Tayanch so’zlar: Ish reja ,dars,huquqiy tushunchalar.
5-6 -Mavzu: Huquq o‘qitish metodlari va klassifikatsiyasi. Zamonaviy huquq o‘qituvchisiga qo‘yiladigan talablar.
REJA:
Ko‘rsatmali metod tushunchasi, uning o‘ziga xos xususiyatlari.
Og‘zaki metod tushunchasi. Og‘zaki metodning shakllari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
O‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar. O‘qituvchining shaxsiy xususiyatlari
Darsni tashkil etish kasbiy mahorati.
Dars va darsdan tashkari ishlarda o‘quvchilarni tarbiyalashda o‘qituvchisining faoliyati.
O‘qitish usullari quyidagi turlarga bo‘linadi
1. O‘qitishning ogzaki usullari.
2. O‘qitishning ko‘rgazmali usullari.
3. O‘qitishning amaliy usullari.
4. O‘qitishning muammoli - izlanish va reproduktiv usuli.
5. O‘qitishning induktiv va deduktiv usuli.
6. Mustaqil ish usullari.
7. O‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarini rag‘batlantirish va asoslash usuli.
8. O‘qitishda nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish usuli.
9. Kitob bilan ishlash usuli.
10. Interaktiv usullar.
Ko‘rsatmali metod-o‘quvchilar huquqiy bilimlarining muxim manbai.
Ko‘rsatmali qurollar bilan ishlash usullari. Huquqiy ta’limning texnika vositalari. Og‘zaki metodga qo‘yilgan talablar va ularning dars ta’lim-tarbiyaviy vazifalariga mosligi.
Ko‘rgazmalilik — O‘quvchilarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda,huquq ta’lim samaradorligini oshirishda muhim ijtimoiy pedagogik tamoyillaridan biridir. CHunki ko‘rgazmalilik huquqiy ta’limning ta’sirchanligi, tushunarli, obrazli bo‘lishiga xizmat qiladi.
O‘qitishning kurgazmali usullari ikki turda bo‘ladi:
1.Aslicha kursatilishi mumkin bo‘lgan buyum va narsalar: usimliklar va ularning tarkibi, xayvonlar, ma’danlar, kolleksiyalar, asbob va mashinalar, modellar va xokazo.
2.Tasviriy kurgazmali materiallar. Tasviriy-kurgazmali materiallar ham mazmuni va tuzilish shakliga karab ikki turga bo‘linadi:
a) buyum, narsa, xodisa va vokealarning tasvirini ifodalovchi materiallar-rasm, surat fotosurat, diafilm, kinofilmlar va xokazo;
b) buyum, narsa, xodisa va vokealarning biror shartli belgisi orqali ifodalangan simvolik va sxematik tasviriy materiallar - jugrofiya va tarix kartalari, chizmalar, jadvallar va diagrammalar.
Tasviriy-kurgazmali materiallarning xar ikkala turi - illyustratsiya materiallari deb ham yuritiladi.
Ko‘rgazmali vositalarda huquqiy bilimlarning talqini beriladi. Ko‘rgazmali vositalar (surat, plakat, reklama roliklari, kompyuter imitatsion modeli (animatsiya) va boshqalar) kechayu-kunduz, yozu-qish “ishlaydi”..
O‘quv yurtlari ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga kiritilgan fanlar darsliklar o‘quv jarayonida o‘quvchi yoshlarga huquqiy bilimlarni sistemali ravishda olish uchun imkoniyat yaratadi. Bu esa o‘quvchi yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirib, ularni honunga bo‘lgan hurmatini oshiradi va qonun ustuvorligini ta’minlashdaijobiy rol o‘ynaydi.
Mustaqillik yillarida Qonunchilik va huquq sohasida erishilgan yutuqlarni auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda targ‘ibot-tashviqot qilish orqali o‘quvchi yoshlarni qonunni bilishga,insonn huquqlarini himoya qilishga, milliy qonunchiligimizning umuminsoniy qonun normalari bilan uyg‘unligini anglash imkoniyatlari namoyon qilinadi.
Multimediali elektron qo‘llanma ko‘rinishida huquqiy bilimlarni chuqur egallashda huquq sohasida erishilgan yutuqlar va qonunchiligimizning muhim xususiyatlari hamda ushbu sohadagi islohotlarni ekran orqali ko‘rsatish, tushuntirish o‘quvchilavrning huquqiy ongi va madangiyatini yuksakltirishga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
|