Tasdiqlayman” o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor professor O. R. Teshaev



Yüklə 43,95 Kb.
tarix09.02.2017
ölçüsü43,95 Kb.
#8199
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOShKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

TASDIQLAYMAN”



o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

professor O.R. Teshaev

____________________________

«27» avgust 2015 yil

Kafedra: DAVOLASH FAKULTETI FAKULTET VA GOSPITAL JARROHLIK


Fan: Gospital jarrohlik

ORTIRILGAN YURAK NUKSONLARI mavzusida

O‘QITISH TEXNOLOGIYASI


Tashkent 2015

Tuzuvchilar:

Professor Xakimov M.Sh.

Dotsent Imamov A.A

Assistent Irnazarov A.A.


O‘qitish texnologiyasi tasdiqlangan:

kafedra o‘quv-uslubiy kengashi bayonnoma № 1 «27» avgust 2015 yil

MAVZU: Ortirilgan yurak nuqsonlari



  1. O‘quv mashg‘ulotida o‘qitish texnologiyasi modeli

Vaqt – 6 soat

Talabalar soni: 8-10ta.

Mashg‘ulot shakli

Amaliy mashg‘ulotlar (semenar) o‘quv xonalarida utkaziladi. Semenar “kora kuticha” va “urgimchak ini” metodlari yerdamida utkaziladi.

Mashg‘ulot o‘tkazish joyi

Mashgulotlar fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi o‘quv xonalarida, palatalar va bog‘lov xonalarida, poliklinikada utkaziladi.

O‘quv mashg‘uloti strukturasi

  1. Kirish

  2. Amaliy qism

- kuratsiya

- amaliy ko‘nikmalarni bajarish

- amaliy qismni tahlil qilish


  1. Teoretik qism

- teoritik qismni tahlil qilish

4. Baholash

- o‘z-o‘zini va o‘zaro baholash

- o‘qituvchi bahosi

5. Uqituvchi tomonidan darsni tamomlash, bilimlarni baholash. Keyingi dars uchun mashg‘ulot savollarini e'lon qilish.


Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarni o‘tkir trombozlar va emboliyalar va amalietlardan keyingi kelib chikadigan asoratalar va sabablar, uning rivojlanishi, klinik kelib chikishi va asoratlari, kiesiy tashxislash, tekshiruvlar va davolash usullari bilan tanishtirish.

O‘qituvchi vazifalari:

- diagnostika va differensial diagnostika uslublari, va ularning asoratlari haqida talabalar bilmini chukurlashtirish;

- tashxisni asoslash va ratsional davoni tanlash uchun instrumental-diagnostik tekshiruvlarni interpretatsiya qilishni talabalar bilan muxokama kilish;

- ushbu bemorlarning amaliyot oldi tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari tushuntirib berish;

- operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar, va ularning o‘ziga xosligini belgilab berish;

- amaliyot davri va undan keyingi asoratlarni oldini olish xakida talabalarga tushintirish



Ukuv faoliyat natijalari:

Talaba bilishi lozim:

- diagnostika va differensial diagnostika uslublari, va ularning asoratlari haqida;

- tashxisni asoslash va ratsional davoni tanlash uchun instrumental-diagnostik tekshiruvlarni interpretatsiya qilish;

- ushbu bemorlarning amaliyot oldi tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlarini;

- operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar, va ularning o‘ziga xosligini;

- amaliyot davri va undan keyingi asoratlarni oldini olish;



Talaba bajara olishi lozim:

- Amaliy ko‘nikmalarin bajara olishi – ortirilgan yurak nuksonlari (OYuN) bor bulgan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, maxsus tekshiruv usullarni o‘rganish, operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalarni bilish.



O‘qitish texnikasi va usullari

“Kora quticha” va “urgimchak turi” metodi, situatsion masala

O‘qitish jihozlari

Kitoblar, ukuv materaiallari, slaydlar, vidio va audiofilmlar, kasalik tarixi.

O‘qitish shakllari

Individual, guruhlarda va kollektiv biln ishlash, prizintatsiya kilish

O‘qitish shartlari

Auditoriya, palata.

Monitoring va baholash

Og‘zaki nazorat: nazorat savollari, guruhlarda o‘quv vazifalarni bajarish, amaliy ko‘nikmalarni bajarish. yezma nazorat: mustakil ish, test olish.



2. Motivatsiya

Talabalarga kasalikni uz vaktida tashxislash va davolashni uktirish. Mumkin bulgan asoratlarni va ularni oldini olish choralarini, asoratlar rivojlanganda davolash usularinia urgatish. Mashg‘ulot mutaxassis shaxsini shakllanishiga, o‘zini tuta bilishga o‘rgatishga, tashxis qo‘yishda ma'suliyatni xis qilishga o‘rgatadi.


3. Fanlararo va fan ichida bog‘liqlik

Shu mavzuni o‘qitish talabalarning normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya, mikrobiologiya, bioximiya, terapiya, klinichesk farmakologiya fanlari bo‘yicha bilimlariga asoslanadi. Dars davomida olingan bilimlar UASh va boshqa klinik fanlarni o‘rganilganda kerak bo‘ladi.


4. Darsning mazmuni

4.1. Nazariy qism
Mitral klapan stenozi

Mitral teshikning torayishi, qonni chap bo‘lmachadan xaydash uchun to‘siq bo‘lib hisoblanadi. Buning hisobiga, chap bo‘lmachada bosim ortadi, bu o‘pka tomirlarida va o‘ng qorinchada bosimning oshishiga olib keladi. O‘ng qorinchaga talaygina og‘irlik tushishi uch tavaqali klapanning nisbiy yetishmovchiligiga, katta qon aylanishi venoz qismida qonning dimlanishiga, jigar shishiga va boshqa turdagi shishlarningrivojlanishiga olib keladi.



Klinikasi va diagnostikasi. Mitral stenoz rivojlanishining boshlang‘ich ilk davrida, uning to‘liq kompensatsiyasida odatda shikoyatlar bo‘lmaydi. Jarayon avj olib borganida: nafas qisishi, behollik, tez charchab qolish, yurakastmasi xurujlari, taxikardiya, yurak sohasida og‘riq, bosh aylanishi, xushdan ketish yuzaga keladi. Qon tuflash mitral stenozga xos belgilardan biri hisoblanadi.

Ko‘zdan kechirishda bemorning rangpar yuzida o‘ziga xos qizillik, burun uchi, lablarda, quloq suprasida, qo‘l barmoqlaridagi sianoz o‘ziga diqqatni tortadi. Yurak cho‘qqisi sohasida ko‘krak qafasining diastolik titrashi aniqlanadi. Auskultatsiyada diastolik shovqin, birinchi va ikkinchi tonda o‘zgarishlar seziladi, bu uch ohangli «bedana ritmi» ohangini vujudga keltiradi. EKGda odatda, yurak o‘qi o‘ngga siljigan bo‘ladi.

Fonokardiografiya baland I tonni, yurak cho‘qqisi ustida diastolik shovqinni, o‘pka arteriyasida II ton aksentini, mitral “chertki”ni qayd qiladi. Rentgenogrammalarda yurak “beli”ning tekislanganligi, chap bo‘lmacha va o‘ng qorinchaning ko‘ndalangiga kattalashgani, o‘pka arteriyasining bo‘rtib chiqqanligi ko‘rinadi. Yurakni zondlashda torayish darajasi aniqlanadi.

Davolash. Davo usulini tanlash bemor ahvolining og‘ir-yengilligiga, gemodinamikaning buzilishi darajasiga, revmatik jarayonning kechish bosqichiga bog‘liq.

Revmatik jarayon sust kechayotganda uni statsionarda va davomli antirevmatik davolash yordamida bartaraf etishning iloji bo‘lmaganda jarrohlik amaliyotini bajarishga to‘g‘ri keladi. Bemor ahvolining og‘ir-yengilligiga ko‘ra yurak nuqsonlarining besh bosqichi farq qilinadi:

I bosqich - simptomlarsiz, jarrohlik amaliyoti bajarilmaydi.

II bosqich - buzilishlar jismoniy harakatda paydo bo‘ladi. Jarrohlik amaliyoti jarayon avj olishini to‘xtatadi va yaxshi natijalar beradi.

III bosqich - buzilishlar tinch turganda ham yuzaga keladi, odatdagi harakatda orta boradi. Jarrohlik amaliyotini bajarish uchunqulay fursat o‘tgan, biroq uni qilish zarur bo‘ladi.

IV bosqich - parenximatoz a'zolarda va yurakda degenerativ o‘zgarishlar bo‘ladi. Jarrohlik amaliyotini bajarish muammoga aylanadi.

Tavaqalarda ro‘y-rost fibrinoz o‘zgarishlar bo‘lmaganda va mitral klapan kalsinozida yopiq komissurotomiya, asoratlangan hollarda klapanni protezlash bajariladi.
Mitral klapan yetishmovchiligi.

Mitral klapan tavaqalarining noto‘liq yopilishi sistola vaqtida qonning qorinchadan bo‘lmachaga qayta oqib kelishiga sabab bo‘ladi. Chap qorincha katta miqdordagi qonni doimo itarib turishga majbur bo‘ladi. Uning vazifasi ortadi, unda gipertrofiya va dilatatsiya rivojlanadi.



Klinikasi va diagnostikasi.Nuqsonning bu turi kompensatsiyasida bemorlar o‘zlarini qoniqarli his kiladilar, lablarda sianoz kuzatilishi mumkin. Chap qorinchaning qisqarish xususiyati pasayib ketganda nafas qisishi, yurak urishidan shikoyatlar bo‘ladi. Keyinchalik yurak astmasi xurujlari qo‘shilishi mumkin.

Ko‘zdan kechirishda yurak turtkisi 3-4 sm gacha oshgan, chapga siljigan. Auskultatsiyada sistolik shovqin, o‘pka arteriyasi ustida II ton aksenti qayd qilinadi. Qizilo‘ngachni kontrastlab rentgenologik tekshirishda chap qorincha va bo‘lmachaning kattalashuvi aniqlanadi. Rentgenokontrast tekshirish chap qorinchadan bo‘lmagan qon regurgitatsiyasi hajmini, mitral teshik maydonini, yurak bo‘shliqlari va o‘pka arteriyasidagi bosimni aniqlashga imkon beradi.



Davolash mitral stenoz bosqichidagi kabi. Kasallikning rivojlanish bosqichi va mitral yetishmovchilik darajasi aniqlanadi. Kasallikning I bosqichidagi bemorlarga jarrohlik amaliyoti bajarilmaydi. Jarrohlik amaliyotiII va III bosqichlarda o‘tkaziladi.IV bosqichda bemorlar jarrohlik amaliyotini ko‘tara olmaydilar, V bosqichda jarrohlik amaliyoti bajarish mumkin emas. Mitral yetishmovchilikning asoratlanmagan turlarida klapanda rekonstruktiv amaliyotlar bajariladi. Kalsinoz va fibroz bo‘lganda klapan protez bilan almashtirilishi kerak.
Aortal yurak nuksonlari

Aortal klapan stenozi, yetishmovchiligi, qo‘shma zararlanishlari farq qilinadi.

Bemorlar nafas siqishi, stenokardiyaga hos og‘riq, yurak urishi, uning goh urib, goh to‘xtab qolgandek bo‘lishi, bosh aylanishi, hushdan ketib turishdan shikoyat qiladilar. Ko‘zdan kechirilganda pastga va chapga siljigan yurakning yuqoriga ko‘tarilib turadigan cho‘qqi turtkisi aniqlanadi. Aortal klapan yetishmovchiligida hamma arteriyalar pulsatsiyasi kuchayishi, diastolik bosimning keskin pasaygani holda sistolik bosimning oshishi qayd qilinadi. Aortal stenozda aortal klapan proeksiyasida dag‘al sistolik shovqin eshitiladi. Klapan yetishmovchiligida II tondan keyin birdaniga keladigan diastolik shovqin eshitiladi. Rentgenologik jihatdan yurak o‘lchamlarining chap qorincha, yuqoriga ko‘tariladigan aorta va uning ravog‘i hisobiga kattalashuvi aniqlanadi. Yurak “beli” yaxshi ifodalangan. Yurak bo‘shliqlarini kateterizatsiya qilish stenoz yoki klapan yetishmovchiligi darajasini aniqlash imkonini beradi.

Davolash. Kasallikning II - III bosqichidagi bemorlar jarrohlik usulida davo qilinishlari kerak. Alohida stenozda jarrohlik amaliyoti chap qorinchada va aortada bosim gradienti 30 mm dan oshganda qilinishi kerak. Klapandagi kuchsiz o‘zgarishlarda klapan saqlab qolinadigan jarrohlik amaliyotilarini bajarish lozim. Qopqoqlar kuchli o‘zgarishga uchraganda - aortal klapan protezlanadi.
Perikarditlar

Perikardit - perikardning visseral va parietal varaqlarini yallig‘lanishidir. Birlamchi perikarditlar va ko‘krak qafasi a'zolari kasalliklarining oqibati sifatida paydo bo‘ladigan ikkilamchi perikarditlar farqlanadi. Perikarditlar klinik kechishi bo‘yicha o‘tkir va surunkali turlarga bo‘linadi.

O‘tkir perikarditlar. A'zolarning og‘ir yallig‘lanishi kasallikla-rida yoki sepsisda paydo bo‘ladigan ikkilamchi perikarditlar ko‘proq uchratiladi. Ba'zida esa, o‘tkir perikarditga jarohatlar, revmatizm, sil kasalliklari sababchi bo‘ladi.

Fibrinoz (quruq) perikardit perikardning visseral va perietal varaqlarida fibrin tolalarining yig‘ilishibilan ta'riflanadi.

Kasallikning asosiy belgilari - yurak sohasidagi sanchiydigan va keskin og‘riqlar bo‘lib, ular chuqur nafas olganda va yo‘talda kuchayadi, taxikardiya, nafas olishning tezlashuvi, tana haroratining qisqa fursatga ko‘tarilishi hisoblanadi. Auskultatsiyada dag‘al xususiyatga ega bo‘lgan perikard ishqalanishi shovqini aniqlanadi, u yurak qisqarishlari bilan sinxron ravishda eshitiladi, oldinga engashilganda kuchayib, nafasni tutib turilganda yo‘qolmaydi.

EKGda miokard subendokardial qavatida qon aylanishi buzilganidan dalolat beradigan o‘zgarishlar qayd qilinadi.

Seroz perikardit. Perikard bo‘shlig‘ida yallig‘lanish xarakteridagi seroz yoki seroz-fibrinoz suyuqlik yig‘ilishidir.

Asosiy simptomlari: to‘sh orqasida kuchli og‘riqlar, ular orqaga va yelka ustiga o‘tadi, nafas siqiladi. Atrofdagi a'zolarning perikardial ekssudatdan siqilishi sababli yutish qiyinlashadi, hiqichoq tutadi, ovoz bo‘g‘iladi. Tekshirib ko‘rilganda cho‘qqi turtkisi zaiflashgan, yurak chegaralari kengaygan, yurak tonlari bo‘g‘iq eshitiladi.

Rentgenologik tekshirishda yurak soyasining kengayganligi, pulsatsiya pasayganligi qayd etiladi. EKG da asosiy tishchalarning pasayishi aniqlanadi. Perikard bo‘shlig‘ida ekssudat tez yig‘ilganda yurak tamponadasi rivojlanishi mumkin, u oshib boradigan taxikardiya, arterial bosimning pasayishi, sianoz, o‘pka shishi rivojlanishi bilan namoyon bo‘ladi.



Yiringli perikardit. Perikardda yiringli suyuqlik yig‘ilishibilan ta'riflanadi. Klinik manzarasi seroz perikarditdagi singari, biroq kasallik birmuncha og‘irroq kechadi. Intoksikatsiya simptomlari - gektik harorat, et uvishishi, ko‘plab terlash ustunlik qiladi. Perikard punksiya qilinganda yiringli suyuqlik olinadi.

Davolash. Konservativ davo - antibiotiklar, analgetiklar, dezintoksikatsion, vitaminlar, immunitetni ko‘taruvchi dorilar ishlatishni ko‘zda tutadi.

Perikardda suyuqlik bo‘lganda bir martaba yoki takroriy punksiyalar qilish tavsiya etiladi. Yiringli suyuqlik bo‘lganda perikardga mikrodrenaj o‘rnatilib, uning bo‘shlig‘i antiseptik eritmalar, fermentativ preparatlar bilan yuviladi.



Suyuqlikli surunkali perikardit. Kasallikning asosiy sababchisi - revmatizm. Perikard parietal varag‘ining keskin qalinlashuvi, uning biriktiruvchi to‘qimasining o‘zgarishi, perikard bo‘shlig‘ida ko‘p miqdorda suyuqlik yig‘ilishibilan o‘tadi.

Klinikasi va diagnostikasi. Bemorlar nafas qisishi, yurak sohasida sanchikli og‘riq, yurak urishi xurujlaridan shikoyat qiladilar. Ko‘zdan kechirilganda sianoz, yuz va bo‘yin, qo‘llarning o‘rtacha shishishiqayd qilinadi. Yurak cho‘qqisida turtki bo‘lmaydi, yurak chegaralari kengaygan, uning tonlari bo‘g‘iq, arterial bosim pasaygan, venoz bosim oshgan bo‘ladi.

Rentgenologik tekshirilganda yurak chegaralarining anchagina kengaygan-ligi, yurak qisqarishlari amplitudasi pasayganligi ma'lum bo‘ladi. EKG da asosiy tishchalar voltaji pasaygan bo‘ladi.



Davolash –jarrohlik usulida. Perikardektomiya - perikard parietal varag‘ini keng ko‘lamda rezeksiyasiamaliyoti bajariladi.

Bosib turadigan perikardit. Asosiy sababi - sil, kamroq revmatizm, nospetsifik infeksiya, jarohatlardir. Surunkali yallig‘lanish jarayoni fibroz o‘zgarishga, perikard parietal va visseral varaqlarining qalinlashuviga olib keladi, ular qo‘shilib ketadi, aksariyat hollarda ular kalsifikatsiyaga uchraydi. Yurak xaltasi bo‘shlig‘i obliteratsiyaga uchraydi. Bularning hammasi yurak ishini qiyinlashtiradi, uning ezilib qolishiga va tomirlarining buralishiga olib keladi.

Klinikasi va diagnostikasi. Bemorlarni nafas qisishi, yurak sohasida bosilish sezgisi, umumiy behollik bezovta qiladi. Yuz sianozi, rangparlik, gavda va oyoqlarda shish, jigar o‘lchamlarining kattalashuvi, unda dimlanish hodisalari qayd etiladi. Auskultatsiyada yurak tonlari bo‘g‘iq. Yurak chegaralari normada yoki toraygan. Arterial bosim pasaygan, venoz bosim ko‘tarilgan. Rentgenologik jihatdan yurak soyasi konturlari deformatsiyalangan, yurak qisqarishlari amplitudasi kamaygan, ayrim qismlari harakatsiz. EKGda hamma usullarda voltaj pasayishi kuzatiladi.

Ultratovush bilan skanerlashda turli qalinlikdagi perikardial bitishmalar, ohak bilan qoplangan qismlar topiladi.

Davolash –jarrohlik usulida. Amaliyot o‘zgargan perikardniradikal kesib olib tashlashdan iborat.
4.2. Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:
«QORA QUTIChA» USULINI QO‘LLASh

Ushbu usul mashg‘ulot davomida xamkorlikda ishlash va har bir talabaning faol qatnashishini ko‘zda tutadi, o‘qituvchi butun guruh bilan ishlaydi.

Xar bir talaba qora qutichadan savol yozilgan kartochkani oladi.

Talabaga javob berish uchun 3 daqiqa beriladi. So‘ngra javoblar muhokama qilinadi. Usulning ohirida o‘qituvchi berilgan javoblarni muhokama qiladi va talabalarning faolligini aniqlaydi.

Ushbu usul talaba nutqi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va talabada mustaqil fikrlash, muloxaza yuritishni shakllantiradi.

Annotatsiya turlari:

Anamnezda revmatizm utkazgan bemorda kup xarakatda xansirash, lab va burun atrofini kukarishi, eshitilganda mitral klapan ustida sistolik shovkin eshitilishi kuztildi. I. Bu xolat yurak orttirilgan nuksonlarini kaysi turiga xos
«O‘RGIMChAK INI» USULINI QO‘LLASh

Talabalarga o‘tgan darslardan savollar tayyorlash uchun vaqt beriladi.

Ishtirokchilar doira bo‘lib o‘tirishadi.

Ishtirokchilarning biriga ip bilan bog‘langan koptokcha beriladi, u xoxlagan talabaga o‘zi oldindan tayyorlagan savolni (javobni o‘zi bilishi shart) berib, koptokchani topshiradi.

Koptokchani olgan talaba savolga javob beradi (savol bergan ishtirokchi javobni sharxlab turadi) va savolni boshqa ishtirokchiga beradi. Bu musobaka hamma ishtirokchilar “ ”o‘rgimchak ini”ga o‘ralguncha davom etadi.

Hamma talabalar savol berib bo‘lgach, ohirga talaba qo‘lidagi koptokchani birinchi savol bergan ishtirokchiga qaytaradi va unga savol beradi va x.k., bu xol chigal yechilgunga qadar davom etadi.

Eslatma: talabalardan xar bir javobga e'tiborli bo‘lish talab qilinadi, chunki oldindan qaysi talabaga koptokcha berilishi noma'lum.



    1. Taxliliy qismi

Vaziyatli masala:

1.Anamnezda revmatizm utkazgan bemorda kup xarakatda xansirash, lab va burun atrofini kukarishi, eshitilganda mitral klapan ustida sistolik shovkin eshitilishi kuztildi. belgilari kuztildi.

I. Bu xolat orttirilgan yurak nuksonini kaysi turiga kiradi:

A. mitral yetishmovchilik *

B. mitral stenoz

V. Aortal stenoz

G. Aortal yetishmovchilik

D. Mitroaortal yetishmovchilik

II. Tashxisni aniqlash uchun qaysi nonivaziv tekshirish usuldan foydalanamiz:

A. EXOKS *

B. EKG

V. ultratovush tekshiruv



G. angiografiya

D. kompyutertomografiya



5. Amaliy qism

Amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha topshiriqlarni bajarish (differensial tashxis o‘tkazish va so‘ngi tashxisni asoslash, yurak shovkinlarini farklay olish, yurak astmasida birinchi yordam)


1. DIFFERENSIAL TAShXIS O‘TKAZISh VA SO‘NGI TAShXISNI ASOSLASh.

Maqsad: differensial tashxis o‘tkazish va so‘ngi tashxisni asoslashni o‘rgatish.



Chora tadbirlar

Bajarmadi

To‘liq bajardi

1

Klinik simptomlari ushbu kasallik bilan o‘xshash bulgan kasalliklarni keltirib o‘tish

0

25

2

Asosiy klinik sindromlarning differensial tashxisini o‘tka-zish

0

35

3

Shikoyatlar, anamnez, ob'ektiv va laborator tekshiruvlarga asosla-nib va differensial tashxis utkazib sungi tashxisni qo‘yish

0

40




Jami

0

100

2. TO‘G‘RI PARXeZ VA ReJALI DAVONI BeLGILASh.



Maqsad: Kasallikni davolash va remissiyaga erishish.



Chora tadbirlar

Bajarmadi

To‘liq bajardi

1

Pevzner bo‘yicha davo parxezlari-ning xarakteristikasini o‘rganish

0

10

2

Tashxisga mos ravishda parxez stolini to‘g‘ri tanlash

0

10

3

Parxezning sifatini baholash

0

20

4

Tashxisga mos ravishda va kasallikni og‘irlik darajasini hisobga olib asosiy terapiyani tayinlash

0

20

5

Tashxisga mos ravishda va kasallikni og‘irlik darajasini hisobga olib simptomatik terapiyani tayinlash

0

20

6

Profilaktik choralar

0

20




Jami

0

100



  • 3. YURAK ChEGARALARINI ANIKLASh

Maqsad: Orttirilgan yurak nuksonlari turlarini bir-biridan takkkoslash va kengayish sabablarini aniklash.



Chora tadbirlar

Bajarmadi

To‘liq bajardi

1

Bemor chalqanchaga yotadi

0

15

2

Yurak chap chegarasini aniklash

0

20

3

Yurak yukori chegarasini aniklash

0

30

4

Yurak ung chegarasini aniklash

0

30

5

Yurak ulchamiga baxo berish

0

5

6

Jami

0

100



6. Malaka, ko‘nikma va bilimni tekshirish usullari

- og‘zaki;

- yozma;

- vaziyatli masalalar yechish;

- egallangan amaliy ko‘nikmalarni namoyish etish;
7. Joriy nazoratni baholash mezoni



O‘zlashtirish % va balda


Baho

Talabaning bilish darajasi


1.

96-100

A'lo”5”


- hulosa va qaror qabul qila biladi

- ijodiy fikrlay oladi

- mustaqil mushohada yurita oladi

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

yuqori faollik va ijodiy yondasha

oladi

- vaziyatli masalalarni to‘liq



asoslangan javob bilan to‘g‘ri

yecha biladi

- savolni mohiyatini tushunadi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


2.

91-95

- ijodiy fikrlay oladi

- mustaqil mushohada yurita oladi

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

yuqori faollik va ijodiy yondasha

oladi


- vaziyatli masalalarni to‘liq

asoslangan javob bilan to‘g‘ri yecha

biladi

- savolni mohiyatini tushunadi



- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega



3.

86-90

- mustaqil mushohada yurita oladi

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

yuqori faollik va ijodiy yondasha

oladi

- vaziyatli masalalarni to‘liq



asoslangan javob bilan to‘g‘ri yecha

biladi


- savolni mohiyatini tushinadi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


4.

81-85

Yaxshi”4”



- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik ko‘rsatadi

- vaziyatli masalalarni yecha biladi,

lekin javobini asoslay olmaydi

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


5.

76-80

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

faollik ko‘rsatadi

- vaziyatli masalalarni yecha biladi,

lekin javobni isboti to‘liq emas

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


6.

71-75

- vaziyatli masalalarni to‘g‘ri yecha

biladi, lekin javobni isboti

to‘liq emas

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega



7.

66-70

Qoniqarli”3”

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- vaziyatli masalalarni to‘g‘ri yecha

biladi, lekin javobini isbotlay

olmaydi


- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- mavzuni alohida savollari

yuzasidan aniq tasavvurga ega


8.

61-65

- vaziyatli masalalarni yechimida

xatoliklarga yo‘l qo‘yadi

- biladi, ishonch bilan aytib bera

olmaydi


- mavzuning alohida savollari

yuzasidan aniq tasavvurga ega



9.

55-60

- biladi, ishonch bilan aytib bera

olmaydi


- qisman tasavvurga ega

10.

54 va undan past

Qoniqarsiz”2”

- hyech qanday tasavvurga ega emas

- bilmaydi





8. Mashg‘ulotning xronologik xaritasi



Mashg‘ulot bosqichlari

Mashg‘ulot shakli

Davomiyligi

(min.)





1.

O‘qituvchining kirish so‘zi (mavzuni asoslash)




5

2.

Amaliy mashg‘ulot mavzusini muhokama qilish, yangi pedagogik texnologiyalar ( kichik guruhlar, munozara-bahs, vaziyatli masala, «urgimchak ini», «kora kuticha» va h.k.), shuningdek, ko‘rgazmali materiallar (slayd, audio-videokasseta, mulyaj, fantom, EKG, rentgenogramma va h.k.)ni qo‘llagan holda talabalarning dastlabki bilim darajasini tekshirish

so‘rov,

tushuntirish


25


3.

Muhokamaga yakun yasash.




5

4.

Talabalarni mashg‘ulotning amaliy qismini o‘qituvchi yordamida egallashi (tematik bemor kuratsiyasi)



10


5.

Topshiriqlarni bajarish tartibi bo‘yicha ko‘rsatmalar va tushuntirish berish. Mustaqil kuratsiya.



15


6.

Talabalarning o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini va amaliy ish natijalarini muhokama qilish, mustahkamlash va mashg‘ulot maqsadiga erishilganlik darajasini hisobga olgan holda guruh faoliyatini baholash

og‘zaki so‘rov, test, munozara-bahs, amaliy ish natijalarini tekshirish

25


7.

Ushbu mashg‘ulot bo‘yicha o‘qituvchining xulosasi, har bir talaba faoliyatini 100-ballik tizim bo‘yicha baholash va e'lon qilish. Keyingi darsga tayyorlanish uchun talabalarga vazifa berish (savollar to‘plami)

Axborot,

mustaqil tayyorlanish uchun savollar


5



9. Tekshiruv savollari

  1. Ortirilgan yurak nuqsonlari etiopatogenezi

  2. Ortirilgan yurak nuqsonlari klinik manzaralari

3.Ortirilgan yurak nuqsonlari davolash usullari

4. Ortirilgan yurak nuqsonlar profilaktikasi



10. Tavsiya etilgan adabiyotlar

I. Asosiy:

1. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, Toshkent, 2005.

2. Xirurgicheskie bolezni. Sh.I. Karimov, Tashkent, 2005.

3. Chirurgik kasalliklar. Sh.I. Karimov. Toshkent, 2011.

4. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, N.X.Shamirzaev, Toshkent, 1995.

5. Xirurgicheskie bolezni. Pod red.M.I.Kuzina., Meditsina, 2002.

6. Metodicheskoe posobie po gospitalnoy xirurgii. Nazыrov F.G. s soav.Tashkent 2004g.

7. Klinicheskaya xirurgiya. Pod red. Pansыreva Yu.M. M. «Meditsina», 1988

8. Vorobev A. Spravochnik prakticheskogo vracha v 3x tomax. 1990

9. Konden R., Neyxus L. Klinicheskaya xirurgiya Moskva. Praktika 1998

10. Nazirov F.G., Denisov I.I., Ulugbekov E.G. Spravochnik-putevoditel praktikuyuщego vracha. Moskva, 2000.

11. Petrovskiy B.V. red. Rukovodstvo po xirurgii (v 12 tomax) M. Meditsina 1959-1966.

II. Kushimcha:

1.V.I. Burakovskiy, I.D. Bokeriya «Serdechno-sosudistaya xirurgiya». Moskva. 1990.

2. Spiridonov A.A., Putkin Yu.F. Poroki serdsa, 2002.

3. K. Isselbaxer – «Spravochnik Xarrisona po vnutrennim boleznyam». Sankt-Peterburg – Moskva – Xarkov – Minsk. 1999.

4. D. Myorta «Spravochnik vracha obщey praktiki». Moskva.1998.

5. Malyarchuk V.I. Xirurgicheskie bolezni, 2003.



6. Konstantinov B.A. Klapannosberegayuщie operatsii pri vrojdennыx i priobretennыx porokax serdsa. Moskva, 2000.

http://www.mediasphera.aha.ru
Yüklə 43,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin