3. Fanlararo va fan ichida bog‘liqlik
Shu mavzuni o‘qitish talabalarning normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya, mikrobiologiya, bioximiya, terapiya, klinichesk farmakologiya fanlari bo‘yicha bilimlariga asoslanadi. Dars davomida olingan bilimlar UASh va boshqa klinik fanlarni o‘rganilganda kerak bo‘ladi.
4. Darsning mazmuni
4.1. Nazariy qism
Tug‘ma yurak nuqsonlari, yurak embriogenezi jarayonlarining buzilishi yoki postnatal davrda normal shakllanish kechikishi oqibatida paydo bo‘ladi. Ko‘pchilik yurak nuqsonlarining asosiy belgisi - kichik va katta qon aylanish sistemasiga qonning aniq taqsimlanmasligidir. Bunga, odatda yurak to‘siqlarida nuqson borligi sabab bo‘ladi.
Tug‘ma yurak nuqsonlari shartli ravishda uchta guruhga bo‘linadi.
Birinchi guruh - venoz qonni arterial oqimga tushishi bilan bog‘liq yurak ichida patologik tutashmalari bo‘lgan nuqsonlari (o‘ngdan chapga, birlamchi - ko‘k): triada, Fallo tetradasi yoki pentadasi, uch tavaqali klapan atreziyasi, Eyzemenger sindromi, tomirlar transpozitsiyasi va b.
Ikkinchi guruh – arterial qonni venoz oqimga tushishi bilan bog‘liq yurak ichida patologik tutashmalari bo‘lgan nuqsonlar (chapdan o‘ngga, birlamchi-oq): bo‘lmachalararo to‘siq nuqsoni, qorinchalararo to‘siq nuqsoni, ochiq arterial yo‘l va b.
Uchinchi guruh - qon aylanishining buzilishi. Ko‘ks oralig‘idagi magistral tomirlarning torayishi sababli kelib chiqqan nuqsonlar: o‘pka arteriyasi stenozi, aortaning boshlanish qismi stenozi, aorta koarktatsiyasi. Hozirgi paytda yurak tug‘ma nuqsonlarining yuzdan ortiq turlari ma'lum bo‘lib, ulardan asosiylari ustida to‘xtalib o‘tamiz:
Fallo tetradasi
Ushbu xastalik 1888 yilda fransuz patologoanatomi Fallo tasvirla-gan to‘rtta doimiy belgilar bilan kuzatiladi.
1. O‘pka arteriyasi torayishi.
2. Qorinchalararo to‘siqning yuqori nuqsoni.
3. Aortaning o‘ng tomonga surilishi.
4. O‘ng qorincha gipertrofiyasi.
Fallo tetradasida gemodinamikaning buzilishi, o‘pkaga qon tushishi-ning kamayishi va venoz qonni o‘ng qorinchadan aortaga o‘tishidan iborat bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |