Tasdiqlayman” O'quv ishlari bo'yicha prorektor S. Xodjaniyozov


O‘quv-tarbiya jarayoniga bo‘lgan yondashuvlarni shartli ravishda uch turga ajratish mumkin: izohli-tasvirli, ijodiy va texnologik



Yüklə 461,14 Kb.
səhifə66/100
tarix02.12.2023
ölçüsü461,14 Kb.
#170992
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   100
Tasdiqlayman” O\'quv ishlari bo\'yicha prorektor S. Xodjaniyozov-www.hozir.org

O‘quv-tarbiya jarayoniga bo‘lgan yondashuvlarni shartli ravishda uch turga ajratish mumkin: izohli-tasvirli, ijodiy va texnologik.
Izohli-tasvirli yondashuv «an’anaviy» texnologiya hisoblanib bugungi kunda ham auditoriyada ustuvorlik kasb etib turibdi. Uning zamirida «o‘qituvchi-talaba» qonuniyati yotadi, ya’ni o‘qituvchi tomonidan tayyor bilimlar talaba uchun kerakmi, yo‘qmi, uning faolligi aniqlanmasdan uzatilaveradi.
O‘qitish natijalari oldindan qayd etilmaydi. Bu yondashuvda ta’limning «insonparvar, demokratik» xarakteriga birmuncha putur etadi. Sababi 45 daqiqalik (yoki 80 daqiqalik) dars-ma’ruza davomida o‘qituvchi jarayonning yagona «hukmdori» - sub’ekti bo‘lib qolaveradi. «Talaba – o‘qituvchi» tizimi ishlamaydi, ya’ni teskari aloqaga o‘rin (vaqt) ajratilmaydi. Natijada “tajribali pedagog faoliyatida ham an’anaviy metodika kafolatlangan samarali o‘qitishni tizimli va maqsadga yo‘naltirilgan tarzda qurishga imkoniyat bermaydi.”6
Ijodiy yondashuv asosida mashg‘ulotni tashkil etish birmuncha samarali hisoblanib talabani ijodkorlikka, faollikka undaydi, uning faoliyati ijodiy tus oladi. Pedagog o‘quv faoliyatini demokratik tarzda rag‘batlantirish asosida boshqaradi. Talaba shaxsi tadqiqotchilik mavqeini egallaydi. SHubhasiz, buning uchun pedagog og‘irlik markazini frontal (yalpi) ishlar shaklidan individual (yakka) shakllariga o‘tkazish imkoniyatlarini qidiradi. Aniqrog‘i, o‘z ilmiy maktabiga (labaratoriyasiga) ega bo‘lgan pedagog-olim talabalarni ijodiy hamkorlikka chorlaydi, o‘z fanining yuqori abstraksiya pog‘anasi (ilmiy til)da mavzularni o‘rganishga da’vat etadi. Afsuski, ijodiy yondashuv asosida barcha guruh talabalari bilan mashg‘ulot olib borishning iloji yo‘q, chunki ularni o‘zlashtirish faoliyati darajalari turlicha - nomahsul va mahsuldor faoliyatdan iborat bo‘ladi. Demak, bu yondashuv talabaning qobiliyatini, moyilligini va qiziqishini ilmiy asosda aniqlashtirishni va hisobga olishni taqazo etadi.
Texnologik yondashuv yuqoridagi yondashuvlardan farqli o‘laroq ta’lim taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi sifatida bugun amaliyotga tezkor kirib kelyapti, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining hozirgi sifat bosqichida o‘quv-tarbiyaviy jarayon modelini loyihalashtirmoqda.
O‘qitish jarayonidagi usullar, metodlar, shakllar va boshqalar mantiqiy texnologik zanjirga birikishib yaxlit texnologik jarayonni – pedagogik texnologiyani tashkil etishadi.

Yüklə 461,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin