Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə204/212
tarix14.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#178810
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   212
Navoiy davlat pedagogika instituti tasdiqlayman -www.hozir.org

asosiy qismi
hajmi bo’yicha butun dissertatsiya matnining 70% foyizini
tashkil qilishi shart bo’lib, u o’zining tarkibiga ko’ra, dissertatsiya rejasiga mos kelishi
kerak. Unda, tadqiqotning borishi batafsil bayon qilinib, oraliq natijalar asoslanadi va
shakllantiriladi.
Asosiy qismga qo’yiladigan qat’iy talablar quyidagicha: isbotlanganligi, ketma-ketligi,
matnda ortiqcha, shart bo’lmagan va uni ko’paytirish uchun yozilgan fikrlarning
yo’qligi.
Dissertatsiyaning
xulosa qismi
butun ish bo’yicha chiqarilgan xulosalardan iborat
bo’lishi shart. Bu qism, hajm bo’yicha eng kichik bo’lishiga qaramasdan, o’ta
muhimdir, chunki unda ilmiy jamoaga tadqiqotning yakuniy natijalari qat’iy mantiqiy
shaklda havola qilinadi.CHiqarilgan xulosalar, dissertatsiyaning kirish qismida
qo’yilgan maqsad va vazifalarga mos va yaxlit birlashgan bo’lishi, bajarilgan ishning
muvaffaqiyatini ta’minlashi zarur. Odatda, xulosadan keyin, foydalanilgan
adabiyotlarning bibliografik ro’yxati keltiriladi. Bu, tadqiqotchi mavzu ustida ishlash
jarayonida foydalangan ilmiy manbalardir. Dissertatsiyaning bibliografik apparati
GOST ning 7.1.84 “Xujjatlarning bibliografik yozilishi” talablariga mos tarzda
rasmiylashtiriladi.
Ilovalar 
dissertatsiyaning oxirida keltiriladi, Har bir ilova yangi sahifadan
boshlanishi zarur. Varaqning yuqori o’ng tomonida ilova deb yoziladi. Dissertatsiyada
birdan ortiq ilovalar bo’lsa, ular arab raqamlari (№ belgisiz) ya’ni 1 – ilova, 2 – ilova va
boshq.
Ishning asosiy qismi hajmi bo’yicha butun matnning 70% ni tashkil qilishi shart
bo’lib, u o’zining tarkibiga ko’ra, dissertatsiya rejasiga mos bo’lishi zarur.
Dissertatsiyaning xulosa qismi, butun ish bo’yicha chiqarilgan xulosalardan iborat
bo’lishi shart. Bu qism, hajm bo’yicha eng kichik bo’lishiga qaramasdan, o’ta
muhimdir, chunki unda ilmiy jamoaga tadqiqotning yakuniy natijalari qat’iy mantiqiy
shaklda havola qilinadi. Magistrantlar dissertatsiyani yozish va rasmiylashtirish
bo’yicha qanday tasavvurga ega bo’lganini bilish uchun, quyidagi savollarni berish
maqsadga muvofiqdir:
6.
Dissertatsiya nima va u qanday elementlardan tashkil topadi?
7.
Dissertatsiyaning reja-prospekti deganda nimani tushunasiz?
8.

Dissertatsiyaning kirish, asosiy qism va xulosasida nimalar bo’lishi zarur?

9.
Dissertatsiyada foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati qanday yozilishi kerak?
10.
Dissertatsiyaning ilovasi nima va unda nimalar bo’lishi zarur?
Adabiyotlar 



293
1.Muslimov N.A., Salayeva M.S., Qo’ysinov O.A., Ismoilova A.A. Magistrlik


dissertatsiyalarini tayyorlash bo’yicha metodik tavsiyanoma. –T.: TDPU, 2010. – 60
b.
2.Muxitdinov M.M., Potapov A.I. Podgotovka i zashita dissertatsii. /Nauchno-
metodicheskoye posobiye.-VAK RUz., 2005.- 176 s.
3. Abduqodirov A.A., YUnusov R. Magistrlik dissertatsiyasi. Metodik qo’llanma. –
T.: TDPU nashriyoti, 2000. – 30 b.
4.Mambetakunov E. Metodologiya i kachestvo pedagogicheskix issledovaniy. –
Bishkek, KNU im. J.Balasagыna, 2006. – 108 s.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin