Tug‘ma aorta «og‘zi»stenozi
Klapan, klapan osti va klapan usti stenozlari tafovut qilinadi. Aorta «og‘zi»stenozi qonni chap qorinchadan katta qon aylanish doirasiga o‘tishiga to‘sqinlik qilib, uning ortiqcha ishlashiga, gipertrofiyaga uchrashiga, keyin esa dilatatsiyasiga va chap qorincha yetishmovchiligining rivojlanishiga olib keladi. Gemodinamikadagi buzilishlar birinchi navbatda koronar va serebral qon aylanishi buzilishida namoyon bo‘ladi.
Klinikasi va diagnostikasi. Nafas qisishi, tezda charchab qolish, yurak astmasi xurujlari, stenokardiyaga xos og‘riqlar, bosh aylanishi, xushdan ketish kuzatiladi. Ob'ektiv tekshirishda chuqqi turtkisining kuchayishi va chapga siljishi, aorta proeksiyasida dag‘al sistolik titrash aniqlanadi. Angiokardiografiya torayish joyi va o‘lchamlarini aniq belgilash, chap qorincha bilan aorta o‘rtasidagi bosim gradientini aniqlashga imkon beradi.
Davolash - faqat jarrohlik usuli, simob ustuni hisobida 30 mm dan oshadigan bosim gradientida bajariladi. Operatsiya sun'iy qon aylanish yoki gipotermiya sharoitlarida stenozni bartaraf etishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |