Tasdiqlayman” O'quv ishlari bo'yicha prorektor S. Xodjaniyozov


O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ga binoan Milliy g‘oya fanini o‘qitishda o‘tkazilayotgan islohotlar



Yüklə 461,14 Kb.
səhifə4/100
tarix02.12.2023
ölçüsü461,14 Kb.
#170992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Tasdiqlayman” O\'quv ishlari bo\'yicha prorektor S. Xodjaniyozov-www.hozir.org

2. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ga binoan Milliy g‘oya fanini o‘qitishda o‘tkazilayotgan islohotlar.
Davlat o‘zining demokratik tamoyillariga asoslangan holda asta-sekin fuqarolik jamiyatiga o‘tishi jarayonida tub ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni boshidan kechiradi. Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari tamoyili, bir tomondan, kadrlar davlat siyosati, ikkinchidan, turmush tarzining ijtimoiy ongga ta’siri bilan bevosita bog‘liq. Fuqarolik jamiyati ta’kidlaganimizdek, huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli, insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, ko‘ppartiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi ta’minlanadigan hamda o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining mavqei baland bo‘lgan ijtimoiy tuzumdir.
YAngi avlod kadrlariga doir davlat siyosati va uning amaliy ijrosi, eng avvalo, sohani tubdan isloh qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini aniq belgilab olishni taqozo etadi. Bu O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hamda uning asosida qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» kabi me’yoriy-huquqiy hujjatlarda o‘zining huquqiy maqomiga ega bo‘ldi.
Bugungi kunda milliy g‘oyani o‘qitish borasida o‘tkazilayotgan islohotlarda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» alohida o‘rin tutadi va unga milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining tarkibiy qismi sifatida qaralmoqda. Zero, demokratik va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayoni ham shuni taqozo etadi. Prezident I.A.Karimovning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» asarida ta’lim tizimiga doir ko‘rsatmalar, ya’ni kadrlar tayyorlash bo‘yicha berilgan ijtimoiy buyurtma «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun bilan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da rivojlantirilib, mantiqiy uzviy yaxlitlikning bir butun mushtarak mundarijasini ifoda etib, ta’lim sohasidagi davlat siyosatida ham u o‘z ifodasini topdi. Ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur qonun va dasturda fuqarolar, yoshlar, jumladan, bakalavr va magistrlarga ta’lim-tarbiya berish, ularni kasb-hunarga o‘rgatishning huquqiy asoslari, kadrlar tayyorlash milliy modelini ruyobga chiqarishning asosiy tamoyillari belgilab berildi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunning 3-moddasida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari mustahkamlandi: 1) ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; 2) ta’limning uzluksizligi va izchilligi; 3) davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; 4) ta’lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; 5) bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish; 6) ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish1.

Yüklə 461,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin