Tasdiqlayman” O'quv ishlari bo'yicha prorektor S. Xodjaniyozov



Yüklə 461,14 Kb.
səhifə55/100
tarix02.12.2023
ölçüsü461,14 Kb.
#170992
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   100
Tasdiqlayman” O\'quv ishlari bo\'yicha prorektor S. Xodjaniyozov-www.hozir.org

Ta’limning tizimli bo‘lishi uning izchil bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Izchillikka asoslangan ta’limning xarakterli belgisi shundaki, u o‘quvchilarning oldindan o‘zlashtirgan bilim va malakalari zaminida yangi bilim, kunikma va malakalar xosil qiladi.
Tizimlilik va izchillik o‘quvchilarda xar qaysi o‘quv fanlarining bir-biri bilan o‘zviy bog‘liq bo‘lishini kursatishda ham muhim ahamiyatga ega.
Tizimlilik va izchillik qoidalari o‘zaro bog‘liq bo‘lgan aloxida o‘quv fanlarini hamda kundalik o‘quv materiallarini mantiqiy jihatdan bir-biriga mustahkam bog‘liq holda va muayyan bir tartibda o‘qitish hamda ta’lim jarayonida o‘quvchilarni tizimli ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirib olishlarini ta’minlaydi.
Ta’lim-tarbiyaning birligi ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish va o‘qitishning xilma-xil usul va uslublaridan foydalana olishga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Ayniksa, ta’lim bilan tarbiyaning birligini ta’minlamok uchun:
  • bayon kilinayotgan o‘quv materiallarining mazmuni ham ilmiy, ham g‘oyaviy jihatdan to‘g‘ri tashkil qilinishi;


  • o‘qitilayotgan mavzuning ilmiy va tarbiyaviy mohiyati ochib berilishi, ta’lim jarayonida hadislardan foydalanish imkoniyatini yaratilishi;


  • bayon kilinayotgan ilmiy bilimlarning puxta va mustaxkam o‘zlashtirilishi va turmushda unga amal kilinishi;


  • ta’limda muammoli jarayonni vujudga keltirish, o‘quvchilarning qizikishlari, aktivlik va tashabbuskorliklarini ta’minlashga e’tiborning kuchaytirilishi.


  • ta’lim jarayonida o‘quvchilarning uyushqoqlik, intizomlilik va javobgarlikni sezish, o‘zaro yordam xislarini tarbiyalashni ta’minlamok zarur.




Ta’lim jarayonida nazariya bilan amaliyotning birligi qoidasining izchillik bilan amalga oshirilishi okibatidagina o‘quvchilar o‘quv materialining tub moxiyatini, tabiat va jamiyat tarakkiyoti qonuniyatlarini ilmiy asosda atroflicha to‘g‘ri, chukur tushunib oladilar va kelajak amaliy faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan maxorat, kunikma va malakalar xosil qiladilar.

Yüklə 461,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin