Tasdiqlayman” O'quv ishlari bo'yicha prorektor S. Xodjaniyozov


Darsliklar quyidagi vazifalarni bajaradi



Yüklə 461,14 Kb.
səhifə11/100
tarix02.12.2023
ölçüsü461,14 Kb.
#170992
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100
Tasdiqlayman” O\'quv ishlari bo\'yicha prorektor S. Xodjaniyozov-www.hozir.org

Darsliklar quyidagi vazifalarni bajaradi:
  • motivatsion vazifa - bu vazifa o‘quvchilarni ushbu fanni o‘rganishga yo‘naltiradigan, ularda ishga pozitiv munosabati va qiziqishini shakllantiruvchi rag‘bat (sabab)larni hosil qilishdan iborat;


  • axborot vazifasi o‘quvchilarga axborotlarni etkazish, samarali usullar yordamida ularning bilimlari o‘ajmini kengaytirishga imkon beradi;


  • nazorat-tuzatish (mashq qilish) vazifasi – ta’lim jarayoni, uning natijalarini tekshirish, o‘quvchilarda o‘zini baholash va tuzatish layoqati hamda zarur bo‘lgan ko‘nikma, malakalarni shakllantirish uchun o‘rganish mashqlarini tavsiya etishni nazarda tutadi.



  • muvofiqlashtirish vazifasi -material ustida ishlash jarayonida ta’limning boshqa vositalari (haritalar, ko‘rgazmali materiallar, diapozitiv va boshqalar)ni jalb etishni ifodalaydi;


  • rivojlantiruvchi -tarbiyalovchi vazifasi - darslik mazmunining o‘quvchilarga ma’naviy-axloqiy ta’sir ko‘rsatishi, kitoblar bilan ishlash jarayonida ulardan mehnatsevarlik, faol fikrlash, ijodiy qobiliyat kabi sifatlarni shakllantirishdan iborat;


  • o‘qitish vazifasi - darslik bilan ishlashda mustaqil bilim olish uchun zarur bo‘lgan konpekt yozish, umumlashtirish, asosiysini ajratib ko‘rsatish, mantiqiy eslab qolish kabi malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam berishida ko‘zga tashlanadi.





  • Elektron darslik - kompyuter texnologiyasiga asoslangan o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o‘quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan bo‘lib:
  • - o‘quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklda;


  • - o‘quv materiallar verbal (matn) va ikki o‘lchamli grafik shaklda;


  • - multimedia (multimedia - ko‘p axborotli) qo‘llanmalar, ya’ni ma’lumot uch o‘lchamli grafik ko‘rinishda, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklda;


  • taktil (his qilinuvchi, seziladigan) xususiyatli, o‘quvchini “ekran olamida” stereo nusxasi tasvirlangan real olamga kirishi va undagi ob’ektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi.





Yüklə 461,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin