Tasdiqlayman” o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor professor O. R. Teshaev



Yüklə 49,9 Kb.
səhifə15/20
tarix02.01.2022
ölçüsü49,9 Kb.
#1639
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Aorta koarktatsiyasi

Aorta bo‘shlig‘ining chegaralangan tug‘ma torayganligi. To‘liq yopilib qolganligi chap o‘mrov osti arteriyasi chiqadigan joydan pastroqda, torayish ko‘pincha aorta ravog‘ining pastga tushadigan ko‘krak aortasiga o‘tadigan joyida joylashadi.



Klinikasi va diagnostikasi. Bemorlar bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yurganda oyoklarining tez og‘rib qolishi, ko‘zning xiralashishi, oyoqlar paresteziyasi va sovqotishidan shikoyat kiladilar. Oyoq arteriya qon tomirlarida puls bo‘lmaydi. Qo‘l arteriyalarida arterial bosim oshgan, oyoq arteriyalarida esa aniqlanmaydi yoki birmuncha pasaygan. Bemor ko‘zdan kechirilganda qovurg‘alararo arteriyalar pulsatsiyasi, ularning ustida koarktatsiya joyi sohasida sistolik shovqinni aniqlash mumkin. Rentgenogrammalarda chap qorincha konturlarining kengayganligi qayd qilinadi, birinchi va ikkinchi ravoqlar konturlari 3 raqamini eslatadi.

Angiokardiografiya - aorta toraygan joyini, shaklini, o‘lchami va darajasini aniqlash imkonini beradi.



Davolash - faqat jarrohlik usuli. Jarrohlik amaliyotlari aortaning toraygan qismini rezeksiya qilish va «uchma-uch» anastomoz qo‘yishdan iborat. Uzaygan torayish bo‘lgan hollarda aortaning rezeksiya qilingan qismi sintetik protez bilan almashtiriladi.
4.2. Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:
«QORA QUTIChA» USULINI QO‘LLASh

Ushbu usul mashg‘ulot davomida xamkorlikda ishlash va har bir talabaning faol qatnashishini ko‘zda tutadi, o‘qituvchi butun guruh bilan ishlaydi.

Xar bir talaba qora qutichadan savol yozilgan kartochkani oladi.

Talabaga javob berish uchun 3 daqiqa beriladi. So‘ngra javoblar muhokama qilinadi. Usulning ohirida o‘qituvchi berilgan javoblarni muhokama qiladi va talabalarning faolligini aniqlaydi.

Ushbu usul talaba nutqi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va talabada mustaqil fikrlash, muloxaza yuritishni shakllantiradi.
«O‘RGIMChAK INI» USULINI QO‘LLASh

Talabalarga o‘tgan darslardan savollar tayyorlash uchun vaqt beriladi.

Ishtirokchilar doira bo‘lib o‘tirishadi.

Ishtirokchilarning biriga ip bilan bog‘langan koptokcha beriladi, u xoxlagan talabaga o‘zi oldindan tayyorlagan savolni ( javobni o‘zi bilishi shart) berib, koptokchani topshiradi.

Koptokchani olgan talaba savolga javob beradi (savol bergan ishtirokchi javobni sharxlab turadi) va savolni boshqa ishtirokchiga beradi. Bu musobaka hamma ishtirokchilar “ va ”o‘rgimchak ini”ga o‘ralguncha davom etadi.

Hamma talabalar savol berib bo‘lgach, ohirga talaba qo‘lidagi koptokchani birinchi savol bergan ishtirokchiga qaytaradi va unga savol beradi va x.k., bu xol chigal yechilgunga qadar davom etadi.

Eslatma: talabalardan xar bir javobga e'tiborli bo‘lish talab qilinadi, chunki oldindan qaysi talabaga koptokcha berilishi noma'lum.



    1. Taxliliy qismi


Yüklə 49,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin