Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə22/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Tugunak bakteriyalari. Bu tur bir necha irqlarga bo‘linib, o‘sha irqlarning har qaysisi dukkakli o‘simliklarning ma’lum guruhlariga moslashgandir. Shuning uchun biror joyga ilgari eqilmagan dukkakli o‘simliklar eqilsa va shu tuproqda o‘sha o‘simlikka xos bakteriya irqlari bo‘lmasa, tuproqqa urug‘ bilan birga tugunak bakteriyalarning shu irqidan maxsus tayorlangan preparat (nitrogin ) ni ham solish tavsiya etiladi.
Ko‘pgina daraxt va o‘t o‘simliklarning ildizlarida zamburug‘lar yashaydi, bu esa mikoriza (grekcha “mikoz”-zamburug‘, “riza”-ildiz ) deb ataladi. U 2 xil bo‘ladi:

    1. Endotrof

    2. Ekzotrof mikoriza.

Endotrof mikorizada gifalar ( grekcha gifa-to‘qima )deb ataladigan mayda -mayda ipsimon tuzilmalardan yuzaga kelgan zamburug‘ vegetativ tanasi ), asosan ildiz parenxima to‘qimasining hujayralari ichida bo‘ladi va kamdan kam gifalargina ildizdan tashqariga tuproqqa chiqib turadi. Ayni vaqtda ildizning tashqi tuzilishida aytarli o‘zgarishlar ko‘rinmaydi. Ildiz hujayralarining ichida zamburug‘ gifalari qisman emirilib moddalar ildiz hujayralariga ovqat bo‘ladi.
Endotrof mikoriza viruslilar, arxisgullilar oilasiga kiradigan hamma o‘simliklarga va bo‘shqa ko‘pgina uchraydi.
ektotrof mikorizali o‘simliklarda zamburug‘ gifalari yosh, kalta yon ildizchalarning bir qismini tashqi tomondan o‘rab oladi va zich jild hosil qiladi. Ana shu yon ildizlarga tarmoqlangan bir muncha uzun ildizlar zamburug‘ gifalari bilan o‘ralmasdan bo‘yiga o‘sishni davom ettiradi va ildiz sistemasining tuproqqa tobora chuqur kirishiga imkon beradi. Mikoriza hosil bo‘lgan yon ildizchalar esa bo‘yiga o‘sishdan to‘xtab ,Shoxlana boshlaydi va marjonga o‘xshagan zich tarmoqlar hosil qiladi. Ana shu Shunday mikorizali ildizchalarda g‘ilofchalar bo‘lmaydi yoki juda kuchsiz taraqqiy etgan bo‘ladi.Ildiz tuklari ham bo‘larda yo‘q, ularning vazifasini ildizchalar atrofidagi zamburug‘ g‘ilofchasidanchiqadigan va tuproqqa o‘tadigan zamburug‘ g‘iloflari bajaradi. Ikkinchi tomondan zamburug‘ gifalarining bir qismi zamburug‘ g‘ilofchasidan ildizning ichiga kiradi. Gifalar hujayralar orasidagi pektin moddalarni qisman eritib birlamchi po‘stlog‘ining tashqi tomonidagi hujayralar orasiga o‘tadi va shu erda to‘rga o‘xshab harakterli joy oladi, bo‘lardan o‘z navbatida ingichka tarmoqlar chiqib po‘stloq parenxima hujayralarining ichiga kiradi va keyinchalik qisman erib, o‘sha hujayralarga "hazm " bo‘ladi. Shunday qilib, ektotrof mikoriza tamomila tashqi mikoriza emas Shunga ko‘ra u ekto-endotrof mikoriza deb ataladi.
Ekto-endotrof mikorizalar ko‘pchilik daraxtlarimizda vujudga keladi. O‘sha mikorizalarni hosil qiluvchi zamburug‘lar jumlasiga podberezovik, podosinovik, rijik, borovik, siroejka, maslyanka, muhamor, degan zamburug‘lar kiradi.
Mikoriza hosil qiluvchi zamburug‘lar o‘rmondan tashqarida osmaydi, damak bular muqarrar ildiz bilan birga yashashi kerak. Bu zamburug‘lar o‘simliklar tanasidan fotosintez natijasida hosil bo‘ladigan uglevodlarni oladi. Ikkinchidan daraxtlar ildizida mikorizalar yuzaga kelmasa qurib qolishini ko‘rsatadigan talaygina kuzatuvlar bor. Mikorizalar o‘simliklarni suv va mineral tuzlar bilan ta’minlaydi. Shu bilan birga mikoriza ildizchalarning Shoxlanishi Shuningdek zamburug‘ gifalarining tuproqda juda tarmoq otishi tufayli ildizlarning yutish kuchi ancha oshadi.
Mikorizalar orqali ildizlarga fosfor, azot kirishi nishonli atomlardan foydalanish usuli bilan isbot etildi. Bundan tashqari zamburug‘lar yuksak o‘simliklar to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zlashtira olmaydigan azotli murakkab organik birikmalarni assimilyasiya qilishga imkon beradi. Bundan tashqari mikoriza zamburug‘lari yuksak o‘simliklarni vitaminlar bilan ham o‘sishni tezlashtiradigan qandaydir boshqa moddalar bilan ham ta’minlab tursa ajab emas. YUksak o‘simliklarning mikoriza zamburug‘lari ishtirokida oziqlanish usuliga mikotrof oziqlanish deb ataladi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin