Tasdiqlayman” O'quv ishlari bo'yicha prorektor S. Xodjaniyozov



Yüklə 461,14 Kb.
səhifə98/100
tarix02.12.2023
ölçüsü461,14 Kb.
#170992
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
Tasdiqlayman” O\'quv ishlari bo\'yicha prorektor S. Xodjaniyozov-www.hozir.org

Ta’limni baholash - pedagoglar tomonidan baholash va ta’lim jarayonida erishilgan natijalarni o‘quvchilarning o‘zlari baholashlarini joriy etish; chetga og‘ish aniqlanganda ularning sabablarini aniqlash, ko‘nikmalar va bilimlarda topilgan kamchiliklarni to‘lg‘azish, rejalashtirilgan yangi vazifalarni loyihalashni ham nazarda tutadi.
Ta’limning jamoa usuli (jamoa ta’limi) — o’quvchilarning bir-birini o’qitish shakli. Har bir o’quvchiga yangi dars mavzusi bo’yicha bir varaqdan kam bo’lmagan hajmdagi ilmiy matn yoki maqolani qayta so’zlab berish va hamma savollarga javob bera olish darajasida o’rganish topshiriladi. Har bir o’quvchi navbatma-navbat bir necha o’quvchi bilan bittadan abzastni, misolni, savolni o’zaro muhokama qilib, o’zlashtiradi.So’ngra kichik guruh yoki butun sinf oldida so’zlab beradilar yoki o’qituvchining savollariga javob beradilar, yozma bayon qilishlari ham mumkin. Bu usulni qo’llash jarayonida yakka va guruhli ta’lim shakllari ham amalga oshiriladi.
Texnolog — biror texnologiya mutaxassisi.
Texnologiya biror ishda, mahoratda, san’atda qo’llanadigan yo’llar, usullar majmuasi.
Trener — ma’lum yo’nalishda ta’lim olish, mashqlar bajarish bo’yicha trening mashg’ulotlarini olib borish (rahbarlik qilish) uchun maxsus tayyorgarlikka ega mutaxassis.
Trening — ma’lum yo’nalishda ta’lim olish, mashqlar bajarish bo’yicha trenerlar tomonidan (rahbarligida) o’tkaziladigan mashg’ulotlar.
Tushunish (I) tafakkur jarayoni, yangi mazmunni o’zlashtirish va uni mavjud fan hamda tasavvurlar tizimiga qo’shish. Ilmiy bilishning asosiy funksiyalaridan biri.
Tushunish (II) — ma’lum namuna, standart, me’yor yoki tamoyil asosida baholash jarayoni va natijasi.Tushunishga yordam beruvchi izohlash — baholash standartini izlash va uni muhokama qilinayotgan masalaga muvofiq, kelishini asoslashdan iborat.Tabiatni tushunish uning hodisalariga unda nimalar ro’y berishi lozimligi nuqtai nazaridan, ya’ni narsa va hodisalarning me’yoriyligi yoki tabiiyligi xussisidagi ilgarigi tasavvurlarni bilish tajribasiga tayanadigan o’rnatilgan nuqtai nazardan kelib chiqadigan baho berishdan iborat.
Tushuntirish — ilm-fanning eng asosiy vazifasi.Atrof- muhitdagi voqea-hodisalarni tushuntirishning dastlab mifologik, diniy, naturfilosofiya tizimlari paydo bo’lgan. Hozir tushuntirishning quyidagishakllari mavjud:
Tushuncha narsa va hodisalar, ularning xossalari, ular orasidagi munosabatlarni aks ettiruhchi fikrlar.Ilmiy tushunchada mohiyatni fodalavchi alohida belgilar umumlashtiriladi.Har bir tushunchaning mazmuni va hajmi bo’ladi.
Uslub biror narsa, hodisa, jarayonni o’rganish yoki amalga oshirish uchun qo’llash lozim bo’lgan usullar majmuasi.
Uslubiyot – pedagogika soxasidagi tarixan tarkib topgan va aniqlangan atama, tushuncha va qonuniyatlardan foydalanib, didaktika tamoyillariga asoslangan holda ta’lim va tarbiya berishning usul va uslubiyotini yaratuvchi va ularni boshqalarga o‘rgatuvchi ilm-fan tarmog‘idir.
Usul — biror narsa, hodisa, jarayonni o’rganish yoki amalga oshirish tartibi.

Yüklə 461,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin