Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə78/212
tarix14.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#178810
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   212
Navoiy davlat pedagogika instituti tasdiqlayman -www.hozir.org

Dolzarbligi past mavzu
A. Muammoning ishlab chiqilishiga amaliy ehtiyoj kam. Muammo umumiy holda
qoniqarli hal qilingan.
B. Mavzu fanda umumiy holda ishlangan, Zarur metodik va amaliy tavsiyalar
mavjud.
V. Mavzuning ishlab chiqilishi va amaliyotga joriy qilinishi hozirgi paytda katta
iqtisodiy xarajatlarni talab qiladi.
Nodolzarb yoki dolzarb emas mavzu
A. Muammo deyarli hal qilingan. Mavjud metodika qoniqarli natija beradi.
B. Muammo fanda hal qilingan. Mazkur mavzu bo’yicha yetarli darajada obro’li
nashrlar mavjud.
V. Muammoni hal qilish va kutilayotgan natijalarni hozirgi paytda amaliyotga joriy
qilinishi samarasiz.
Tadqiqotning yangiligi va ilmiy ahamiyati
1 – daraja. Amaliy tavsiyalar va nazariy xulosalar o’quv-tarbiyaviy jarayonni
takomillashtirishga tegishli mavjud takliflarni aniqlashtirmay va to’ldirmay takrorlaydi.
2 – daraja. Tadqiqot natijalari(nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalar) o’quv-
tarbiyaviy amaliyotni, pedagogika tarixi va pedagogikaning boshqa sohalariga taalluqli
ma’lum takliflarni oydinlashtiradi.



112
3 – daraja. Tadqiqot natijalari (nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalar) o’quv-


tarbiyaviy amaliyotni, pedagogika tarixi va boshqa sohalarni takomillashtirishga
taalluqli mavjud metodik takliflarni, umumiy tavsiyalarni va nazariy xulosalarni
to’ldiradi, rivojlantiradi.
4 – daraja. Tadqiqot natijalari(nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalar) tubdan yangi.
Ular, fanda mavjud bo’lmagan yangi yondoshish va metodik takliflarni o’rtaga tashlaydi
va rivojlantiradi.. Fundamental tadqiqotlar uchun istiqbol ochadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati 
1 – daraja. Tadqiqot natijalari amaliy ahamiyatga ega emas.
2 – daraja. Tadqiqot natijalari o’qitish mazmuni, metod va prinsiplarini ishlab
chiqishga taalluqli xususiy masalalarni yechish uchungina ahamiyatli.
3 – daraja. Tadqiqot natijalari didaktikaning ayrim masalalarini ishlab chiqish uchun
muhim.
4 – daraja. Tadqiqot natijalari didaktikaning bir qator masalalari uchun muhim.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin