Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshayev O. R


Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə2/63
tarix20.09.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#145530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Toshkent tibbiyot akademiyasi

Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
«Vrach nazorati, shifobaxsh jismoniy tarbiya va fizioterpiya» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- Organizmning jismoniy ish bajarish qobiliyatini aniqlash usullarini, mustaqil ravishda somatoskopiya va antropometriyani o‘tkazishni, mustaqil funksional sinamalarni o‘tkazishi va olingan natijalar asosida yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv tizimlarni funksional holatlarini baholashni, yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv tizimlarning berilayotgan jismoniy yuklamalarga javob reaksiyalarini aniqlash va baholashni, sport inshootlarga bo‘lgan sanitar-gigiyenik talablarni, vrach-jismoniy tarbiya dispanserlarining turlari va tashkil etilishini, jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizmini, DJTni qo‘llash uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni, davolash jismoniy tarbiya vositalari va uning turlarini, davolovchi jismoniy tarbiyaning davolash usullarini, davolash jismoniy tarbiya shakllarini, davolovchi jismoniy tarbiyaning harakat tartibotlarini va davolovchi jismoniy tarbiyaning samaradorligini baholashni. Asosiy va yondosh kasalliklarni hisobga olgan holda davolash gimnastik mashqlar kompleksini tuzishni, DJT harakat tartiboti vazifalarini aniq belgilashni, DJTning vositalarini to‘g‘ri tanlashni, DJT xonasini jihozlashni, birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatishni, turli kasalliklarda fizioterapevtik muolajalarini to‘g‘ri tavsiya etishni, fizik muolajalarni optimal ta'sirini aniqlashni, bemorlarni shifomaskani kurortlarga tanlash va davolash masalalarini xal etishni, sanator-kurort kartalarni to‘ldirishni, fiziodavolashda va elektrojarohat holatidagi patologik reaksiya paytida birinchi yordam ko‘rsatishni, fizioterapevtik muolajalarni o‘tkazish tartibini, umumiy davolash tadbirlari bilan bir qatorda (dori-darmon, parhez, jarrohlik operatsiyalari va h.z.) maxsus fizioterapevtik usullarini belgilash va dozalasini aniqlashni bilishi kerak;
- Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy va funksional holatini baholash usullari, dispanzirizatsiya o‘tkazishda vrach nazoratining asosiy usullari, nafas va yurak-qon tomir tizimlarining organizmga ta'sir etayotgan jismoniy yuklamaga nisbatan bo‘ladigan javob reaksiyalari, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni tibbiy guruhlarga saralashlar, jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida jismoniy mashqlarning samaradorligini baholash usullari, asosiy, tayyorlov va maxsus tibbiy guruhlarida shug‘ullanish uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, sport inshoatlariga qo‘yilgan sanitar-gigienik talablarning bajarilishi va davolovchi jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari, jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizimi, DJTni qo‘llash uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, davolovchi jismoniy tarbiya vositalari va uning turlari, davolovchi jismoniy tarbiyasi davolash usullari, davolash jismoniy tarbiya shakllari, davolovchi jismoniy tarbiyaning harakat tartibotlari va davolovchi jismoniy tarbiyaning qo‘llanilish effektivligini baholash, turli kasalliklarni davolashda fizioterapevtik muolajalarni tanlashda umumiy va maxsus ko‘rsatma va mo'neliklarga rioya qilish, davolash muolajalar majmuasini tuzishda asosiy va yondosh kasalliklarni hisobga olish, normal va patologik holatlarda fizik omillarning xususiyatlarini va ularning organizmga ta'sir qilish mexanizmi, fizioapparatlarning ishlash prinsiplarini va texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish, sog‘lomlashtirish maqsadida fizioprofilaktik muolajalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
- Mustaqil tibbiy xulosa berish va vrach nazorti kartasini to‘ldirish, asosiy, tayyorlov va maxsus tibbiy guruhlari mashg‘ulotlarida shug‘ullanishga ruxsat berish uchun tibbiy ko‘rik turlarini va o‘tkazilish tartiblari, akademik guruhlarda va davolovchi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida vrach - pedagogik nazoratini o‘tkazish va shifokor nazorati xonasini jihozlash, organizmning jismoniy ish bajarish qobiliyatini aniqlash va usullarini o‘tkazish, somatoskopiya va antrepometriyani o‘tkazish, funksional sinamalarni o‘tkazish va olingan natijalar asosida yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv tizimlarini funksional holatlarini baholash, yurak-qon tomir, nafas va vegetativ nerv tizimlarni berilayotgan jismoniy yuklamalarga javob reaksiyalarini aniqlash va baholash, sport inshoatlarini sanitar-gigiyenik baholash va sport inventar normativlar, vrach-pedagogik nazoratini o‘tkazish va mashg‘ulotlarda (sporchilarda) qo‘llanilayotgan jismoniy yuklamalarning adekvatligini va effektivligini baholash, bemorlarga DJTni rejalash va to‘g‘ri tavsiya qilish, bemorlar bilan individual mashg‘ulotlar oborish, vrach-pedagogik nazoratini o‘tkazish, mashg‘ulotda qo‘llanilayotgan jismoniy yuklamalarning adekvatligini va effektivligini baholash, reabilitatsiya bosqichida poliklinika va shifoxonada DJT vazifalarini va harakat tartibotlarini aniqlash, fizik muolaja usullarini mustaqil bajarish, fizioterapevtik muolajalarga retseptlarni aniq va to‘g‘ri yozish, fizik apparatlarni muolajalarga tayyorlash, birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish malakalariga ega bo‘lishi kerak.



Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin