Xususan, darsliklar ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari bo‘lmish: ta’lim bilan tarbiyaning insonparvarligi, demokratik xarakterda ekanligi, ta’limning uzluksizligi va uzviyligi, ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi to‘g‘risidagi printsplariga asoslangan bo‘lishi lozim.
Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari uchun yozilgan Milliy g‘oya darsligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 16 oktyabrdagi 400-sonli qarori bilan hamda oliy o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’atining 2001 yil 3 avgust 7/3- sonli qarori bilan tasdiqlangan ta’lim standarti asosida yozilgan.
1. A.Ibrohimov, X.Sultonov, N.Jo‘raev qalamiga mansub «Vatan tuyg‘usi» qo‘llanmasi (T., «O‘zbekiston», 1996) 5-6 sinflar uchun mo‘ljallangan bo‘lib uch qismdan, 10 bobdan iborat. 5-6 sinflar uchun barcha ma’lumotlar etarli.
2. S.Nishonova, O.Musurmonova, M.Qarshiboev muallifligidagi 7- sinflar uchun «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» o‘quv qo‘llanmasi (T., «Ma’naviyat», 2002) 16 fasldan iborat. Milliy g‘oyaga 8 ta mavzu berilgan.
3. M.Qarshiboev, S.Nishonova, O.Musurmonova tomonidan tayyorlangan 8- sinflar uchun «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» o‘quv qo‘llanmasi (T., «Ma’naviyat», 2002) XVI fasldan iborat. Milliy g‘oyaga 9 ta mavzu ajratilgan.
4. O.Musurmonova, M.Karshiboev muallifligida yaratilgan 9-sinflar uchun «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» o‘quv qo‘llanmasi (T., «Ma’naviyat», 2003) 19 fasldan iborat. Milliy g‘oyaga 8 ta mavzu berilgan.
5. X.Sultonov rahbarligidagi ijodiy guruh tomonidan X-XI sinflar uchun mo‘ljallangan «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» o‘quv qo‘llanmasi (T., «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2004) uch qism va 28 mavzudan iborat.
6. X.Sultonov rahbarligidagi ijodiy guruh tomonidan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun yaratilgan «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» o‘quv qo‘llanmasi (T., «YAngi asr avlodi» , 2001) 12 ta nazariy va 12 ta amaliy mashg‘ulotdan iborat bo‘lib milliy istiqlol g‘oyasi bo‘yicha asosiy masalalarni qamrab olgan.
7. X.Sultonov rahbarligidagi ijodiy guruh tomonidan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun tayyorlangan «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» darsligi (T., «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» , 2003) uch qism 13 ta nazariy, 12 ta amaliy, 2 ta qo‘shimcha va ixtiyoriy mavzular hamda asosiy tushuncha va atamalarning qisqacha lug‘atidan iborat.
8. Q.Nazarov rahbarligida ijodiy guruh tomonidan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun yaratilgan «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» o‘quv qo‘llanmasi (T., «Faylasuflar milliy jamiyati» , 2003,2009, 2010) 14 ta nazariy va 12 ta amaliy mashg‘ulotdan iborat bo‘lib milliy istiqlol g‘oyasi bo‘yicha asosiy masalalarni qamrab olgan.