Hujayraning kimyoviy harakteristkasi va fizik- kimyoviy xossalari. Kimyoviy analiz orqali hujayra tarkibida va er qobig‘ida keng tarqalgan moddalar borligi aniqlangan. Odam tanasining 96% to‘rt elementdan: uglerod, kislorod, vodorod, azotdan tashkil topgan. Kalsiy, fosfor, kaliy va oltingugurt esa odam tanasining 3% tashkil qiladi.
Oz miqdorda natriy, xlor, yod, temir va magniy bo‘ladi. Mis, marganes, kobalt, rux va boshqa mikroelementlar esa ulardan kam bo‘ladi.
Hujayraning hayotiy xususiyatlari tarkibidagi oqsilga bog‘liq. Modda almashinuvi hujayra moddalarning yangidan hosil bo‘lib turishi hujayradagi hayotiy jarayonning asosini tashkil qiladi. Bu assimlyasiya yoki oraliq muhitdagi moddalarning sitoplazma moddasiga aylanishi (tabiiy sintez) dissimlyasiya - sitoplazmadagi moddalarni hujayra ehtiyoji uchun energiya hosil qilib, parchalanishi: o‘sish hujayraning ma’lum qismlarning kattalashuvi yangidan paydo Sitoplazma qobig‘inining tashqi zonasi glikokaliks deb nomlanib, oqsil va karbon suvlardan hosil bo‘lgan. U elektron mikroskop ostida uzluksiz struktura holatida ko‘rinadi. Glikokaliks eng tashqi qavat bo‘lgani uchun hujayraning tashqi muhit bilan aloqasida muhim rol o‘ynaydi. Glikokaliks zonasining kimyoviy tarkibi turli hujayralardan farqlanadi.
Ba’zi bir hujayralarda glikokaliks moddalarni parchalovchi fermentlarga boy bo‘lsa, boshqa hujayralardagi glikokaliksni hosil qiluvchi glikoproteidlar immunologik xususiyatlarga ega. Ichak epitelial hujayrasining (enterosit) mikrovorsinkalar ustidagi glikokaliks moddalar parchalanishida, so‘rilishida muhim rol o‘naydi. U hujayra mikrovorsinkalarning apikal qismining mustahkamligini belgilab kimyoviy moddalar va ba’zi bir mikroblar ta’sirida enterosid hujayralarni saqlaydi.
O‘rta zonasi plazmatik membrana (plazmolemma) dan tashkil topgan bo‘lib, plazmatik qobiqning eng muhim va murakkab tuzilgan qismidir. Plazmatik membranalar elementar biologik membrana tuzilishiga ega bo‘lib, mioproteiddan tashkil topgan.
Aniq ko‘ndalang kesmalarda plazmatik membrana tegib o‘tuvchi sitoplazmaning yupqa qismidan iborat. Bu erda organoidlar bo‘lmay sitoplazmadan mikrofelamentlarga kelib tugaydi. Bu harakat psevdopodiyalar hosil qilish va fagositoz, pinositoz prosesslarida biotoklar hosil qilish bilan belgilanadi.
Mitoxondriya - har bir hayvon organizmida uchraydigan organoiddir. Birinchi marta 1898-yilda Bende tomonidan Shunday nomlangan. Altman va Fleminglar esa uni 1882-1890-yillarda ta’riflab berganlar.
SHakli ipcha va donacha holida bo‘ladi. Kattaligi bir necha mikrometr atrofida. Mitoxondriyalar asosan, sitoplazmada bir tekis joylashgan. Bu ularning funksional holatiga bog‘liq bo‘ladi.
Mitoxondriyaning tashqi membranasi nm qalinlikda bo‘ladi. Ichki membranasi esa kristalar (o‘simtalar) hosil qilgan bo‘ladi. Ikkala membranalar orasidagi mayda donador modda matriks deyiladi. Mitoxondriya kimyoviy tarkibining asosiy qismi proteindan, yog‘dan iborat bo‘lib, fosfolipid, DNK, RNK, kationlar K+, magniy, temir, kalsiydan iborat. Funksiyasi : ADF va anorganik fosfatdan ATF hosil bo‘lishi hamda Krebs sikli oraliq moddalarning aerob yo‘l bilan oksidlanishini ta’minlashdir. ATF makroergik bog‘larning energiyasi mexanik (mushaklarda), elektrik (bosh miya hujayralarida, nerv hujayralari o‘simtalarida, reseptorlarda va baliqning elektr organida yorug‘lik) osmotik energiyalariga aylanishi mumkin.