138
Nazorat va tajriba guruhlaridagi barcha sharoit va o’quvchilarni tenglashtirish,
amalda mumkin emas. SHuning uchun, o’zgachalik metodi bilan bir qatorda, kesishish
metodi deb ataladigan metod qo’llaniladi va u quyidagicha amalga oshiriladi: dastlab,
ishlab chiqilgan metod bitta guruhda (sinfda) qo’llaniladi, so’ngra xuddi shunday
material bilan ushbu usul boshqa guruhda qo’llaniladi. Ikkala holda ham 2
la guruh
talabalarining bilimi, malakalari (taxmin qilingan natija) haqqoniy baholanadi. Agar har
bir guruhda usulni qo’llash natijasida bilim sifatini,
malaka darajasini oshishi,
qo’llangan usulning ta’siri tufayli deb qaraladi.
O’xshashlik va o’zgachalik metodlarining kombinatsiyasi ayrim hollarda o’quvchi
va talabalarning katta to’plamiga qo’llaniladi, masalan 1000 dan ko’p, bularning har
biridagi sharoit o’rtacha
bir xil deb qaraladi, to’plamlarning birida o’qitishni ishlab
chiqilgan usul bo’yicha olib borilsa, ikkinchisida bu usul qo’llanilmaydi. Agar birinchi
to’plamda o’qiyotganlarda bilim va malakalarni aniq o’zlashtirish
yuzaga kelsa,
ikkinchisida bu yuzaga kelmasa, bu yangi usulni qo’llash natijasi deb qaraladi.
Dostları ilə paylaş: