Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshayev O. R



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə4/63
tarix20.09.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#145530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Toshkent tibbiyot akademiyasi

Jismoniy rivojlanish. Jismoniy rivojlanganlikni antropometriya va somatoskopiya ma'lumotlariga asoslanib aniqlash va baholash usullari. Tana tuzilishi tiplari. Sport turiga saralash.
Jismoniy rivojlanganlikning antropometrik ko‘rsatkichlarini olish: spirometriya, dinamometriya, tana uzunligi va vaznini, ko‘krak qafasining aylanasini o‘lchash. Somatoskopiya ko‘rsatkichlarini olish : umurtqa pog‘onasi, qaddi-qomat, ko‘krak qafasi, oyoq, tovon shakllari. Kaliperometriya : tana vaznining tarkibiy qismini aniqlash (suyak, mushak va yog‘). Jismoniy rivojlanganlikning baholash usullari, ya'ni standartlar, korrelyasiya va indekslar haqida tushuncha berish. Antropometrik ko‘rsatkichlarini indekslar usuli yordamida Ketle, Pine, farqlash, hayotiy, Erisman va boshqalar, qo‘l va bel mushaklari indekslarini aniqlash. Olingan natijalarga asoslangan holda jismoniy rivojlanishni aniqlash.
Shifokor nazoratida qo‘llaniladigan funksional sinamalar. Yurak-qon tomir tizimini funksional sinamalari.
Muntazam shug‘ullanish natijasida organizmda kuzatiladigan funksional va morfologik o‘zgarishlar. Yurak-qon tomir tizimini funksional holatini baholashda qo‘llaniladigan sinamalar (Letunov va Martine sinamalarining o‘tkazilish tartibi). Sinamasini o‘tkazish va olingan natijalar asosida yurak-qon tomir tizimini funksional holatini baholash, javob reaksiya tiplarini aniqlash.
Nafas va vegetativ nerv tizimlarni
funksional sinamalari
Nafas tizimini funksional holatini baholashda qo‘llaniladigan Shtange, Gench, Serkin va Rozental sinamalarining o‘tkazilish tartibi va olingan natijalarni baholash. Vegetativ nerv tizimini funksional holatini baholashda qo‘llaniladigan ortostatik va klinoortostatik sinamalarining o‘tkazilish tartibi va olingan natijalarni baholash. Talabalar bilan Shtange, Genche va Serkin sinamalarini o‘tkazish va olingan natijalarni baholash.
Tashqi nafas olishning funksional holatini aniqlash
Tashqi nafas olishning ochiq va yopiq usullari haqida tushuncha. Tekshiriluvchidan olingan spirogramma yordamida nafasning minutlik hajmini, nafas olish sonini, nafasning o‘rtacha chuqurligini, o‘pkaning tiriklik sig‘imini, o‘pkaning maksimal ventilyasiyasini, maksimal nafas olganda nafaslar soni va chuqurligini, rezerv nafasni, kislorod hajmini aniqlash. Sportchilarda va jismoniy tarbiya bilan shug‘unlanganlardan olingan spirogrammalarni baholash.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin