Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


-Mavzu:Novda. Novdada barglarning joylashishi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə24/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

5-Mavzu:Novda. Novdada barglarning joylashishi.
Novda metamorfozi
Reja:

  1. Novda haqida umumiy tuShuncha

  2. Novdada barglarning joylashishi

  3. Novda metamorfozi

O‘simliklarda vegetativ organlar deb, ularning individual hayotini saqlab qoluvchi organlarga aytiladi. YUksak o‘simliklarda ildiz,poya, barglar asosiy vegetativ organlar hisoblanadi. Ildiz o‘simliklarning substratga mahkam birikishi va mineral tuzlarni shimib olishi uchun barglar fotosintez prosesida organik moddalar ishlab chiqarish va suvni bug‘latish (etranspiratsiya) hamda gaz almashishi,poyalar,barglarning yaxshiroq joylashishi va oziq moddalarni ildizdan bargga va aksincha bargdan ildizga o‘tkazib turish uShun xizmat qiladi. Poya o‘zidan joy olgan barglar bilan novda deb ataladi.Bundan tashqari vegetativ organlarda qo‘shimcha ildizlar, qo‘shimcha kurtak va qo‘shimcha novdalarni ham kiritamiz.
Novda.
Novda deb-bargli poyalarga aytiladi.Bir vegetatsiya davrida kurtakdan chiqqan novda bir yillik novda deb ataladi. Ko‘p yillik o‘simliklar oldinma -oldin paydo bo‘ladigan bir yillik o‘simliklarning asosiy poyasi bilan har bir Shoxini novda deb atash mumkin. Shuning uchun novdani bir vegetatsiya davrida kurtakdan o‘sib chiqgan va Shoxlanmagan bargli va kurtakli poya deb ta’riflash aniqroq bo‘ladi.
Poyaning barg chiqargan qismi bo‘g‘im deb ataladi.Poyaning bir bo‘g‘imi bilan ikkinchi bo‘g‘imi orasidagi qism bo‘g‘im oralig‘i deb ataladi. Barg va poya o‘rtasidagi burchak barg qo‘ltig‘i deyiladi. Ko‘pchilik o‘simliklarda poya uchiga yaqinlashgan sari bo‘g‘imlar oralig‘i qisqarib, barglar maydaroq va zichroq bo‘lib boradi,poyaning eng uchida esa tepa kurtagi bo‘ladi. Bu kurtak boshlang‘ich novda bo‘lib, u boshlang‘ich barglardan iboratdir. Oddiy karam boshini yirik o‘sib etgan kurtak desa bo‘ladi. Urug‘li o‘simliklarning barg qo‘ltig‘ida bitta yoki bir nechtadan qo‘ltiq yoki yon kurtaklar bo‘ladi. Kurtaklar ustma ust joylashgan bo‘lsa (qator),serial (uchqat,yong‘oq,oq akatsiya asosan ikki pallalilarda )yonma yon joylashgan bo‘lsa, kollaterial (olxo‘ri,g‘alla o‘simliklar asosan bir pallalilarda ) kurtaklar deb ataladi. Ko‘pgina o‘simliklarda kurtaklar bo‘g‘im oraliqlari,tananing Yuqori qismi, ildizlar va barglarda hosil bo‘ladi. Bunday kurtaklar qo‘shimcha va barglarda hosil bo‘ladi. Bunday kurtaklar qo‘shimcha kurtaklar deb ataladi.
Poya uchidagi tepa kurtagi sharsimon , konussimon bo‘lib, o‘sish konusi deb ataladi. Shu o‘sish konusidagi meristema hujayralari (hosil qiluvchi to‘qima)ning bo‘lishidan novda bo‘yiga o‘sadi.
Novda bo‘yiga o‘sgan sari kurtakning pastki barglari asta-sekin kattalashib, pastga egiladi, ularning Yuqori tomoni tezroq o‘sadi, bo‘g‘im oralig‘i cho‘ziladi, shu bilan birga o‘sish konusidagi yangi boshlang‘ih barglar hosil bo‘ladi.Shunday qilib poyaning uchida tepadan o‘sish hodisasi yuzaga keladi. Bundan tashqari ko‘pchilik o‘simliklarda ancha vaqtgacha interkaryar yoki qo‘shimcha o‘sish deb ataladigan o‘sish ham ko‘rinadi. Bunday o‘sish bo‘g‘im oralig‘ining asosida (g‘alladoshlar) yuzaga chiqadi. Natijada o‘suvchi zonalar endi o‘sishdan qolgan to‘qimalar bilan bir-biridan ajralib turad.
Poya tanasidagi o‘sish zonasi ildiz uchidagi o‘sish zonasiga nisbatan ancha uzunroq bo‘lib, bir necha sm dan bir necha 10 sm gacha boradi. Bo‘yiga o‘sish tepaning o‘zida boshlanmasdan, bir oz pastroqdan ,oldinroq paydo bo‘lgan hujayralar endi bo‘yiga cho‘ziladigan joyda boshlanadi. O‘ish tezligi sharoit qulay bo‘lganda o‘rtacha mino‘tiga 0,005 mm ga boradi. Kamdan -kam o‘simliklarda o‘sish tezligi yana ham kattaroq, bambuklar qulay sharoitda mino‘tiga 1,6 mm o‘sadi. Bunday bambuklarning poyasi bir so‘tkada 30-50 sm dan 90-100 sm gacha o‘sadi ( tropik va subtropik o‘rmonlarda ).
Sovuq va o‘rtacha mintaqada o‘sadigan daraxt va bo‘talarning novdalari kuzdan (yoz oxiri ) boshlab bo‘yiga o‘sishdan to‘xtaydi. Novdaning tepasi va barglar qo‘ltig‘ida qishlovchi yoki tinimdagi kurtaklar hosil bo‘ladi, bu kurtaklardan kelgusi yili yangi novdalar o‘sib chiqadi. Kurtaklar qattiq va qo‘ng‘ir kurtak po‘stlog‘i bilan qoplangan. Bu qobiqlar kurtakning ichki qismini himoya qilib turadi.
Barg hosil qiluvchi kurtaklardan tashqari , yana gullar yoki to‘p gullarpaydo qiladigan gul kurtaklari ham bo‘ladi (bo‘lar ham shakli o‘zgargan novdadir). Ko‘pchilik o‘simliklarda gulkurtaklari yirikroq bo‘lishi bilan ajralib turadi. Nihoyat aralash kurtaklar deb ataladigan kurtaklardan bargli novdalar va gullar o‘sib chiqadi.
Daraxt va bo‘talarning bargsiz Shoxlaridagi kurtaklarning joylashishiga qarab, ularning Shoxlanish sistemasini bilish mumkin. Daraxt va bo‘talar simpodial, monopodial va soxta dixotamik tipda Shoxlanishi mumkin.
Simpodial Shoxlanishda o‘simlikning asosiy tepa kurtagi tushib ketadi yoki qurib qoladi yoki o‘sishdan to‘xtaydi, uning o‘rnini qo‘ltiq kurtak egallaydi. Bunday Shoxlanish qayin, tog‘terak, tol, qayrag‘och,lipa, o‘rmon yong‘og‘i, olxo‘ri, olcha, va boshqa o‘simliklarda uchraydi.
Nina bargli o‘rmon hosil qiluvchi daraxtlarda ko‘pincha zarang, dub, qora qayinlarda Shoxlanishning monopodial tipini uchratamiz. Bu o‘simliklarning haqiqiy tepa kurtaklari bo‘ladi. Shu kurtaklarning o‘sishidan monopodial Shoxlar vujudga keladi.
Nihoyat Shox tepasida ikkita qarama-qarshi kurtak va ular orasida qurib qolgan tepa kurtak yoki barg kindigi turgan bo‘lsa bunday Shoxlanish soxta dixotamik Shoxlanish deb ataladi. M: siren, ba’zan zarangda kashtan daraxtida va boshqa o‘simliklarda Shunday Shoxlanish tipi bor.
Daraxtlarning umuman gulli o‘simliklarning novda bermaydigan qo‘ltiq kurtaklari odatda tushib ketmay, Shoxlarda saqlanib qoladi va yashirin kurtaklarga aylanadi. Bunday kurtaklar daraxtchil o‘simliklarda bir necha yillab saqlanishi mumkin. Ba’zan o‘sha kurtaklar ustidagi Shoxlarni sovuq ursa, qirqilsa, (toqda xomtob), chopib tashlansa (tol) Shox-shabbalar shikastlansa, o‘sha yashirin kurtaklar novda chiqarishi mumkin. Bunday novdalar suv novdalari yoki bachki novdalar deb ataladi. Ulardan chiqqan novdalar tez o‘sadi, barglari yirikroq bo‘ladi. Bu xildagi novdalarni , dubda, qayrag‘ochda, zarangda, qora terakda, mirza terakda va boshqa o‘simliklarda ko‘p uchratamiz. Bunday kurtaklar meva daraxtlarida paydo bo‘lsa, odatda yo‘q qilinadi, chunki ularning hisobiga cho‘l kurtaklari, ya’ni meva kurtaklari kamayadi.
Mevachilikda va manzarali o‘simliklardan foydalanish, ko‘paytirishda o‘simlik Shoxlarini kesib, taroshlash katta ahamiyatga ega. Shoxlar kesilgandan keyin yashirin kurtaklar uyg‘onib novda chiqaradi va natijada Shox-shabbalari ancha zichlashib, dekorativ tirik devor bo‘ladigan (ligustrum) o‘simliklarda husn beradi, odamlarga zavq bag‘ishlaydi.
Ko‘pgina o‘simliklarning hayotida qo‘shimcha kurtaklar ham katta ahamiyatga ega. Qo‘shimcha kurtaklar poyalarning pastki qismlarida va ildizlarida endogen yo‘l bilan poyalarning Yuqori qismida va barglarda ekzogen yo‘l bilan hosil bo‘ladi. Poya va ildizlarda qo‘shimcha kurtaklar kambiy va peresikldan hosil bo‘ladi.
Poya o‘simlik tanasuning ko‘pincha ichki radial tuzilishga ega bo‘lgan, bo‘yiga tepasidan o‘sadigan, o‘sish uzoq cho‘ziladigan, barg chiqaradigan, kurtaklar hosil bo‘ladigan, o‘simlik organi hisoblanadi. Er usti poyaning asosiy funksiyalari Shoxlanish, barg chiqarish va ularni yorug‘ga qulay joylashtirish yo‘li bilan o‘simlik yuzasini kattalashtirish, o‘simlikning eng muhim organlari, ildiz va barglar o‘rtasida moddalarning harakatlanishiga vositachi bo‘lish, ko‘payish gul hosil qilishdan iborat. Ba’zan poyalar zapas oziq modda to‘plash, barg vazifasini, himoya vazifasini, osilib o‘sish vazifasini (poya gajaklari) ham bajarishi mumkin.
Poya ko‘pincha silindri, ba’zan uchqirrali (qiyoq, saomalaykum), to‘rt qirrali (labguldoshlar), ko‘p qirrali, yassi yoki yapaloq (kaktuslar), bochkaga o‘xshash qovariq bo‘lishi mumkun.
Poyalar o‘sishiga qarab har xil tipda bo‘ladi:
1.Qisqargan (zupturum ),piyozlar
2.Tik o‘suvchi (daraxtlar, g‘oza, bug‘doy )
3.Sudralib o‘suvchi poyalar, bunday poyalar erda yopishib bo‘g‘imlaridan qo‘shimcha ildiz chiqarib erga o‘rnashib oladi (qulupnay, g‘ozpanja, oshqovoqlar ) va sudraluvchi novdalari yordamida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chadi.
4.YOtib o‘suvchi yoki yoyilib o‘suvchi poyalar ham sudraluvchi poyalarga kiradi, lekin bu poyalar qo‘shimcha ildiz chiqarmaydi (qush tili, temirtikanlar).
5.CHirmashuvchi poyalar bunday poyalar qo‘shni o‘simliklarga yoki boshqa tayanchga tikanlari, ilmoqlari,gajaklari bilan chirmashib, tanasini, barglarini yorug‘likka tomon ko‘taradi. Bunday o‘simliklarga tropik mamlakatlarda keng tarqalgan daraxsimon va o‘tsimon lianalar, o‘zimizda tarqalgan pechakdoshlar oilasining vakillari misol bo‘ladi (ilon pechak, qo‘ypechak, ishqandargul, tez o‘sadigan uzun bo‘g‘imli liana), qo‘shni o‘simliklarga tayanmasa o‘zi osadigan o‘rmon yoki o‘tloqdan Yuqoriga, yorug‘likka chiqa olmas edi.
Poyalarning katta kichiqligi ham har xil bo‘ladi. Avstraliyada o‘sadigan evkaliplarning balandligi 155 mgacha, Kaliforniyada mamont daraxti 142 m o‘sadi(SHimoliy Amerika ). O‘rmon hosil qiluvchi daraxtlardan qora qarag‘ay 50 m, qarag‘ay 40-50 m gacha dub 40 m, zarang va qayin 25-30 m gacha o‘sishi mumkin. Daraxtlar yo‘g‘onligi ham turlichadir. Afrikada o‘sadigan baobab daraxti poya diametri 10 m, mamont daraxti 10-11m gacha etadi. Eng kichik gulli o‘simlik vulfiya bo‘lib, uzunligi 1,5 mm keladi.
O‘tlar poyasining va yog‘ochli poyalarning birinchi yili hayotida birlamchi anatomik tuzilish kuzatiladi. Poyalar ham o‘sish konusidan Yuqoriga qarab o‘sadi. Poyaning asosiy elementlari bir pallali o‘simliklar misolida ko‘rib chiqamiz. Bir pallali o‘simliklarning poyasi faqat birlamchi yog‘ochlanadi. CHunki prokambiy yopiq tolali naychalar hosil bo‘lishiga batamom sarflanadi. Ko‘pchilik bir pallalilar poyasining ichi to‘q bug‘doy, sholi, arpa poyasining ichi bo‘sh -kovak bo‘ladi, Shuning uchun poxol poya deyiladi. Makkajo‘xori tashqi tomondan epidermis, uning ostidan mexanik to‘qima-sklerenxima joylashadi, undan keyin yupqa devorli asosiy parenxima joylashgan. YOsh o‘simliklarda asosiy parenximasida Yashil rang beruvchi xloroplastlar bor. Asosiy parenximaning markaziy qismida yopiq tolali nayli bog‘lam tartibsiz joylashgan. Poyaning markazida o‘lik hujayralardan tashkil topgan o‘zak bo‘ladi. Ikki pallalilarning poyasining tuzilishini tekshirsak unda markazida o‘zak, so‘ng birlamchi yog‘ochlik kambiy, ikkilamchi lub, asosiy parenxima, lub tolalari, po‘tloq parenximasi, kollenxima epidermis joylashganligini ko‘rish mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan har bir element o‘ziga xos funksiyalarni bajarishga moslashgan bo‘lib o‘simlik hayotida nihoyatda katta rol o‘ynaydi.
Suv o‘simliklari va boshqa botqoqliklarda o‘sadigan o‘simliklarning poyasi hujayralari orasida zapasi bo‘ladi -Aerenxima deb ataladigan bunday to‘qimalar botib to‘rgan qismida bo‘ladi.
4.Novdalar ham metamorfozga uchrashi mumkin. Ko‘pchilik o‘simliklar daraxt va bo‘talarning qo‘ltiq kurtagidan qisqargan novdalar chiqadi. Qisqargan novdalarni tog‘ terak, terak, qayin, olma, nok va qarag‘ayda yaqqol ko‘rish mumkin. Lavlagi, turp va boshqa ildizmevali o‘simliklarning birinchi yil chiqaradigan barglari qisqargan novdalardir.
Ko‘pgina daraxt va o‘tlarning qisqargan novdalari metamorfozaga uchrab, tikanlarga aylanadi. YOvvoyi olma, yovvoyi nok, tog‘ olcha, do‘lanalarga gledichiya va boshqa qurg‘oqchil iqlimli rayonlarda (cho‘llar) ko‘p uchraydi. Tikanlar hayvonlarga em bo‘lishdan saqlaydi.
CHirmashib o‘sadigan lianalarda ba’zan novdalar metamorfozaga uchrab jingalaklar hosil qiladi (yovvoyi va madaniy toklar qovoqdoshlar).
Ko‘pchilik o‘simliklarda novdalar oziq moddalar to‘planadigan joyga aylanishi mumkin. Bir yillik o‘tlar yilning noqulay fasllari (qish qurg‘oqchilik)dan chiqish maqsadida ko‘pchilik o‘simliklar vegetativ ko‘payishga xizmat qilish uchun novdalari metamorfozlashgan. Ildizpoyalar, tugunaklar va piyozboshlar Shunday o‘zgargan novdalardir.
Ildizpoya deb poyaning er ostida turadigan tashqi ko‘rinishi jihatidan ildizga o‘xshab ketadigan qismiga aytiladi. Bug‘doyiq, giyohlar, qamish, ajriq, otquloq, navro‘zgul va qirqbo‘g‘imlar misol bo‘ladi.
Ildizpoyalardan har yili yangi o‘simlik (bir nechta ) o‘sib chiqadi. Ildizpoya yordamida o‘simliklar vegetativ ko‘payadi. To‘qayzorlarda bunday o‘simliklar ko‘p bo‘ladi.
Poya tugunaklari ham shakli o‘zgargan poyalar bo‘lib, ular ham er ostida va er ustida hosil bo‘lishi mumkin. Bunga kartoshka tugunagi, kolrabining er usti tugunagi, topinambur va boshqa o‘simliklar misol bo‘ladi.
Piyozbosh ham shakli ozgargan novda bo‘lib, noqulay sharoitdan chiqib olish va vegetativ ko‘payish uchun xizmat qiladi. Piyozboshda bir-biriga zich yopishgan barglar bo‘ladi. Bu esa uning poya ekanligini ko‘rsatadi. Piyozboshda kurtaklar bo‘ladi. Ko‘pgina o‘simliklarda (piyoz, lola) bu kurtakdan o‘simlikning er usti havo poyasi vujudga keladi. YOn qo‘ltiq kurtaklarida esa yangi piyozbosh hosil bo‘ladi, bu hol har yili takrorlanaveradi.
Piyozboshli va tugunakli o‘simliklar bir pallalilar orasida (boshoqdoshlar, piyozdoshlar, hiloldoshlar ) ayniqsa ko‘p bo‘lib, asosan quruq yog‘ingarchilik kam bo‘ladigan issiq mamlakatlarda tarqalgan eng ko‘p cho‘llar zonasida tarqalgan. Ularning ko‘pchiligi yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan qisqa fasllarda o‘sib gullaydi va hosil beradi (erta bahor, ba’zan kuzda), yilning qolgan ko‘p qismini piyozbosh yoki tugunak holida o‘tkazadi(efimeroidlar). Qurg‘oqchil Meksika cho‘larida o‘sadigan kaktuslarning barglari reduksiyalanib, tikanga aylangan, barg vazifasini esa poyalar bajaradi, bu poyalar bir talay suv parenximaga ega bo‘lib qalin, sershira bo‘lib ketgan va sharsimon yoki yapaloq plastinkasimon shaklga kirgan. Poyasida suvli parenximasida suv to‘playdigan o‘simliklar sukkulentlar deb ataladi. (Kaktuslar, agavalar, semizo‘t). Kaktuslarning ba’zilari 1000 l dan ortiq suv to‘plashi mumkin. SHo‘rxoklarda o‘sadigan o‘simliklarni (galofit ham sukkulent desak bo‘ladi (qizilsho‘ra, qora barkent va boshqa o‘simliklar).

SAVOLLAR.
1.O‘simlik vegetativ organlariga qaysi organlar kiradi?
2.Kurtakning qanday shakllari mavjud?
3.Poya qanday vazifani bajaradi?
4.Poyaning qanday tiplari bor ?
5.Novda va poyaning bir-biridan farqi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin