17-mavzu. Milliy daromad va milliy hisoblar tizimidagi boshqa daromad ko’rsatkichlari Reja:
1. Dj Xinksning daromad haqidagi ta’limoti.
2. Yangi MHTda Dj Xinksning ta’limotiga kiritilgan aniqliklar.
3. Nominal va real daromad.
4. Daromad haqidagi ta’sir etuvchi ekstensiv va intensiv omillar.
5. Milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash va oxirgi foydalanish statistikasi.
6. Yalpi milliy daromad, sof milliy mavjud daromad, yalpi milliy jamg’arish, sof milliy jamg’arish ko’rsatkichlari statistikasi.
Yalpi milliy daromad (YaMD) - shu mamlakat rezidentlari va xorijiy mamlakatlar YaIMni yaratish davomida olgan birlamchi daromadlari (mulkdan olingan daromad bilan birga)ning yig’indisi.
Yalpi milliy ixtiyordagi daromad (YaMID) - shu mamlakat rezidentlari tomonidan olingan birlamchi daromadlar va sof joriy transfertlar yig’indisidan iborat.
Daromadlarni birlamchi taqsimlash hisoblamasi Bu hisoblamaning o’zi quyidagi hisoblamalarni o’z ichiga oladi:
1. Daromadlarning hosil bo’lish hisoblamasi; 2. Daromadlarni birlamchi taqsimlash hisoblamasi. Daromadlarning hosil bo’lish hisoblamasi - daromadlarni birlamchi taqsimlash hisoblamasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu hisoblama ishlab chiqarish hisoblamasi kabi sektorlar bo’yicha ham, tarmoqlar bo’yicha ham tuziladi. Unda YaIMning institutsion birliklar tomonidan moddiy mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilarga birlamchi daromad to’lash uchun ishlatilishi ko’rsatiladi.
Birlamchi daromadga quyidagilar kiradi:
1. Ishlab chiqarish faoliyatidan keladigan daromad ;
a) Yollanma ishchilarning mehnat haqi; b)Ishlab chiqarish va importga soliq; c) Foyda va aralash daromadlar. 2. Mulkdan keladigan daromad, ya’ni boshqa institutsion birliklarga moliyaviy va nomoliyaviy aktivlarni, shu jumladan, yer, foydali qazilmalar va boshqa noishlab chiqarish aktivlari, patent va lisenziyalarni vaqtinchalik foydalanishga berishdan keladigan daromadlar. Ularga quyidagilar kiradi:
a) Foizlar; b) Tashkilotlarning taqsimlangan daromadi (divident); c) Qayta investisiya qilinadigan chet el investisiyalari; d) Sug’urta polislari egalariga yuklatilgan mulk daromadi; e) Renta. Daromad hosil bo’lish hisoblamasida mulkdan daromad aks ettirilmaydi. Daromad hosil bo’lish hisoblamasi ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq taqsimlash jarayonini aks ettiradi. Uning ko’rsatkichlari tizimiga quyidagilar kiradi:
1. Mehnatga haq to’lash; 2. Ishlab chiqarishga sof soliqlar; 3. Korxonalarning yalpi foydasi; 4. Aholining aralash daromadlari. Hisoblamaning resurs qismida bozor narxidagi YaIM va ishlab chiqarish hamda importga subsidiyalar aks ettiriladi.
Foydalanish qismida esa YaIM ning birlamchi taqsimlanish unsurlari ko’rsatiladi. Bular;
· Ish haqi; · Ishlab chiqarish va importga soliqlar; · Asosiy fondlarning iste’moli; · Foyda.