Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshayev O. R



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə62/63
tarix20.09.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#145530
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Toshkent tibbiyot akademiyasi

TMI tekshirish mezonlari





O‘zlash-tirish %

Baholash

Talabaning bilim darajasi

1.

86 - 100

A'lo «5»

10 ta manbadan oshiq bo‘lgan internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan yuqori sifatli referatlar. Mavzusi to‘liq va har tomonlama ochib ko‘rsatilgan referatlar, matni mantiqiy ketma-ketlikda yozilgan, referatni tayyorlashda talaba eruditligini, bilimlarining chuqurliligini va savodxon ekanligini namoyish etdi. Referat chiroyli rasmiylashtirilgan. Mavzuni to‘liq ochib beruvchi 30 dan ortiq animatsiyali, zamonaviy ma'lumotlardan foydalangan, aniq va chiroyli slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar yuqori saviyada tayyorlangan, materiallar mantiqan to‘g‘ri yozilgan, sifatli, aniq va chiroyli rasmiylashtirilgan, barcha ma'lumotlarni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi.

2.

71 - 85

Yaxshi
«4»

3-5 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan referatlar. Referat chiroyli rasmiylashtirilgan, xatosiz, mantiqan to‘g‘ri yozilgan, mavzu to‘liq ochib berilgan. Mavzuni ochib beruvchi 15-20 ta bir turdagi animatsiyali, zamonaviy ma'lumotlardan foydalangan, bir ko‘rinishda rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar yuqori saviyada tayyorlangan, barcha ma'lumotlarni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi, biroq zerikarli rasmiylashtirilgan.

3.

55 - 70

Qoniqarli «3»

2-3 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib qoniqarli yozilgan referatlar. Referat chiroyli rasmiylashtirilgan, biroq xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzu yarim chala ochib berilgan. Mavzuning yarim mazmunini ochgan 10-15 ta bir xil turdagi animatsiyali, monitor rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar ma'lumotlarning yarimiini o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.

4.

0 - 54

Qoniqar-siz «2»

Referat yomon rasmiylashtirilgan, xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzuning mazmunini yarimidan kam qismini ochib bergan. 1-2 ta internet va adabiyotlar ma'lumotlaridan foydalanilgan. Mavzuning yarimidan kam qismini ochgan 10 dan kam bir xil turdagi animatsiyali, monitor rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar kam ma'lumotlarni o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.




Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin