I. Fanning mazmuni : Fanni o’qitishdan maqsad: bo’lajak bakalavrlarni metodika fanlarini o’qitish texnologiyasi bilan tanishtirish.
Fanning asosiy vazifalari - metodika fanlarini o’qitishning fanini nazariy, milliy asoslari, O’zbekistonda ta’lim- tarbiyaning ustuvor masalalari haqida ma’lumot berish;
talabalarni innovatsion texnologiya asosida pedagogik bilim berishga o’rgatish;
metodika fanlarini o'qitish texnologiyalari sohasidagi ilg’or tajribalarni o’rganish, kuzatish, tahlil qilish, umumiy pedagogik xulosa chiqara bilishga tayyorlash;
uzluksiz ta’lim tizimida metodika fanlarini o’qitish fani sohasidagi ilmiy izlanishlar, xorijiy yangiliklar, fan dastuturiga qo’yiladigan talablar, pedagogika fanlarini o’qitishda uzviylik, mustaqil ta’lim, o’qitishning zamonaviy texnologiyalari kabi masalalar haqida tasavvur hosil qilishdan iborat.