Ko‘rgazma ma’ruza
O‘TVdan keng foydalanish orqali o‘quv mavzusi bo‘yicha tasavvurni/ bilimlarni shakllantirish.
|
Bunday ma’ruzani o‘qish, ko‘rib chiqilayotgan ko‘rgazmali materiallarni ochib berishga va qisqacha sharhlashga olib keladi.
|
Binar ma’ruza
|
Talabalarga munozara madaniyatini, muammoni hamkorlikda echishni namoyish etish orqali o‘quv mavzusi bo‘yicha tasavvurni/ bilimlarni shakllantirish.
|
Bunday ma’ruzani o‘qish ikki o‘qituvchi/2-maktabning ilmiy vakillari/olim va amaliyotchi/o‘qituvchi va talabalarning dialogini o‘zida namoyon etadi.
|
Anjuman-ma’ruza
|
O‘quv axborotni izlash, tanlash va bayon etish jarayonida talabalarning faol ishtiroklarida yoritib berish orqali o‘quv mavzusi bo‘yicha tasavvurni/ bilimlarni shakllantirish.
|
Oldindan belgilangan muammo va uni har tomonlama yoritib berish nazarda tutilgan ma’ruzalar tizimi (5-10 daq. davomiyligida) bilan, ilmiy-amaliy mashg‘ulot ko‘rinishida o‘tkaziladi. Mashg‘ulot yakunida o‘qituvchi mustaqil ish va so‘zga chiqishlarga yakun yasaydi, axborotni to‘ldiradi/aniqlik kiritadi, asosiy xulosalarni ifodalaydi.
|
Umumlashtiruvchi ma’ruza
|
Bilimlarni batafsil yoritish va aniqlashtirishlarsiz tizimlashtirish.
|
Ma’ruzada bayon etilayotgan nazariy holatlarning negizini kursning yoki katta bo‘limlarning ilmiy-tushunchali va konseptual asosi tashkil etadi.
|
Maslahatli-ma’ruza
|
Bilimlarni chuqurlashtirish, tizimlashtirish.
|
Turlicha ssenariy bo‘yicha o‘tishi mumkin.
1. “Savol-javoblar”- o‘qituvchi bo‘lim yoki to‘liq kurs bo‘yicha talabalar savollariga javob beradi.
2. “Savol-javoblar-munozaralar”: o‘qituvchi nafaqat savollarga javob beradi, balki javoblarni izlashni ham tashkillashtiradi.
|
YAkuniy ma’ruza
|
Bilimlarni batafsil yoritish va aniqlashtirishlarsiz tizimlashtirish.
|
Kursni o‘rganishni yakunlaydi, butun davr mobaynida o‘tilganlarni umumlashtiradi. YAkuniy ma’ruzada o‘qituvchi kursning asosiy g‘oyalarini ajratadi, kelgusidagi tezkor-xizmat faoliyatda va boshqa fanlarni o‘rganishda olgan bilimlarni qanday qo‘llash yo‘llarini ko‘rsatadi, fan bo‘yicha yakuniy nazorat xususiyatini tushuntiradi, yakuniy nazorat variantlarining murakab savollarini tushuntiradi.
|