Tasdiqlayman” O'quv ishlari bo'yicha prorektor S. Xodjaniyozov


Darsni utishdan oldin ukituvchi ish rejasini tuzadi



Yüklə 461,14 Kb.
səhifə64/100
tarix02.12.2023
ölçüsü461,14 Kb.
#170992
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   100
Tasdiqlayman” O\'quv ishlari bo\'yicha prorektor S. Xodjaniyozov-www.hozir.org

Darsni utishdan oldin ukituvchi ish rejasini tuzadi. Ma’lumki xar bir soxaning ukuv rejasi asosida ukuv dasturi tuzilgan. SHu dastur ukuv yiliga ukituv ish rejasi tuzishda asos kilib olinadi. Ukituvchi dasturdan kelib chikkan xolda kalendar reja tuzadi. Unda mavzular soatlarga bulib chikiladi va dars utish vakti, xajmi, turi kursatiladi.
Ukituvchilar ish rejasiga kushimcha metodik karta xam tuzishlari mumkin. Unda darsning mavzusi, maksadi, dars utish usuli, foydalanadigan adabiyotlar va texnik vositalari, darsni yakunlash metodi kursatiladi. Metodik karta tuzish uchun ukituvchi puxta tayyorgarlik kurishi, unga kiritilgan ma’lumotlarni yaxshi bilishi, barcha ukituv vositalarini utiladigan mavzu bilan boglashi kerak.
Metodik kartalarda mavzular kismlarga bulinib chikiladi, xar bir ma’ruza mavzulari buyicha savollar tuziladi, uy vazifalari, foydalanadigan adabiyotlar yoki kurgazmali kurollar, mustakil ish mavzulari, ma’ruza soatlari, uzlashtirishni tekshirib turish metodlari aniklanadi. Ukituvchi mavzularni tasvirlab beradigan sxemalar va diagrammalardan foydalanishi mumkin.
O‘quvchilarga «Huquq ta’limi» darsliklaridan, Prezident asarlaridan, faylasuf olimlarning kitoblaridan, yangi adabiiyotlardan foydalanishni tavsiya etib, ularning tulik nomi va mualifini kursatish xam maksadga muvofikdir.
Ukituvchi darsga ukituv xujjatlarini xam tayyorlaydi. Utilayotgan mavzuning tarbiyaviy aspektini aniklash uchun ukituvchi nazariy manbalarga murojat kilishi kerak. Masalan, «Mustakillik asoslari. Xukukiy davlat tushunchasi», «Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senat va Konunchilik palatalari tugrisida» mavzular utilganda Prezident asarlaridan, davlat va xukuk nazariyasi, Konun yangiliklari, Oliy Majlis sessiyasi xujjatlari, xukukiy davlat belgilariga bagishlangan adabiyotlardan foydalanish, ularning ayrimlarini tinglovchilarga tavsiya etish mumkin.
Darsni tashkil etishda o‘qituvchining kasbiy mahorati qo‘yidagilarda ko‘ga tashlanadi:
1. O‘qituvchining o‘quv xonasi yoki sinf xonasining dars o‘tishga tayyorgarlik holatini aniqlashi, bilishi (sanitariya-gigiena holati, dars jihozlari);
2. O‘qituvchining dars mavzusi va uning ta’limiy, tarbiyaviy maqsadini to‘g‘ri belgilab olishi;
3. O‘qituvchining mazkur darsga ilmiy-metodik va pedagogik jihatdan tayyorlanganligi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalana olishi;
4. O‘qituvchining etaplaridan to‘g‘ri foydalanishi;
5. O‘qituvchining o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishida pedagogik jihatdan namunali shaxs darajasiga ko‘tarila olganligi;
6. O‘quvchilar bilimiga qo‘yiladigan bahoning adolatli bo‘lishiga erishishi;
7. O‘quvchilarning o‘qituvchi darsiga munosabati va hurmat bilan qarashiga erisha olishi;
8. O‘qituvchining darsdagi rahbarlik, notiqlik, artistlik roli va ish uslubi;
9. O‘qituvchining dars davomida ta’limni tarbiya bilan bog‘lash mahorati;
10. O‘qituvchining darsdagi ta’limiy va tarbiyaviy maqsadiga to‘liq erisha olganligi;
Utmishdan ma`lumki, mutafakkirlarimiz ta`lim-tarbiya masalasiga ko’p e`tiborni qaratganlar. Masalan: Sa`diy ta`lim-tarbiyada muallimning talabchanligi, bilimi va tarbiya berishda qattiqqo’l bo’lishning tarafdori edi.
A.Navoiy yoshlarga chuqur bilim berishda muallimlar, madrasa mudarrislarining bilimli, fozil va dono, kamtar, ma`naviy pok bo’lishlarini talab etadi.
Hozirgi davrda xalq hunarmandchiligi tiklanayotgan bir sharoitda hunarmandlar sulolasining qayta tiklanishi, Davoniy fikrining asosli ekanligini ko’rsatadi.
Taniqli xitoy donishmandi Konfutsiy o’qituvchining asosiy vazifasi nafaqat bilim berish, balki ma`lum emotsional munosabat hosil qilish, shundagina bilim faol ravishda idrok etiladi, deb ta`kidlagan.
Haqiqatan o’qituvchi bolalar bilan munosabatda bo’lishda uning talablariga rioya qilishi darkor, ularni hurmat qilishi, ularga ishonishi kerak, chunki o’qituvchining o’zi tarbiya tamoyilining timsolidir.
Respublika olimlari ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarini olib borib, o’qituvchining etnopsixologik xususiyatlarini o’rganib, milliy maktab o’qituvchisining pedagogik faoliyatida etakchi va asosiy rol o’ynovchi xususiyatlar mavjud ekanligi va boshqa xalq vakillaridan keskin farqlanishi kashf etildi.
Qiyosiy tavsif orqali milliy maktab o’qituvchisining o’ziga xos xususiyatlari aniqlandi.
Eng muximlari:
  • Andishalik


  • Bagrikenglik


  • Dilkashlik


  • Samimiylik


  • Ibrat-namunaviylik


  • Sabr-toqatlilik


  • Saxovatlik


  • Pedagoglik-odoblilik


  • Ma`naviylik


  • Kasbga sadoqatlilik


  • Yuksak tuygularni egallaganlik


  • Ijtimoiy faollik


  • Nutqiy qobiliyatlilik


  • Tashkilotchilik


Keyingi paytlarda "ilg’or pedagog", "ijodkor o’qituvchi", "novator o’qituvchi", "tashabbuskor o’qituvchi", "fidoyi o’qituvchi" tushunchalari matbuot sahifalarida, uslubiy kengash, seminar va konferentsiyalarda ko’p tilga olinayotir, biroq ular aslida uncha yangi emas. Chunki Xalq ta`limida bunday pedagoglar soni anchagina.


Ilg’or pedagog avvalo boshqa o’qituvchilarga qaraganda ishga mas`uliyat bilan qaraydi. Shu sohadagi ijobiy tajribalarni o’rganib, o’z darslarida maktab va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda qo’llaydi.
Novator pedaogog o’zining pedagogik usullarining mavjudligi bilan faxrlanib turadi. Ularda ilmiy taxlil, o’ziga tanqidiy ko’z bilan qaray bilish xususiyatlari ham bo’ladi.
Ijodkor o’qituvchi o’z kasbini sevgan, mahorati etarli, bilimdon, uslubiy maqolalar yozib turadi, bor manbalarga tanqidiy ko’z bilan qaray biladi.
-Tashabbuskor o’qituvchi mahalliy qo’shimcha tarixiy materialdan unumli foydalanadigan, ko’rgazmaviy qurol yasaydigan, ilg’or tajribalardan hayotga tatbiq etib, tashabbus ko’rsatadigan, o’z tashabbuslari bilan maktab rahbariyatiga yordam beradigan, doimo izlanadigan.
-Fidoyi o’qituvchi o’z kasbini sevgan, irodali, qiyinchiliklarga bardosh bera oladigan, o’quvchilar bilan ishlash qobiliyatiga ega bo’lgan o’qituvchilar.
-Oddiy o’qituvchi - madaniyati, ko’rinishi, o’quvchilar bilan muomalasi ham oddiy. Darsni oddiy qilib tushuntiradi, kamtarin inson.
Hozirgi davrda olimlarimiz o’qituvchi faoliyatida pedagogik texnologiyani joriy etish va o’qituvchi faoliyati tavsiyanomasida "texnologiyalanuvchanlik" o’ziga xos yangi tushuncha sifatida o’z o’rnini topishi kerak, degan fikr bilan chiqishyaptilar. Pedagogik texnologiya ta`lim jarayonining samaradorligini, ilmiyligini yangi sifat darajasiga ko’tarilganligini belgilab beradi. O’quv-tarbiyaviy jarayonni ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlash vazifasi ham bevosita o’qituvchining ijodkor faoliyatini, qolaversa, ishlab chiqarishga bo’lgan soha bilimlarini talab etadi.
I.A.Karimov "Ma`naviyat va ma`rifat" jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish và samaradorligini oshirish to’g’risidagi farmonida 1997 yildan boshlab, 1-oktyabr "O’qituvchi va murabbiylar kuni" deb e`lon qilindi. Bu hukumatimizning o’qituvchilarga yana bir g’amxo’rligidan dalolat beradi. Shu munosabat bilan yurtboshimiz farmoni bilan Xalq ta`limi xodimlari hukumatimizning "Sog’lom avlod uchun" ordeni hamda "O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi o’qituvchisi", "O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi" unvonlari bilan taqdirlanib kelinmoqda.
Prezidentimizning maktab o’qituvchilari, o’rta maxsus bilim yurtlari, MTM xodimlariga imtiyozlar berish to’g’risidagi farmonlari hayotga tatbiq etilmoqda.
O’qituvchilarning ham o’quv yili davomida ish faoliyati nazorat qilinadi va baholanadi.
Pedagogik nashrlarda o’qituvchi faoliyatini baholash uchun qator ko’rsatkichlar tavsiya etilmoqda. Shu jumladan:
1.Pedagogik natijaviylik - o’qituvchi o’qigan guruhida fan bo’yicha o’zlashtirishning o’rtacha qiymati.
2.O’qitishning ilmiylik darajasi - o’qituvchining o’quv elementlarini fan abstraktsiyasi pog’onalari bo’yicha tushuntirish.
3.ta`lim mazmunini metodik tayyorlash - umumiyligi, izchilligi, harakatdaligi, ortiqcha emasligi kabi talablarni e`tiborga olinishi.
4.Ta`limda u yoki bu natijani qo’lga kiritish yo’llaridan samarali foydalanish- ekstensiv yoki intensiv sharoitda va x.k.
Shu bilan birga o’qituvchi faoliyatini reyting tizimi asosida ham baholash qoidasi joriy etilgan.
O’qituvchining umumiy faoliyatini baholashda nazoratning quyidagi 5 turidan foydalanganda yangi ko’rsatkichlarga ega bo’ladi:
1.Ma`muriy nazorat
2.Jamoa nazorati
3.O’z-o’zini nazorat
4.O’qituvchining erkin faoliyatini nazorat
5.O’zaro metodik nazorat
Nazorat shakllarining har biri ball bilan baholanadi. Bu har bir nazorat turida taxminan 100 ballni tashkil etadi.
Har bir o’qituvchiga "Ish jarayoni faoliyatining shaxsiy hujjatlar shkalasi" tashkil etilib, huquq metod birlashma rahbarida yoki ilmiy mudirda saqlanadi. Haftalik ish jarayoni faoliyatida ijobiy ishlarga (plyus), salbiy ishlarga (minus) ballar yozib boriladi. O’qituvchining ko’p qirrali ish faoliyatini aks ettiruvchi maxsus kasbiy xaritasi tashkil etiladi, rag’batlantirish, jazolash kabi hujjatlar ham bo’ladi. Yil davomida ballar yig’iladi. O’qituvchining ish holati tekshirilib, toifa aniqlanadi:
Oliy, I, II toifa mutaxassisi.
Demak, davr talablariga javob bera oladigan "pedagogik texnologiya" va "pedagogik innovatsiya" mohiyatini tushungan hamda shunga amal qiladigan, o’z kasbiga nisbatan layoqati, qiziqishiborligini tasavvur eta oladigan yosh avlodga ta`lim-tarbiya berishda jon qo’ydiradigan kasb egasi haqiqiy zamonaviy huquq o’qituvchisi bo’la oladi.



Yüklə 461,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin