Aqliy rivojlanish deganda hayotiy ta’sir etish va oqibatlarning barcha miqdoriy imkoniyatlari natijasida kelib chiqadigan aql kuchi va fikrlashning rivojlanish jarayonini tushunish mumkin. Aqliy rivojlanishning nima ekanligini aniqlash uchun “fikrlash” va “aql kuchi” tushunchalariga to‘xtalish lozim bo‘ladi. Amaliy tajribamimizda fikr so‘zini juda ko‘p uchratamiz. Oddiy qilib aytganda, ob’ ektiv olamdagi voqea-hodisalarni ongimizga ta’sir etishi na-tijasida hosil bo‘lgan tuyg‘u fikr deb ataladi. Uning tub mohiyati shunda-ki, fikrimiz orqali biz ko‘zimiz bevosita ilg‘amayotgan, ko‘z o‘ngimizda bo‘l-magan, bo‘lgan taqdirda ham o‘sha narsaning ichki xususiyatiga aloqador bo‘lgan «sirli» jihatalarini ko‘rish imkoniga ega bo‘lamiz. Fikrlash esa, shaxs bilish faoliyati jarayoni bo‘lib, voqelikni bevosita va umumlashgan holda aks ettirish bilan xarakterlanadi. Boshqacha aytganda, u aqliy faoliyat mahsuli. Eng qizig‘i fikrlash merosiy tushuncha, u barcha inchonlarga xos. Falsafiy, pedagogik, psixologiyk adabiyotlarda fikrlashning 20 dan ortiq turlari ajratib ko‘rsatiladi: mantiqiy; abstrakt(mavhum); umumlashgan; nazariy; texnik; reproduktiv; ijodiy(produktiv); tizimli; kategorial; induktiv; deduktiv; algoritmik; tanqidiy; mustaqil va boshqalar. Aqliy rivojlanish - inson psixikasining individual o‘ziga xosliklaridan, u yashayotgan ijtimoiy-tarixiy sharoitlar bilan bog‘liqlikda hayotiy tajribalarni oshib borishi va uning yoshi bilan aloqadorlikdagi intellektual faoliyatidan kelib chiqadigan miqdoriy va sifat o‘zgarishlarining murakkab dinamik tizimi. Insoniyat tajribasini qanchalik o‘zlashtirganlik aqliy rivojlanishda hal qiluvchi omil sifatida aks etadi. Amaliy bilimlar zahirasi aqliy rivojlanishning tuzilishiga kiruvchi tarkibiy qismlardan biri sifatida qaralishi kerak.