Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha prorektor, Professor Teshaev O. R


GONOREYa. BOShKA VENERIK URETRITLAR. ASORATLARI. LABORATOR TEKShIRUVLAR. EPIDEMIOLOGIYa, PROFILAKTIKA



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə6/6
tarix03.04.2017
ölçüsü0,55 Mb.
#13304
1   2   3   4   5   6

GONOREYa. BOShKA VENERIK URETRITLAR. ASORATLARI. LABORATOR TEKShIRUVLAR. EPIDEMIOLOGIYa, PROFILAKTIKA
Urogenital seksual transmissiv kasalliklar – yuқumli kasalliklar bo’lib, ular, asosan, bemor bilan bo’lgan jinsiy aloқa natijasida yuқadi va yalliғlanish, asosan, siydik va tanosil yo’llari shilliқ pardalarini jaroҳatlaydi va bemorlar ko’pincha ҳar xil ajratmalarga shikoyat қiladilar. Ayollarning ҳayz ko’rishi ayol va erkakni achchiқ, sho’r taomlar iste’mol қilishi yoki spirtli ichimliklar ichishi kasallikning қo’zishiga sabab bo’ladi.

Etiologiyasi.

Chaқiruvchilari:

1. Neisseria gonorrhoeae.

2. Chlamidia trachomatis.

3. Ureaplasma urealiticum, Mycoplasma hominis.

4. Gardnerella vaginalis.

5. Trichomonas vaginalis.

6. Candida albicans.

Diagnostika prinstiplari. Urogenital seksual transmissiv kasalliklar (USTK)da қuyidagilarni aniқlash zarur:

– қachon kasallik belgilari namoyon bo’lgani, kasallikning kechi-shi, қilingan (olingan) davo-muolajalar (yoki o’z-o’ziga қilingan davo);

– seksual anamnez;

– yalliғlanish bosқichi baҳolanadi – ekssudativ (o’tkir, o’tkir-osti), torpid, kam simptomli, proliferativ (avjlanishlar bilan yoki ularsiz);

– kasallik chaқiruvchilari aniқlaniladi: bakterioskopik, serologik usullar;

– PЦR yordamida.

Klassifikastiya.

1.Asoratlanmagan urogenital infekstiya

Yalliғlanish – yangi ekssudativ (o’tkir, o’tkir osti) va faқat siydik tanosil yo’llarining қuyi қismi jaroҳatlanadi yoki ekstragenital soҳalar jaroҳatlanadi. Infekstiya 2 oydan ortiқ davom etmagan bo’ladi.

Asoratlanmagan urogenital infekstiya erkaklarda:

– uretrithis acuta et subacuta;

– parauretrithis acuta;

– balanoposthitis acuta;

–prostathitis catarralis ҳolida uchraydi.

Asoratlanmagan urogenital infekstiya ayollarda:

– urethritis acuta et subacuta;

– colpitis, vulvitis, vestibulitis, canaliculitis acuta ko’rinishida kuzatiladi.

Asoratlanmagan urogenital infekstiya ҳar ikkala jinsda

– pharyngitis, tonsillitis acuta et subacuta;

– proctitis, blennorrhoea, cystitis, coneconjuectivitis acuta ҳolida uchraydi.

Asoratlanmagan urogenital infekstiya go’daklarda:

– conjuctivitis, blepharitis acuta, blennorohea ҳolida uchraydi.

Asoratlanmagan urogenital infekstiya қizlarda:

– vestibulitis, uretrithis acuta,vulvovaginithis;

– endocervitis acuta, proctitis acuta ҳolida uchrashi mumkin.

2. Asoratlangan urogenital infekstiya.

Yalliғlanish – surunkali proliferativ bo’lib, avjlanish yoki avjlanishsiz kechadi. Kasallik ikki oydan uzoқ kechadi.

Asoratlangan urogenital infekstiya. erkaklarda:

– uretritis chronica et execerbata, littreitis, balanopostitits chronica, periurethritis;

– cooperitis chronica, prostatitis follicularis et parenchymatosa, parap-rostatitis, vesiculitis,epididimitis,orchoepididymitis;

ayollarda:

– uretrithis, endocervicitis, chronica et exacerbata bartolinitis, endo-metritis,-metritis, salpingitis, salpingoophoritis, pelveoperitonotis;

erkak va ayollarda:

– metastatik turlari, sepsis, arthrithis, polyartritis, teri jaroҳat-lanishi, proctitis;

– chronica, paraurethritis, pharyngitis, tonsillitis chronica ko’rinish-larida uchrashi mumkin.

Asoratlanmagan, urogenital seksual-transmissiv kasalliklarning etiologik prinstipdagi davolanishi, қolaversa yuқori ta’sir etuvchi preparatdan to’ғri foydalanilsa davo samarali bo’ladi. Davo samarasiz bo’lishi tanlangan preparatlarga nisbatan mikroorga-nizm-da chidamlilik ku-zatilgan ҳollarda kuzatiladi. Bunday ҳollar-da boshқa guruҳ antibakterial preparatlari va immunoterapiya tayin etiladi. Davolash-dan avval ajratmani ekib, chaқiruvchini antibiotiklarga ta’sirchanli-ligini aniқlash zarur. Asoratlangan urogenital infek-stiya-larda etio-trop antibakterial preparatlar bilan birga қo’shimcha davo o’tkazish zarur. Bu davo jaroҳatlangan to’қimalarda moddalar al-mashinuvi va mikrostirkulyastiyani yaxshilashga қaratilgan bo’lishi, in-filtratni so’rili-shi, maҳalliy va umumiy immun tizimni faol-lash-tirishni ҳamda to’қi-malar o’tkazuvchanligini oshirishga қaratil-gan bo’lishi zarur. Uroge-nital tizim yuқori қismlarga ko’tarilayotgan va disseminastiyalangan jarayonda ҳamda aralashgan, miks infekstiya--larda bir necha antibak-te-rial preparatlardan foydalanish maқ-sad-ga muvofiқ bo’ladi.

SO’ZAK – GONOREYa (GONORRHOEA)


So’zak – jinsiy yo’l bilan yuқuvchi kasallik bo’lib, bir қator sti-lin-drik epiteliy ҳujayralari bilan қoplangan shilliқ pardasi-ning nospestifik yalliғlanishi.

Etiologiyasi. Kasallik chaқiruvchisi – Neisseria gonorrhoeae, u gram-manfiy diplokokk bo’linish yo’li bilan ko’payib, endotoksin saқlaydi. Gonokokklar leykostit va epitelial ҳujayralar ichida yashab ko’payadilar, makrofaglar tarkibida esa o’ladilar. Trichomo-na-dalar gonokokklarni "yutib yuborish" (fagostitoz) xususiyatiga ega-dir-lar va trixomonadalar ichidagi gonokokklar virulentligini saқlab қoladilar. Inson organizmida noқulay sharoit sezib, gonokokklar L-formaga o’tishi mumkin.

Klassifikastiyasi. 10-Xalқaro kasalliklarni statistik klassi-fi-kastiyasiga binoan gonokokk infekstiyasi:

 siydik-tanosil yo’llar қuyi қismining asoratlanmagan gonoreyasi;

 siydik-tanosil yo’l asoratlangan gonoreyasi;

 siydik-tanosil yo’llarning yuқori қismi va kichik tos a’zolari gonoreyasi;

 boshқa a’zolar gonoreyasi xillariga ajraladi.

Shu bilan birga to’liқ topik diagnoz ҳam ko’rsatilib қo’yiladi.

Epidemiologiyasi. So’zak, asosan, jinsiy yo’l bilan yuқuvchi kasalliklarning ko’p uchrovchi turi ҳisoblanadi. So’zak bilan faқat insonlar kasallanadilar. Kamdan-kam ҳollarda kasallik nojinsiy – maishiy yo’llar bilan yuқishi mumkin. Gonokokklar nam muҳitda o’z virulentligini yo’қotmaydi va nam shaxsiy gigiena buyumlari (mochalka, sochiқ, ichki kiyim)ga tushgan ajratmalar қurib ulgurmasdan foydalangan kishilar o’zlariga kasallikni yuқtirishlari mumkin. Chaқaloқlar bemor onalarining tuғish yo’llaridan o’tish vaқtida kasallanishi mumkin.

Inkubastion davri. Odatda 2–7 kun, kam ҳollarda uzayishi mumkin.

Klinik ko’rinishi. Kasallik uretradan suyuқ yiringli ajratma ajralishi va uretrada noxush ҳissiyot bilan boshlanadi, siyish vaқtida va siygandan so’ng, bemorni oғriқ va achishish bezovta etadi. Ko’zdan kechirganda, bemor uretrasining tashқi teshigi giperemiya-langan, shishgan va kengaygan bo’lib, suyuқ yiringli ajratma ko’rinib turadi. Ikki stakanli (Tompson sinamasi) sinama o’tkazilganda, siydikning birinchi porstiyasi – loyқa, ikkinchi porstiyasi esa tiniқ bo’ladi. Uretra palpastiyasida uning shishganligi seziladi. Yuқoridagi belgilar – yangi, o’tkir, oldi uretrit ko’rinishidir. Agarda Tompson sinamasini ikkinchi siydik porstiyasida loyқalanish kuzatilsa – bu yangi o’tkir total uretrit deb ataladi, u, asosan, kasallik yuққanidan so’ng 2–3 ҳafta o’tgach kuzatiladi. Agarda uretra tashқi teshigi yaқinida to’қ-қizil nuқtalar bo’lib, ular shishgan ҳalқalar bilan o’ralgan bo’lsa, uni barmoқlar bilan siққanda yiringli tomchi ajraladi. Bu ҳolat – o’tkir parauretrit deb ataladi. Erkaklarda anatomik uzun olat yopқichi (ҳatna қilinmaganlarda), olat boshchasining terisi ҳamda yopқich ichki yuzasi yalliғlanishi mumkin – o’tkir balano-postit (balanopotitits acuta). Balanopostit ko’pincha fimoz (Phymosis) bilan asoratlanadi – yopқichning torayishi, olat boshchasini ochilishiga yo’l қo’ymaydi. Olat yopқichi, olat boshchasini yopmay shishishi ҳisobiga uni siқib қo’ysa parafimoz (paraphimosis) rivojlanadi.

Yangi, o’tkir total gonokokkli uretritli bemorlarda yalliғlanish ko’pincha prostata suyuқlikni ajratuvchi naychalariga o’tadi va kataral prostatit (prostatitis catharralis) vujudga keladi. Kataral prostatit o’z vaқtida tashxis қilinmaydi, chunki o’tkir yalliғlangan jarayonlarda instrumental (uretroskopiya) tekshiruvlar va prostata massaji қilinmaydi.

Gonoreya davolanmasa giperemiya, shish, yalliғlanish, ajratmalar vaқt o’tgan sayin kamayadi, ammo ajratma қuyuқlashadi va yangi o’tkir-osti uretrit (urethritis recens subactiva) vujudga keladi. Taxminan 1–1,5 oy o’tgach yalliғlanish alomatlarining ob’ektiv va sub’ektiv belgilari kamayganligi kuzatiladi va yangi total torpid uretrit (urethritis totalis recens torpida) vujudga keladi. Surunkali uretritdan farқi o’laroқ uretra paypaslansa infiltrat sezilmaydi. Taxminan 2 oy o’tgach yalliғlanish surunkali turga o’tadi. Sub’ektiv shikoyatlari kam, faқat siyilgandan keyin, uzoқ tanaffusdan so’ng uretra teshiklari bir-biriga yopishgan (ayrim ҳollarda қaloқ bilan қoplangan) bo’lib, loyқa, suyuқ tomchi kuzatilishi mumkin. Uretra teshigi stianotik shishgan, uretra massajidan so’nggina ajratma oz miқdorda ajraladi, ajratma shilliқ, shaffof yoki loyқa bo’ladi. Uretra paypaslan-ganda infiltratlangan bo’ladi, bu xil klinik o’zgarishlar surunkali uretrit (urethritis chronica) dan dalolat beradi.

Agarda uretra paypaslanganda uretraning notekis zichlashgani va tugunchasimon қalinlashgani sezilsa bu xil o’zgarishlar littreit (litt-rei-tis) dan dalolat beradi. Olatda oғriқ kuzatilishi, uning yarim erek-stiya ҳolatida bo’lib, pastga қarab buқilishi, chegaralanmagan infilt-rat va tana ҳaroratining ko’tarilishi o’tkir periuretrit (periurethritis acuta) dan dalolat beradi. Bunday ҳollarda jinsiy olat limfatik tomirlarining yalliғlanishi kuzatilishi mumkin (lym-phan-goitis). Lim-fan-goit – olat old yuzasida қizil yo’nalish ҳolida namoyon bo’ladi.

Surunkali yalliғlanish turli noқulay – salbiy ta’sirlar ta’siridan avjlanishi mumkin, natijada o’tkir yalliғlanish ko’rinishini simulyastiya қilishi mumkin. Ko’p miқdorda suyuқ, yiringli ajratmalar ajra-li-shi mumkin, uretra teshigi stianotik ko’rinishda, uretra esa infil-trat-langan bo’ladi. Bunday ҳolatlar surunkali uretritning avjlanganligi (urethritis chronica exacerbata) dan darak beradi. Kasallik avjlanganida asoratlar paydo bo’ladi yoki asoratlar ҳam avjlanadi. Oraliқ soҳasida oғriқ yoki bosim seziladi, defekastiya vaқtida bu ҳislar kuchayadi.

Gonoreya ko’pincha prostata bezi yalliғlanishining sababchisidir. Sub’ektiv ҳissiyotlar yalliғlanish jarayonining faolligi va tarқoқligiga boғliқdir. Bemorlar siydik ajralishi va jinsiy ҳayot-ning o’zgarishi va defekastiyaning oғriқli bo’lishiga shikoyat etadilar. Pros-tata bezini paypaslash, sekin-asta tekshirish prostatit (pros-ta-titis) turini aniқlashga imkon beradi. Shu xil shikoyatlar uruғ pufak-cha-larining yalliғlanganida (vesiculitis) ҳam kuzatiladi. Vezikulit-ning klinik turlarini aniқlash uchun uruғ pufakchalari palpator tekshirilib, uning suyuқligi laborator tekshiriladi.

Yorғoқ ortiғining yalliғlanishi (epididymitis) gonoreyaning asoratlaridan biri bo’lib, bemorni uruғ қopchasi soҳasida oғriқ bezovta etadi, jaroҳatlangan soҳa tomonida teri giperemiyalangan, shishgan, ushlab ko’rilganida issiқ bo’ladi. Palpastiyada yorғoқ ortiғi (jaro-ҳatlangan tomon) oғriқli, kattalashgan, zichlashgan bo’ladi. Agarda, nafaқat yorғoқ ortiғi, yorғoқ ҳam yalliғlangan bo’lsa, palpator ular bir-biriga yopishgani, kattalashgani va orғiқliligi aniқ-la-nadi, bunday ҳolat – orxoepididimit (orchoepididymitis) deb ataladi.

Uruғ naychalari yalliғlanishi (deferentitis) oғriқli, arқonga o’xshash palpastiyalanadi, yalliғlanish jarayonini atrof to’қimalariga o’tishi funikulit (funiculitis) ni rivojlantiradi.

Uretra strikturasi (strictura urethrae) – gonoreyaning kam uchraydigan asoratidir. Uretra strikturasi siydik ajralishini o’zgar-tiradi, bu o’zgarish instrumental tekshirishlar usulida aniқlanadi. Yuқorida bayon etilgan klinik o’zgarishlar gonoreyaning klassik kechishini ta’riflaydi. Lekin turli xil omillar (immunodepressiya, nazoratsiz antibakterial vositalar қabul қilish, alkogolizm, narkomaniya va boshқalar) ta’siridan gonoreyaning boshlanishi bemor uchun sezilmasligi, torpid bo’lishi mumkin, bunday ҳollarda kasallikning erta tashxis қiyinlashadi va turli xil oғir asoratlar (jinsiy maylning buzilishi, bepushtlik va boshқalar) kelib chiқadi.

Ayollar gonoreyasi


Klinik ko’rinishi. Kasallik boshlanganini ko’pchilik ayollar sezmaydilar, sababi shikoyat yo’қ yoki kam bezovtalanadilar. Dastlabki belgisi – yiringli ajralma ajralishi. Ayrim ҳollarda oғriқli, tez-tez siyishga moyillik kuzatiladi, bu ҳissiyotlar deyarli ҳamma ҳomilador ayollarda, klimakterik yoshdagilarda va yosh қizchalarda kuzatiladi. Bu guruҳ bemorlarda tashқi jinsiy a’zolarda yalliғlanishlar kuzatilib, shu soҳalar oғriғi, қichishishi va қizishiga shikoyatlar bo’ladi. Ko’rik paytida katta va kichik uyatli labchalar shilliқ pardalari shishi, giperemiyasi kuzatiladi, bu belgilar o’tkir vulvit (vulvitis acuta) va o’tkir vestibulit (vestibulitis acuta)dan darak beradi. Uretra giperemiyasi va shishi, uni massaj қilinganidan so’ng yiringli yoki loyқa tomchi ҳolidagi ajratmasi esa yangi o’tkir uretrit (urethritis recens acuta) yuzaga kelganini tasdiқlaydi. Keyin-chalik esa u o’tkir osti uretrit (urethritis recens subacuta)ga o’tadi. Uret-ra infiltratlanmagan bo’ladi. Ammo shishgani palpastilab aniқ-lanadi. Jinsiy faollik davrida қin shilliқ pardasi yalliғ-lanmagan bo’ladi, sababi қinda kislotali muҳit bo’ladi. Ҳomi-la-dor, klimak-terik yoshdagi ayollarda va kichik yoshdagi қizchalarda ko’pin-cha kolpit (colpitis) rivojlanadi: қin shilliқ pardasi giperemiya-lan-gan, shish-gan bo’lib, undan yiringli ajratma ajraladi. Bachadon bo’yni kanali ҳamma ayollarda yalliғlanadi. Bachadon bo’yni shilliқ pardasi giperemiyalanib shishgan bo’lib, bachadon bo’yni kanalidan suyuқ yiringli ajratma ajralishi kuzatiladi. Bu ҳolat yangi o’tkir endostervistit (endocervi-citis recens acuta) dan dalolatdir. Juda ko’p ҳollarda, kasal-likning dastlabki davrlaridayoқ bachadon bo’yni kanali atroflarida stirkulyar eroziya ҳosil bo’ladi. Eroziya yuzasi dastlabki davrda – baxmalsimon, uzoқ muddatli eroziyalar yuzasi esa – follikulyar ko’ri-nishga ega bo’-la-di. Yalliғlanish darajasi kamayganida yangi o’tkir osti yoki torpid endostervistit (endocervicitis recens subacuta, torpida) vujudga keladi.

Taxminan 2 oy o’tgach, yalliғlanish surunkali proliferativ bos-қichiga o’tadi. Bu ҳaқda қuyidagilar ma’lumot beradi: shilliқ parda-lar stianozi, infiltrastiyasi, ajratmalar miқdorining kamayishi va ular turining o’zgarishi: suyuқ-shilliқ, shaffof yoki loyқalanishi kabilar. Bu jarayon uretrada kuzatilsa surunkali uretrit (urethritis chronica), bachadon bo’yni kanalida surunkali endostervistit (endo-cer-vicitis chronica) kechayotganidan dalolat beradi. Surunkali endoster-vistitning xarakterli belgisi – қiyin ajraluvchi shilliқ lenta ko’ri-nishidagi ajratma bo’lib, u bachadon bo’yni kanalidan osilib tura-di. Agarda bachadon bo’yni shilliқ pardasida oқish yoki sarғish guruch donasidek ҳosilalar kuzatilsa – bu shilliқ bezlar kistasi (onula Nabothi) bo’ladi. Bu kistalar – yalliғlanish natijasida bezlar chiқa-ruv naychalari tiқilib қolishidan ҳosil bo’ladi.

Gonoreyani davolash usullari
So’zakni davolashda antibiotiklar bilan birga, zararlangan o’choқ-lar va asoratlarning borligiga қarab maҳalliy, immun va fiziotera-pevtik muolajalar o’tkaziladi (O’zbekistonda 1996 yilda «So’zakning davosi va profilaktikasi ko’rsatmasi» asosida). Davoni boshla-mas-dan uchta қoidani ko’zda tutish kerak:

1. Faқatgina gonokokkni antibiotikka bo’lgan sezgirligini inobatga olib (mikrobiologik usullar bilan aniқlash yoki uning javobi keyincha oldingi shu ҳududdagi izlanishlar natijasiga asoslanib) davoni o’tkazish.

2. Asoratlarning oldini olish uchun albatta kompleks laborator tek-shiruv va topilgan infekstiyalarga қarab kompleks davoni o’tkazish zarur.

3. Mikrobiologik tekshiruv imkoniyatlari bo’lmasa, yiring ajratmalari bor bemorga gonokokka қarshi davo bilan, xlamidiya va trixomonadalarga қarshi kompleks davo olib orish kerak.

Bugungi kunda asosiy va bemorga o’nғay bo’lgan effektiv davo usulllardan:

– Steftriakson 250 mg 1 marta mushak orasiga yoki

– Stiprofloksastin 500 mg 1 marta beriladi yoki

– Ofloksastin 400 mg 1 marta beriladi yoki

– Stefiksim 400 mg 1 marta beriladi yoki

– Spektinomistin 2 g 1 marta mushak orasiga.

UROGENITAL TRIXOMONIAZ

(TRICHOMONIASIS UROGENITALIS)


Urogenital trixomoniaz – jinsiy yo’l bilan yuқuvchi, eng ko’p tarқalgan parazitar kasallik bo’lib, faқat insonlar kasallanadilar. Kasallik, asosan, siydik yo’llarining faқat distal қismlari-nigina yalliғlanishi bilan kechadi.

Etiologiyasi. Trichomonas vaginalis – bir ҳujayrali organizm bo’lib, uning ҳarakat apparatlari yaxshi rivojlangan bo’lib (5 ta xip-chini bor), yadrosi eksstentrik joylashadi. Odatda қin trixomonadasi noksimon ko’rinishga ega bo’lsada, u o’z shaklini o’zgartirish xususiyatiga ega va turli to’қimalarning tor tirқishlari orқali kira oladi. Trixomonadalarning o’lchamlari ularning ko’payish tezligiga boғliқ, undan tashқari turi, mikromuҳitga boғliқ bo’lib, 2–5 mm dan 5–30 mm gacha etadi.

Epidemiologiyasi. Kasallik, asosan, jinsiy yo’l bilan yuқadi, lekin trixomonadalar nam muҳitda (ajratmalarda, suvda, mochalka-larda) ҳayot faoliyatini saқlaydi. Shuning uchun ҳam maishiy aloқalar orқali ҳam yuқishi mumkin. Lekin rektal va orogenital munosabatlar natijasida kasallik vujudga kelmaydi, chunki қin trixomonadasi to’ғri ichakda va oғiz bo’shliғida yashay olmaydi.

Patogenezi. Қin trixomonadalari uretra yoki қin shilliқ pardasiga (faқatgina yassi epitelial ҳujayralar bor joyga) tushgach ko’paya boshlaydi va maҳalliy yalliғlanish chaқiradi. Trixomonadalar xipchinlari yordamida ҳarakatlanib, shilliқ pardalar yuzalari bo’y-lab tarқaladilar, to’қimalar tirқishlari orқali bezlarga va lakunalarga tarқaladilar. Trixomonadalarning parazitlik қilishlari uchun kislotali muҳit қulay bo’lib, bunday sharoitlarda glikogen mod-dasi etarli bo’ladi. Қin trixomonadasi ayrim kokklar (gonokokk)ni fagostitoz yo’li bilan қabul қiladi-yu, parchalab ҳazm қilib bilmaydi va ularni antibiotik va sulfanilamid preparatlar ta’-si-ridan saқlab қoladi. Shuning uchun bemorda so’zak va trixomoniaz bor deb shubҳa қilinsa bir yo’la so’zak va trixomoniazga қarshi davo қilish kerak.

Inkubastion davri 3–4 kundan 2–3 ҳaftagacha.

Ayollar va қizlardagi klinik ko’ri-nishi. Trixomoniaz o’tkir ko’pikli yiring ajratma bilan boshlanib, bemorlar achishuvchi oғriқlar yoki қichimaga va ko’p miқdordagi oқish ajratma ajralishiga shikoyat қiladilar. Vaқt o’tgan sayin sub’ektiv shikoyatlarning intensivligi kamaya boradi, go’yo “tuzalayotgandek” bo’ladi. Surunkali trixomoniazga tez-tez avjlanishlar xos bo’lib, bu avjlanishlar o’tkir yalliғlanishni stimulyastiya қiladi. Ko’pincha yalliғlanish қinda (colpitis), bachadon bo’yni shilliқ pardasida (cervicitis), uretrada (urethritis), kichik uyatli labchalar shilliқ pardalarida (vestibulitis) va katta (vulvitis) jinsiy lablarda kuzatiladi. Kamroқ esa bachadon bo’yni kanali (endocervicitis) va bachadon (endometritis) shilliқ pardasi yalliғlanadi.

Erkaklardagi trixomonadalar uretra shilliқ pardasiga tushgach, o’tkir osti, torpid klinik ko’rinishi yoki surunkali yalliғlanish chaқiradilar. Bemor yaxshi davolanmasa, parҳez saқlanmasa unda uretra strikturasi, trixomonadli prostatit va boshқa asoratlar kuzatilishi mumkin.

Tashxisi:

1. Bakterioskopik tekshirish.

2. Bakteriologik ekish usulida tekshirish.

Differenstial tashxis. Asosan laborator usullar yordamida boshқa jinsiy yo’llar bilan yuқuvchi kasalliklar bilan қiyoslanadi. Travmatik, kimyoviy jaroҳatlar, allergik reakstiyalar, disbakterioz, gipovitaminoz, yalliғlanishlar, ichak parazitlari (ostristalar) tomonidan bo’lishi mumkin. Toksikodermiya, oddiy po’rsildoқ yara.
13-jadval

Urogenital trixomoniozning davosi


Timidazolum p¦o 2,0 bir marta yoki

1-kuni 2,0 bir marta,

2–5 kunlari; 1,0 kuniga 1 marta Ҳomiladorlikni

1-trimesterida mumkin emas. Surunkali jarayonida

Metromidazolum (Tricho-pol, Flagil, Metrogel) p¦o 1-usul: 0,25, kuniga

3 maҳal, 7 kun Gardnerellz bilan uyushgan ҳolda uchrasa tavsiya etiladi

Atrican-250 R¦o 1 tab. kuniga 2 maҳal,

4 kun Jigar ҳastaligida mumkin emas. Ҳomiladorlarga ҳam mumkin, Candida albicans ga ҳam ta’sir etadi.


Ornidazol (Tiberal) R¦o va i¦vag 0,5; kuniga 2 maҳal,

1 vag.tabletka uyқudan oldin O’tkir turida – 1 kunli, surunkali turida –

5 kunli davo.

Clotrimazolum i¦vag 0,1; uyқudan oldin,

7 kun Ҳomiladorlikni

1-trimestrida ҳam қo’llash mumkin.

Clion D 100 i¦vag 1 tab.uyқudan oldin,

10 kun Candida albicans ga ҳam ta’sir etadi.

UROGENITAL XLAMIDIOZ

(CHLAMYDIOSIS UROGENITALIS)


Xlamidioz – ko’p uchrovchi jinsiy yo’l bilan yuқuvchi kasallik bo’lib, infekstiya organizmda uzoқ kechuvchi yalliғlanish va asoratlar chaқiradi ҳamda bo’ғimlar va ko’z konyuktivasi jaroҳatlanadi.

Etiologiyasi. Xlamidiyalar – mayda, grammanfiy bakteriyalar bo’-lib, ҳujayralar ichida parazitlik қilish xususiyatiga ega, faқat ҳujay-ralar ichida stitoplazmatik kiritmalar tarkibida rivojlana-dilar. Bu kiritmalar – xlamidiya koloniyalaridir. Insonlarda uro-ge-ni-tal xlamidiozni – Chlamydia trachomatis D-K serotiplari chaқi-radilar. Undan tashқari, Chlamydia trachomatis L-tiplari insonlarda venerik limfogranulema kasalligini keltirib chiқaradi. Noқulay sharoit-larda xlamidiyalar L-formaga aylanadilar, ҳujayralar tarkibida uzoқ muddat parazitlik қiladilar, natijada minimal antigenlik ta’-siri chaқiradilar. Immunodepressiya yoki immuntanқislik ҳolat-larida xlamidiya L-formadan yana faol, virulent formaga o’tib kasallikni avjlantiradi.

Epidemiologiyasi. Kasallik manbai – bemor kishi. Kasallik jinsiy aloқalar orқali yoki maishiy aloқalar orқali asimptomli bemorlardan yuқishi mumkin. Bolalar onalaridan – yo’ldosh orқali yoki tuғilish vaқtida kasallikni yuқtiradilar. Organizmda infekstiya kontakt yo’li bilan tarқalishi yoki limfogen, gematogen yo’llar bilan generalizastiyaga uchrashi mumkin.

Patogenezi. Infekstiyaga chalinish chlamydia trachomatis bakteriyalarini shilliқ pardalariga tushishi oқibatida kuzatiladi. Xla-mi-diyalar stilindrik ҳamda oraliқ epiteliyalarida parazitlik қila-dilar. Ҳujayralar yuzasiga xlamidiyalarning elementlar tanachalari tushadi, ular mikroorganizmning etilgan turi ҳisobla-na--di--lar va infekstiyaning tarқalishini ta’minlaydilar. Mikroorga-nizm--ning bu turi organizmdan tashқarida, xona ҳaroratida 24–36 soatgacha saқla-ni-shi mumkin, ular ultrabinafsha nurlari ta’siridan, dezinfek-stiya-lovchi vositalar ҳamda қaynatish oқibatida o’ladilar. Elementar tanachalar ҳujayralarda retikulyar tanachalarga aylana-di-lar va faol metabolizm bilan tezda ko’payadilar. Ҳujayralarda retikulyar tanacha-lar rivojlanib voyaga etadi, infekstiyaga chalingan ҳujayra o’ladi, yangi elementar tanachalar ajralib chiқadi. Bu jarayon 48–72 soat mobaynida kechadi va uzviy davom etadi.

Inkubastion davri 5–14 kun va undan ko’proқ.

Klinik ko’rinishi. Siydik-tanosil yo’llarida kuzatiladigan yalliғlanishlar, o’tkir osti va surunkali gonoreyali yalliғlanishdan kam farқ қiladi. Odatda, uretrada noxush ҳissiyot, achishish va қichishish kuzatiladi. Uretra teshigi biroz giperemiyalangan bo’lib, oz miқdorda shilimshiқ ajratma ajraydi. Ayollarda bachadon bo’yni va kanali yalliғlanishi xarakterlidir. Urogenital xlamidioz gono-reya singari siydik – tanosil tizimi bo’yicha tarқalishi va asoratlanishi mumkin.

Infekstiyaning ko’z shilliқ pardasiga tushishi natijasida kon’yuk-tivit rivojlanadi. Immunopatologik reakstiyali bemorlarda Reyter kasalligi (Morbus Reiter) reaktiv artrit, tugunchali eritema va boshқalar kuzatiladi. Uzoқ kechgan infekstiya bepushtlik, bo’ғimla-rning surunkali yalliғlanishi va boshқa tiklanmas asoratlar chaқi-radi. Reyter kasalligi klassik variantda kechganida uretritdan boshlanadi, unga bo’ғimlar yalliғlanishi va kon’yuktivit қo’shiladi. Terida toshmalar kuzatilishi mumkin. Kasallikka, asosan, yosh erkak-lar chalinadilar. Kasallik o’tkir yoki o’tkirosti boshlanib biron-bir simptomning ustunligi bilan kechadi. Kasallik қaytalashi mumkin, o’z vaқtida tashxis қo’yib davolanmasa, tiklanmas asoratlar chaқiri-shi mumkin.

Tashxis. 1.Bakterioskopik tekshiruv:

a) surtmani Romanovskiy-Gimza usulida bo’yash;

b) to’ғri immunoflyuorisstenstiya usuli (RIF) juda sezgir usul bo’lib, gipertashxis bo’lishi mumkin;

v) immun-peroksidaza usuli.

2. Bakteriologik tekshiruv: ajratmalarni tovuқ embrioni va ҳujayra kulturasida undirish usuli.

3. Serologik tekshiruvlar: bavosita immunoflyuoresstenstiya usuli. Zardob yoki sekretdan antitelolarni aniқlash.

4. Polimeraz zanjirli reakstiya (DNK tashxisi) ajratma yoki siydik tekshirilishi mumkin.


Differenstial – Faқat laborator usulda kasallik manbaini

tashxisi aniқlash bilan.

– Gonorrhoea.

– Trichomoniasis.

– Ureaplasmosis.

– Candidamycosis.

– Gardnerellosis.

– Venerik genezga ega bo’lmagan uretritlar.

So’rovnoma natijalari bo’icha KSbilan shuғullanuvchi ayollarni respublikada shartli ravishda қuydagi turlarga ajratish mumkin.

A. Ko’cha foxishalari.

B.Transport foxishalari (avto,temir yo’l stanstiyalari, bekatlar)

V. Xizmat ko’rsatish soxasi va mexmonxonalar foxishalari ( xammom, restoran, bar)

G.Tungi klub va diskotekalar foxishalari.

D. Yashirin pritonlar,massaj kabinetlari, salonlar foxishalari.

E Xorijga ishlovchi foxishalar

Agar uzoқ xorij mamlakatlarida ishlovchi KS bilan shuғullanuvchi ayollar yashirin guruxini xisobga olmasa, mexmonxona, yashirin priton( noқonuniy ishratxonalar) va massaj kabinetlarida ishlovchilar yaxshiroқ tashkillashtirilgan va daromadlisi xisoblanadi.Bunda bu gurux ma’lum tibbiy nazoratda bo’lib tashқi raқobat va zo’rlashlardan ximoyalangan.



Ushbu gurux JYBYuKlar va OITS dan ogoxlantirilib, ko’pchiligi ximoya vositalari bilan taminlangan.Biroқ ko’pchilik KS bilan shuғullanuvchi ayollar aytishicha ko’pchilik xollarda mijozlar prezervativdan foydalaishni ma’қul ko’rishmaydi, va prezervativsiz jinsiy aloқani xoxlashib o’zlarini agressiv tutishadi.

Ko’chada faoliyat ko’rsatuvchi KS bilan shuғullanuvchi ayollar eng yomon tashkillashtirilgan xisoblanadi.Bular asosan chekka rayonlardan kelgan ayollar bo’lib ma’lumoti past darajada. Ularning yoshi 18dan 35 yoshgacha
Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin