Tasdiqlayman” O'quv ishlari bo'yicha prorektor S. Xodjaniyozov


- An’anaviy (bosma) o‘quv adabiyotlar -



Yüklə 461,14 Kb.
səhifə7/100
tarix02.12.2023
ölçüsü461,14 Kb.
#170992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   100
Tasdiqlayman” O\'quv ishlari bo\'yicha prorektor S. Xodjaniyozov-www.hozir.org

- An’anaviy (bosma) o‘quv adabiyotlar - ta’lim oluvchilarning yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlari, ma’lumotlar hajmi, shriftlari, qog‘oz sifati, muqova turi va boshqa ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda qog‘ozda chop etiladigan manba;
- Elektron o‘quv adabiyotlar - zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo‘lgan manba.
Prezident I.A.Karimov 1997 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi IX sessiyasida so‘zlagan nutqida ushbu masalaga alohida to‘xtalib, shunday degan edi: «Xalqimizga ayonki, ta’lim darslikdan boshlanadi. Achchiq bo‘lsa ham tan olishga majburmiz: deyarli barcha sohada darsliklarimiz ahvoli bugungi va ertangi kun talablari darajasida emas. Biz darslik yaratishga eng ilg‘or va eng sharafli vazifa sifatida qarashimiz, yaxshi darslik yaratgan odamlarni boshimizga ko‘tarishimiz kerak. Darslikni, agar kerak bo‘lsa, katta tanlov asosida yaratishimiz lozim»2.
"Ta`lim to’g’risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" asosida ta`lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan tub islohotlarning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
1.Ta`lim mazmuni, tizimini isloh qilish;
2.Ta`lim-tarbiya boshqaruvini isloh qilish;
3.Ta`limning bozor iqtisodiyotiga asoslangan mexanizmini yaratish;
4.Ota-ona, o’qituvchi-o’quvchining ta`lim jarayoniga bo’lgan yangicha qarashlarini shakllantirish
5.Bu tub islohotlarning bosh harakatlantiruvchi kuchi - yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
Dars jarayonida, ta`lim-tarbiyada o’quvchi asosiy harakatlantiruchi kuch, ta`lim jarayonining sub`ekti bo’lishi kerak, ya`ni o’qish, o’rganish, muomala qilish o’quvchi zimmasiga o’tishi kerak. O’qituvchining vazifasi esa o’qitishdan o’qishni o’rgatishga, bilimi berishdan o’quvchilarning bilimlarini mustaqil egallashlariga ko’maqlashishdan iborat bo’lishi kerak. U o’quvchida ehtiyoj tug’dirish, muhit yaratish va uni mas`uliyatni his qilishga yo’llashi kerak. Har bir dars oldiga ta`limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi, bir-biri bilan bog’lik maqsadlar qo’yiladi. Bunga erishish uchun o’qituvchi rahnamoligida o’quvchilar bilan birgalikda harakat qilinadi. Bu jarayonni didaktikada "o’quv jarayoni" deyiladi.

Yüklə 461,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin