Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə14/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

G‘amlovchi to‘qimalar. Bu to‘qimalarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan oziq moddalar - oqsillar, karbonsuv, yog‘lar to‘planadi va uzoq muddatga saqlanadi. G‘amlovchi to‘qimalar o‘simlikning deyarli hamma organlarida bo‘ladi. Urug‘larning murtagida to‘planadi. Ular murtaklarning rivojlanishi uchun sarflanadi. Bir yillik o‘simliklarda o‘simliklar o‘suv organlarida oziq moddalarni juda oz miqdorda to‘playdi, chunki ularning hayotiy davri faqat bir vegetatsiya davri bilan tugaydi. Ko‘p yillik o‘simliklar oziq moddalarni ildiz, novda va takomillashgan organlar - tugunak, piyozbosh, er osti novdalarida, ildiz mevalarida to‘playdi. Bu oziq moddalar tinchlik davri o‘tgandan so‘ng o‘zlashtiradi.
G‘amlovchi to‘qimalar yupqa devorli tirik parenxima hujayralardan iborat. O‘sha hujayralarda oziq moddalar qattiq va suyuq holatda to‘planadi. Qattiq holda - kraxmal, oqsil kristallari (kartoshka tugunaklarida) yoki aleyron donachalari shaklida, suyuq holda masalan, lavlagi ildizmevalari, sabzi piyozboshlar, shakarqamish, uzum, tarvuz, qovun va boshqalarda uchraydi.
G‘amlangan moddalar fermentlar ta’sirida gidrolizlanadi va suvda eriydigan holga bo‘ladi, Shundan so‘ng rivojlanayotgan o‘simlik tomonidan sarf etiladi.
CHo‘l va sahrolarda o‘suvchi ayrim o‘simliklarning hujayralari yirik va shilimshiq shiraga boy bo‘ladi. Bunday hujayralar suv g‘amlovchi hujayralar deb ataladi. Suv g‘amlovchi to‘qimalar ba’zi o‘simliklarning barglarida (agava, aloe, semizo‘t), poyada ( kaktus, sutlama) bo‘ladi.
Aerenxima to‘qimalar. Aerenxima (yunon. “aer”- havo, “enxima”- to‘ldirilgan) hujayralarining oralig‘i havo bilan to‘ldirilgan bo‘lib, suv ostida yoki suv yuzasida qalqib o‘suvchi gidrofit (“gidro”- suv, “fiton”- o‘simlik) va ba’zi quruqlikda o‘suvchi o‘simliklarga xos xususiyatlardan hisoblanadi. Aerenxima to‘qimalari o‘simliklarni havo (kislorod va karbonat angidrid) bilan ta’minlaydi, o‘simlik to‘qimalarini yengil qiladi. Shuning uchun ham, suvda o‘suvchi o‘simliklar suv yuzasida qalqib tura oladi (zulfiobilar, o‘qbarg, suv ayiqtovoni va boshqalar).

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin