9-Mavzu: Qirqquloqtoifalar (Polypodiophyta) o‘simliklar bo‘limi Reja: 1.Qirqquloqtoifalar bo`limi umumiy tavsifi.
2. Qirqquloqtoifalarning sistematikasi.
3.Marattiyasimonlar va polipodiumsimonlar sinfning biologiyasi.
4. Siateyanamolar qabilasi – Cyateales.
5. Salviniyanamolar qabilasi – Salviniales.
4.Sinflarning bo`limdan sistematik holati.
5.Marattiyasimonlar sinfining morfologik, anatomik tuzilishi va ko`payishi.
6.Poligadiyasimonlar sinfi vakillarining tarqalishi, sistematikasi, morfologik anatomik tuzilishi va ko`payishi.
7.Qirqquloqlarning xalq xo`jaligidagi ahamiyati
1.Qirqquloqtoifalar bo`limi umumiy tavsifi. Bu bo`lim tur soni jihatidan yuksak o`simliklar bo`limlari orasida gulli o`simliklar va moxsimonlardan keyin 3- o`rinda turadi. Hozirgi paytda yer sharida qirqquloqsimonlarning 300 ga yaqin turkumi va 10000 dan ziyodroq turlari tarqalgan.
Bular ham eng qadimgi o`simliklar hisoblanadi. CHunki qirqquloqlarning bizgacha etib kelmagan vakillari devon davrlarida (415- 370 mln yil oldin) qirilib ketgan qadimgi qirqbo`g`imsimonlar bilan bir davrda o`sib o`rmonlarni hosil etgan.
Yer sharidagi mavjud turlar geografik tarqalishi jihatidan ancha keng arealni hosil etadi. Ular tog`larda, tekistliklarda, botqoqlik joylarda, suvda uchraydi. Biroq qirqquloqsimonlarning ko`pchilik turlari taraqqiyot siklida sernam muhitini ko`proq talab qiluvchi o`simliklar bo`lganligi sababli, ular tropik va subtropik iqlimli joylardagi o`rmonlarda ancha keng tarqalgan. U erda o`rmonni ostida o`suvchi turlaridan tashqari daraxtlarning bosh poyasi va Shoxlarida yopishgan holda o`suvchi bir epifit turlarini ham uchratish mumkin.
Mo`tadil iqlim sharoitda ham ular ko`proq o`rmonlarning ostida uchraydi. Suvda o`suvchi vakillarining haqiqiy ildizsizlari ko`llarda, sholipoyalarda, suvni Yuzasida qalqib yashasa, ildizlilari esa suvni ostida uchraydi.
Janubiy Afrika, Arabiston, Hindiston cho`llarida o`suvchi kserofit vakiliga misol qilib, janub aktiniopterisini (aktinoptyeris autralis) olish mumkin. Sobiq ittifoqning janubiy viloyatlarida ham toshlarning yoriklarida bir muncha kserofit xarakterdagi dorivor seterax (cetyerax) xeylantes (cheilantis pyersica) turlari tarqalgan.
Qirqquloqsimonlar xilma-xil ekologik muhitda uchrashi sababli ular orasida har xil hayotiy formadagi turlar kelib chiqqan. Ayniqsa tropik va sernam subtropik sharoitda turli xayotiy formalarni: ya`ni o`rmonni ostidagi tikka o`suvchi, yotib o`suvchi o`tchil vakillaridan tortib, epifit, liana holatidagi turlarni va siateydoshlar (cyateaceac) oilasiga mansub bo`lgan siatey va diksoniya turkumiga kiruvchi bo`yi 25 mgacha etadigan daraxtsimon qirqquloqlarni uchratish mumkin.
Salviniyalar (salvinie) turkumi vakillarida va gimenofiyadoshlar (hymenophyllaceae) oilasining ayrim vakillarida esa ildizi butunlay reduksiyalanib ketgan.
Qirqquloqlarning poya tuzilishi xilma-xil ba`zan yog`ochlangan (daraxtsimonlarda) uzunchoq bo`lib, yer satxidan ancha baland joylashgan, ko`pchiligi esa qisqargan o`tchil bo`lib, yer ustida yoki yer ostida joylashgan ildizpoyasimon organga aylangan yoki zahira ozuqani ko`p miqdorda to`plagan tugunak shakldagi metomorfozlashgan organ bo`lib, vegetativ ko`payishga moslashgan. Poyasining Shoxlanishi ko`pchiligida monopodial` tipda bo`lib, ayrim vakillarida dixotomik Shoxlanishni ham kuzatish mumkin.
Qirqquloqsimonlarning poyasini tuzilishidagi harakterli belgilaridan yana biri uning har xil tuklar, tangachalar bilan qoplanganligidir. Ayniqsa poyasi yosh paytida sertuk bo`ladi. Tuklar bir hujayrali bir qator hujayralardan tashkil topgan bo`lishi mumkin. Hamda ular Yumshoq yoki dag`al bo`lishi mumkin, ba`zan Shoxlangan, ildizsimon tuklarni ham uchratish mumkin. Ularning bunday xilma-xil tuklari qirqquloqlarning sistematikasida toksonomik ahamiyatga ega.
Qirqquloqsimonlarda poyasining anatomik tuzilishida hozirgi ko`pchilik qirqquloqlarda o`tkazuvchi sistemasi sifonostel` shaklda. Biroq eng qadimgi qirqquloqlarda va hozirgi qirqquloqlarda, masalan, sxizeydoshlarda (schizoaceae), gimenofill-doshlarda (hymenophyllaceae) o`tkazuvchi sistemasi primitiv shakldagi protostel holda bo`lishi ularni riniofitalar bilan filogenetik bog`liqligidan dalolat beradi.
Qirqquloqsimonlar uchun xarakterli belgilardan yana biri bargining yirik bo`lishi va ularda o`sish nuqtasining poyadagidek uchki qismida joylashganligidir. Qirqquloqlarning ko`pchiligida bargi ikkita funksiyani- fotosintez va spora hosil qilish vazifasini bajarsa, ayrimlarida spora hosil qiluvchi barglari xlorofilini yo`qotib, faqat jinssiz ko`payish vazifasini utaydi (masalan salviniyalarda).
Qirqquloqlarda bargi anatomik jihatidan gulli o`simliklarning bargning anatomik tuzilishiga birmuncha o`xshash bo`ladi. Bargning kundalang kesimida ustki va ostki tomoni epidermis bilan koplangan.
Paportniksimonlarning taraqqiyot siklida ham plaunsimonlar qirqbo`g`imsimonlardek sporofit davri gametofit davriga nisbatan ustun turadi.
Biroq plaun va qirqbo`g`imlarda sporangiylar poyaning uchki qismida spora boshoqlarda taraqqiy etsa, qirqquloqsimonlarning ham qadimgi vakillarida sporangiylar spora beruvchi novdasimon shakldagi barglarning to`qimalari ko`ndalangiga ham bo`linib ko`payishi tufayli dastlab pardasimon holda bo`lib, keyinchalik xlorofilli fotosintetik bargga aylangan. Sporangiylarni bargning pastki qismiga urnashishi ularni tashqi muhitni noqulay ta`siridan himoyalanishi uchun qulaylik tug`dirsa, 2 chidan sporangiylarni bargni ostki qismida joylanishi bargning Yuza qismida fotosintez jarayonini normal borishi uchun imkoniyat yaratadi.
Sporpangiylarni bargda joylashishi urnini evolYusiya jarayonida o`zgarib borgan, ular dastlabki yakka- yakka joylashishidan keyinchalik to`p-to`p bo`lib joylashishga utgan. Bunday sporangiylarni birida tup bo`lib joylashgan guruhini sorus (grekcha carus-tutam, tuda) deb atalgan. ayrim adabiyotlarda Qirqquloqsimonlar bo`limini klassifikasiya qilishda sporangiylarni hosil bo`lishi, kattaligi asos qilib olingan.
Sporangiylarda etiladigan sporalar ko`pchilik Qirqquloqlarda teng sporali. ayrim hozirgi Qirqquloqlar va bizgacha yetib kelmagan ba`zi Qirqquloqlar esa sporangiydan taraqqiy etuvchi sporalar har xil kattalikda bo`lib, mego va mikro spora deb ataladi.
Sporalar qulay sharoitda o`sib, undan gametofit tarakkkiy etadi. Teng sporali qirqquloqning gametofiti o`zining kattaligi (0,5-5 sm )gacha har xil shakldagi (ipsimon, lentasimon, chuvalchangsimon, Yuraksimon va x.k), ikki jinsliligi va ko`pchiligi Yashilligi hamda rizoidlarga ega bo`lishi, zamburug`lar bilan mikoriza hosil etib, yashash jihatidan har xil sporali Qirqquloqlarning gametofitidan farq qiladi.
Teng sporali qirqquloqlar uchun yana xarakterli belgilaridan biri ko`pgina xollarda anteridiy arxegoniyga nisbatan oldin taraqqiy etadi. Bu xodisani protoandriya (grekcha protos-birinchi va andreios-erkaklik) deyiladi. bu xodisaning biologik mohiyati Shundaki, gametofitdagi anteridiy arxegoniylarni turli muddatda etilishi o`z-o`zidan urug`lanish urniga gametofitlar orasida chetdan urug`lanishi uchun imkoniyat yaratadi.
Qirqquloqlarda ham spermatazoidi qirqbo`g`imnikidek ko`p xivchinli. Urug`lanish namlik yordamida boradi.
Gametofitdagi tuxum hujayralardan bir nechtasi urug`lanishi mumkin. Undan sporafit rivojlanadi.
Har xil sporali qirqquloqlarda o`simtasi ayrim jinsli va juda reduksiyalangan bo`lib, mikro va megosporaning po`stini himoyasida bo`ladi.
Qirqquloqsimonlarda aposporiya va apogamiya xodisalarini ham kuzatish mumkin. Aposporiyada gametofit sporadan taraqqiy etmasada, sporafitning vegetativ (somatik) hujayralaridan hosil bo`ladi. Apogamiyada esa sporafit zigotadan taraqqiy etmasdan, gametofitning somatik hujayralaridan hosil bo`ladi.