3. O‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar. O‘qituvchining shaxsiy xususiyatlari 4. Darsni tashkil etish kasbiy mahorati. 5. Dars va darsdan tashkari ishlarda o‘quvchilarni tarbiyalashda o‘qituvchisining faoliyati. “Huquq ta’limi ”o‘qituvchisining metodik tayyorgarligi deyilganda biz buni ilmiy dunyoqarash asosida fanlarni o‘qitish metodikasini umumiy pedagogik-psixologik va ijtimoiy tayyorgarlik bilan uzviy bog‘lanishda tayyorlanishni tushunamiz. Bunday tayyorlanish vazifasiga “Huquq ta’limi fani sohasida ma’lum bilim va o‘quvlarni egallash va bolalarni o‘qitish orqali tarbiyalashni o‘zlashtirishi kiradi.
Huquq ta’limi fani ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini nazariy va amaliy bilimlar tizimi asosidagina hal etishi mumkin. Bu ilmiy
dunyoqarash, psixologiya, pedagogika, didaktika, falsafa, demokratik jamiyat qurish, ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish nazariyasini (ma’naviyat asoslarini didaktikasi) o‘z ichiga oladi. Biroq birgina nazariy bilimlarning o‘zi etarli emas. O‘qitishning ma’lum mazmuni va
o‘qituvchilarning aqliy faoliyati saviyasi bilan ta’sirlanadigan u yoki bu
o‘quv yo‘nalishi uchun eng yaroqli usullarini va qo‘llay bilish darsga
tayyorlanishda yoki darsning o‘zida yuzaga keladigan aniq metodik
vazifalarni xal etishni bilishi zarur.
Har bir o‘qituvchida bo‘lishi va bilishi kerak bo‘lgan muhim me’yoriy hujjatlar: «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni;