xshash sintaktik hodisalar, til, yozuv, tinglash 
qobiliyatlari va malakalariga asoslangan bo‘lib, doimiy ravishda o‘qitib boriladi. 
Kurs uchun tanlangan mavzular asosan hayotdagi kundalik holatlar bilan bog‘liq va 
biz uchun muhim bo‘lgan vaziyatlarda juda muhim bo‘lgan tanlangan mavzular 
qamrab olingan. Uzluksiz taʼlim tizimining chet tillar boʼyicha davlat taʼlim 
standartidagi “Chyet tillar boʼyicha taʼlimniig barcha bosqichlari bitiruvchilarining 
tayyorgarlik 
darajasiga 
qoʼyiladigan 
talablar”ga 
muvofiq 
oliy 
taʼlim 
muassasalarining ixgisosligi chet tili boʼlmagan fakultetlari bitiruvchilari nemis tili 
boʼyicha A1-A2 va undan yuqori darajalarni yegallashlari belgilab berilgan. Nemis 
tili kursi mazmun-mohiyatiga koʼra umumiy (akademik) til koʼnikmalarini 
rivojlantirishga 
qaratilgan, 
talabalarning 
boʼlg‘usi 
kasbiy 
faoliyatlarida 
foydalanadigan til kompetensiyalarini rivojlantirishga moslashtirilgan. Mustaqil 
taʼlim talabalarda tildan yerkin foydapanish koʼnikma va malakalarini yegallash 
motivatsiyasini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu nemis tili kursi 
„Nemis tili“ fanini oʼqitish davrida talabalarning umumiy, akademik va kasbga 
yoʼnaltirilgan til koʼnikma va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan. Nemis tilni 
oʼrganishning mustaqil muloqot (A1-A2 va undan yuqori) darajalari talabalarda 
koʼnroq akademik va kasbga yoʼnaltirilgan til koʼnikmalarini rivojlantirishni taqozo 
yetadi. 
10. PHILOS4 
Falsafa (6 
ECTS) 
“Falsafa” fani insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilmlardan biri bo‘lib, olam va 
uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq 
va yo‘qliq, kabi ko‘plab muammolar haqida bahs yuritadi. Falsafa dunyoqarashning 
umumlashgan tizimini yaratish va unda inson o‘rnini ko‘rsatishga qaratilgan fandir, 
u insonning dunyoga bo‘lgan bilish, ijtimoiy-siyosiy, ahloqiy, diniy, estetik va 
boshqa munosabatlarini shakllantirishga ko‘maklashadi.
Ushbu fan metodologik ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli, uning 
mohiyatini o‘rganish jarayonida talabalarda boshqa fanlardan olgan bilimlarini 
umumlashtirish, o‘zining falsafiy mushohada qilish qobiliyatini rivojlantirish, olam 
haqida yaxlit tasavvur hosil qilish va umumiy madaniy darajasini yuksaltirish 




imkoniyati paydo bo‘ladi. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin