Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə2/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

O`UM MUNDARIJASI





Bo`limlar

bet

1.

O`quv materiali:......…………………………………………….

  • Ma`ruza mashg`ulotlari.………………………….............

  • Amaliy mashg`ulotlari …………………………………..

3
4
137

2.

Mustaqil ta`lim mashg`ulotlari ……………………………...

170

3.

Kurs ishi.......................................................................................

171

4.

Glossariy .………………………………………………............

172

5.

Ilovalar:………………………………………………………..

  • Fan dasturi........................................................................

  • Ishchi fan dasturi.............................................................

  • Test………………………………………………..........

  • Baholash mezonlari bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar.........

175
175
183
193
207


O`QUV MATERIALI
Ma`ruza mashg`ulotlari.
1-Mavzu: Kirish. O`simlik hujayrasining tuzilishi va rivojlanish bosqichlari.
Reja:
1.Hujayraning o‘rganilish tarixi.
2.Hujayra nazariyasining mohiyati va ahamiyati.
3.Hujayralarni o‘rganishning nazariy va amaliy ahamiyati.
4.Hujayrani o‘rganish metodlari.
5.Hujayra haqida tuShuncha
6. Hujayraning kimyoviy harakteristikasi va fizik-kimyoviy xossalari.


Hujayra (lotincha- “cellula”, yunoncha-“cutos”) sitoplazma va yadrodan tashkil topgan sistema bo‘lib, o‘simlik va hayvon organizmining takomillashishi, tuzilishi va yashash jarayonlarining asosi hisoblanadi. Butun hayot davomida modda almashinishida ishtirok etish, ya’ni hujayra hosil qilish va doimo yangilanib turish hujayraning xarakterli xususiyatidir.
Hayvon va odam organizmida hujayralardan tashqari simplast va hujayralararo modda bor. Simplast hujayralarning o‘zaro qo‘shilishidan hosil bo‘lib, sitoplazmada bir necha yadrosi bo‘lgan strukturadir. Bunga ko‘ndalang targ‘il mushak tolasi, megakariosit va boshqalar misol bo‘ladi.
Hujayralararo modda hujayralar orasida joylashgan bo‘lib, suyuqlik holida yoki zich konstitutsiyaga ega bo‘lgan asosiy moddalar va turli tolalardan tashkil topgan.
Odam va hayvon organizmida hujayralar kattaligi, shakli va tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Bajaradigan funksiyasiga ko‘ra hujayralar har xil shaklga ega. Suyuq muhitda hujayralar ko‘pgina o‘zgaruvchan bo‘lib, psevdopodiyalar hosil qiladi. Bir-biriga yaqin yotgan hujayralar esa ma’lum formaga ega. Masalan, teri epiteliysi hujayrasi yassi, qisqaruvchan, mushak qujayralari esa duksimon shaklda bo‘ladi. Impuls o‘zgaruvchi nerv hujayralari esa uzun o‘simtalarga ega bo‘ladi. Odam va ko‘pgina sutemizuvchi hayvonlarning hujayralari 5-7 mkm dan 200 mkm gacha bo‘ladi.
Har bir hujayra sitoplazma qobigi, sitoplazma va yadrodan tashkil topgan. Sitoplazma: organoidlar, kiritmalar, gialoplazma, yadro, yadrocha, xromatin, yadro shirasi va yadro qobig‘idan iborat.
Ko‘pchilik hujayralarni ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Shuning uchun, ularni o‘rganish mikroskop kashf qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Birinchi mikroskopni 1610-yilda Italiya olimi Galeleo Galiley hamda gollandiyalik olimlar Zaxar va YAnsenlar ixtiro etganlar. U linzalar sistemasidan ob’ektiv va okulyardan tashkil topgan bo‘lib, naychaning bir tomoniga ob’ektiv, ikkinchi tomoniga okulyar o‘rnatilgan edi.
Birinchi marta mikroskopda po‘kakdan tayyorlangan kesmalardagi katakchalarni ingliz tabiatShunosi, fizigi Robert Guk kuzatib, 1665-yil o‘z tajribalarini bayon qildi. U po‘kakda katakchalarni, ularda bir-biri bilan chegaralangan pardalarni, ya’ni havo bilan to‘lgan bo‘shliqlarni kuzatgan. Bu "bo‘shliqni" yoki "katakchalarni" - hujayra deb atagan. Keyinchalik italiyalik M.Malpigi (1671), angliyalik N.Gryu (1673-1682yillar) o‘simlik organizmlarining hujayra tuzilishini o‘rgana boshlaganlar. Hujayralar ichini pufakchalar yoki xaltachalar to‘lg‘azib turishini va ular gomogen suyuqlik ichida joylashganligini ko‘rsatdilar. 18 asrning oxirida golland olimi A.Levenguk 200 marta kattalashtirib ko‘rsatadigan linza yasab, mikroskopni takomillashtirdi. U turli o‘simlik va hayvon hujayrasidagi yadroni ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, u yadroni hujayraning mustaqil organoidi sifatida ajratib ololmadi.
19 asr boshlarida biologlar tomonidan o‘simlik to‘qimasi va organlar o‘rganilib, ular hujayralarda tarkib topgan degan xulosaga kelindi. Angliyalik R.Broun 1833 yili arxidiya o‘simligining hujayra yadrosini birinchi marta har tomonlama o‘rgandi va hujayraning asosiy komponentlaridan biri ekanligini isbotlab berdi. 18 asrda hayvon va odamlarning jinsiy hujayralari o‘rganila boshlandi va embrion rivojlanishining boshlang‘ich etaplariga muayyan darajada batafsil ta’rif berildi. Jinsiy ko‘payishda gametalarning ahamiyati to‘g‘ri tuShunila boshlangan bo‘lsa ham, lekin tuxum hujayra va spermatozoidlarning otalanishidagi roli ularning nozik tuzulishlari namoyon bo‘lib polimerdir. Premorfizm tarafdorlari sperma va tuxum hujayrada to‘liq shakllangan murtak paydo bo‘lib unda bo‘lajak organizimning hamma organlari mavjud bo‘ladi, degan xulosaga kelganlar. Shu davrda bunga qarshi boshqa, ya’ni epigenez nazariyasi vujudga kela boshladi. Bu nazariya tarafdori barcha organlar va ularning bo‘laklari embrional rivojlanish jarayonida qaytadan paydo bo‘ladi, deydilar. Epigenez nazariyasining asoschilaridan biri Peterburg akademiyasining a’zosi Kaspar Fridrix Volfdir. U 1759-yili turlar o‘zgarmas, degan xulosaga kelganlar nazariyaga qarshi chiqib preformizm tarafdorlariga zarba berdi va biologik evolyusion ta’limotining yaratilishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Shunday qilib, epiginezchilar nazariyasi preformizmlariga nisbatan progressiv hisoblanadi. Hujayra tuzilishidagi ta’limotning yaratilishida rus olimi P.F.Goryaninovning xizmati katta. U 1827- yilda o‘simlik hujayrasining tuzilishini bayon qilib berdi.
Shunday qilib, o‘tgan asrning 30- yillarida hujayra to‘g‘risida to‘g‘ri fikrga kela boshladilar. Ien Universitetining professori botanik M.SHleyden 1838- yilda o‘simliklar hujayralardan tuzilganligini to‘liq isbotlab berdi. Nemis zoologi T.SHvan ko‘p yillik ilmiy tadqiqotlarni yakunlab 1839- yili hayvon organizmi ham hujayralardan tashkil topgan degan xulosaga keldi va hujayra nazariyasining yaratilishiga asos soldi.
Hujayra nazariyasining yaratilishi biologiyada katta burilish yasadi va materiyaning bir butunligini isbotladi. Buni F.Engels tabiat fanlaridagi buyuk yangilik deb baholadi.
19 asrning ikkinchi yarmida va 20 asrning boshlarida hujayraning nozik tuzilishlari mikroskopning takomillashishi bilan to‘laroq o‘rganila boshlandi.
1848-yili Gofmeystr tradeskansiyaning onalik hujayralarida xromosomalar shaklini chizgan. Birinchi marta xromosomalarga asos solgan. 1855- yilda Virxov har bir hujayraning hujayradan kelib chiqganligini bayon etdi. 1876- yilda Van Beneden va 1888- yilda Boveri hujayra markazini, 1894- yili Benda mitoxondriyani, 1898-yilda Goldji Goldji apparatini kashf qildilar. 1882- yili Flamming hayvon hujayralarida, Strasburger o‘simlik hujayralarida xromosomalar aniqlagan.
"Xromosomalar"- terminini 1888- yili nemis olimi Valdeer fanga kiritdi. Valdeer kashfiyotigacha bir qancha olimlar bu strukturaning har- xil shakllarini chizib namoish qilganlar.
1874- yilda Moskva universitetining professori CHistyakov, 1882 yili Flemming o‘simlik va hayvon hujayralari yadrosining bo‘linishini tekshirib, mitoz terminini fanga kiritganlar. Mitozni o‘simliklarda 1884-yili Strasburger, 1894-yilda esa Geydengaenlar kuzatishgan. 1878-yili SHleyxer yadro bo‘linish jarayoni asosida fanda kariokinez terminini kiritgan. YAdro bo‘linishidan keyin hujayra bo‘lina boshlaydi. Buni esa, sitokinez (grekcha "sitoz"- hujayra, "kineziz"- harakat) deb 1887-yili Uitman fanga kiritgan. Amitozni 1841-yili hayvonlarda Remak, o‘simliklarda 1882-yili Strasburgerlar kashf qilganlar. Strasburger 1875- yili o‘simlik hujayralarida mitozni sistemali isbotlab berdi. Nemiz embriologi V.Rubarcha o‘simliklar bilan hayvonlar hujayrasi bo‘linishi umumiy ekanligini isbotlab berdi.
Strasburger 1884-yili profaza, metafaza, anafaza terminlarini Geydengayn esa, 1894-yili telofaza terminini fanga kiritdi. XX asrning 30- yillariga kelib, hujayraning morfologik, fiziologik, biokimyoviy va fiziko- kimyoviy struktura tuzilishi keng o‘rganila boshlandi. Endilikda zamonaviy texnika bilan qurollangan olimlar hujayra organoidlarini, yadroning strukturasi va vazifasini tadqiq qilish hamda tirik hujayralar ustida murakkab ilmiy tekshirish ishlarini olib bormoqdalar. Hozirgi vaqtda tirik hujayralarga shikast etkazmagan holda uning biokimyosi, biofizikasi molekulyar nuqtai nazardan o‘rganilmoqda.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin