Ma’ruza materiallarining mazmuni va hajmiga talablar Ma’ruza materiallarining mazmuni quyidagi mezonlarga javob berishi lozim:
- yangilik, ilmiylik, asoslilik va axborot uchun belgilanganlik;
- aniq, ishonchli misol, fakt, asosnoma va ilmiy dalillarning mavjudligi;
- faktga asoslangan (statistik va v.h.) materiallarni ko‘p emasligi.
Ma’ruza materiallarining hajmi rejalashtirilgan mavzuni yoritish uchun etarli bo‘lishi kerak.
Fan doirasida o‘quv axborotini o‘zlashtirish bo‘yicha talabalar harakatining yo‘naltiruvchi asosini ta’minlash.
Ta’lim berish tuzilishida motivatsion bosqich hisoblanadi. Uning vazifasi – o‘quv fani mazmuni, uning o‘quv jarayonidagi o‘rni va kelgusidagi tezkor-xizmat faoliyatdagi axamiyati to‘g‘risida dastlabki tasavvurlarni berish, talabalarni ishlash tizimida yo‘naltirish, oldinda turgan mustaqil ishning uslubiyoti va tashkillashtirlishi bilan tanishtirish, hisobot berish vaqti va baholashni aniqlashtirish.
Axborotli ma’ruza
O‘quv mavzu bo‘yicha tasavvurni shakllantirish
Bu an’anaviy ma’ruza turi: ma’ruza rejasiga muvofiq o‘quv materialini monologik tarzda izchillikda bayon etish.
Muammoli ma’ruza
Muammoni belgilash va uni echimini topishni tashkillashtirish/an’anaviy va zamonaviy nuqtai nazarlarni jamlash va tahlil qilish va v.h. orqali o‘quv mavzusi bo‘yicha tasavvurni/ bilimlarni shakllantirish.
YAngi bilimlar savol/vazifa/vaziyatlarning muammoligi orqali kiritiladi. Bu jarayonda talabalarning bilishi o‘qituvchi bilan hamkorligiga va dialogiga asoslanadi, hamda izlanuvchilik faoliyatiga yaqinlashadi.