Huquq ta’limi darslariga qo‘yiladigan didaktik talablar
O‘qituvchi huquq ta’limi darslarini o‘qitishda u yoki bu metod va usullarni, didaktik vositalarni qo‘llash zarurati va samaradorligini farqlay olishi kerak bo‘ladi.
Metodlarni tanlashda har bir yangi mavzu buyicha qo‘yidagilar inobatga olinadi: metodlarning tarbiyaviy samara berayotganligi: didaktik maqsadga sifatli erishayotganligi, ma’naviyat asoslari va bugungi dunyoning voqealariga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirayotganligi ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bog‘lash orqali amalga oshiriladi.
Huquq ta’limi darslarini o‘quvchi va talabalarga tushunarli, va aniq qilib etkazib berish uchun bir necha didaktik talablar qo‘yiladi.
Masalan: ongli ta’lim, ilmiylik, kursatmalilik, o‘quvchilarni bilish imkoniyati va yosh psixologik xususiyatlari, uzviylik va uzliksizlik, huquq darslarini zamon bilan bog‘lash.
O‘qitish jarayonida ongli ta’lim talabi o‘quvchilarda tafakkur va nutqni rivojlantirishni nazarda tutadi.Onglilik va faollik qoidasi o‘quvchilarni mehnat va o‘qishda ijodiy faoliyat usullariga o‘rgatishni talab etadi.
Ilmiylik ta’limning didaktik masalalarini belgilashda fanning abstraksiya pog‘onalaridan to‘g‘ri foydalanish hisobiga erishiladi. O‘qitish nazariyasi va o‘quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish texnikasini doimiy ravishda rivojlantirish shart. SHundagina zamonaviy ta’lim to‘g‘risida ijobiy fikrlar aytish mumkin bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida ta’lim-tarbiya jarayonini uzluksiz tadqiq qilishni, uning natijalarini amaliyotda qo‘llash zarurligini ko‘zda tutadi.
Ta’limning ilmiyligi qoidasi o‘quvchining o‘quv materialidagi qonuniyatlarni aks ettirishi, tushunishi va o‘zlashtirishi uchun to‘g‘ri sharoit yaratish maqsadida zarurdir.
Didaktikaning ilmiylik qoidasi maktab ta’limining mazmunigagina alokador bo‘lib kolmay, o‘qitish usullariga ham alokadordir. U ta’lim jarayonida fan-texnika yutuklaridan foydalana oladigan o‘qitish usullarini takomillashtirishni ham talab qiladi.
Xozirgi zamon didaktikasi o‘qitishda xususiydan umumiyga karab borishni talab kiluvchi klassik qoidaga o‘zgartirishlar kiritdi.
Huquq ta’limi fanini o‘qitishda didaktik jarayon - bu o‘quvchi-talabalarning bilish faoliyatini mavzu bo‘yicha belgilangan maqsadga mos holda tanlangan o‘qitish usullari yordamida tashkil etish demakdir. O‘qitish metodlari o‘z mohiyati va mazmuniga ko‘ra ma’lum pedagogik texnologiyaga asoslangan hamda muayyan tasnifga ega bo‘ladi. Uning samaradorligi haqida fikr yuritilganda o‘qitish jarayonini izga solib, uni maqsadli yo‘naltira oladigan, o‘qituvchi va talabaning o‘zaro faoliyatini ta’minlash asosida maktab (kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari) oldiga qo‘yilayotgan maqsadga nechog‘li erishilayotganini ko‘zda tutish kerak.
Didaktik jarayon u yoki bu texnik vositalardan ta’lim mazmuniga mos holda uzluksiz qo‘llashni taqozo etgan. Bu yo‘nalish Pedagogik texnologiyaning mavjudlik shartlaridan biridir.