Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə26/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Poyaning ichki tuzilishi.
Poyaning ichki tuzilishi odatda uning asosiy vazifalarini bajarishga monand ravishda tuzilgan. Poyaning ichida o‘tkazuvchi to‘qimalar bo‘lib, o‘simlikning barcha organlarini birlashtiradi, mexanik to‘qimalarning mavjudligi esa mustahkamlik berib turadi. Poya va umuman novdaning o‘zi, hamisha o‘sib, yangi organlarni hosil qilib turishi sababli, "ochiq" sistemadir.
O‘tkazuvchi va mexanik to‘qimalardan tashqari poyada qoplovchi to‘qimalar ham bo‘ladi. Ularning mavjudligi ichk to‘qimalarni tashqi ta’ssurotlardan saqlanishini va yoriqchalar (havo yo‘li) orqali gazlar almashuvini ta’minlaydi. Aytib o‘tilgan to‘qimalardan tashqari turli o‘simliklar poyasida yana g‘amlovchi, assimilyasiyalovchi, ajratuvchi va boshqa to‘qimalar ham bo‘lishi mumkin.
Turli to‘qimalarning qanday tartibda joylashganligini o‘tchil o‘simliklar poyasini o‘rganishdan boshlash ma’qulroq. CHunki ularda ko‘p yillik daraxt poyalaridagidek, kambiy tufayli bo‘ladigan ikkilamchi o‘zgarishlar birlamchi tuzilishini unchalik o‘zgartirib yubormaydi. Poyada bir-biridan ajralib turuvchi 3 ta anatomik zona (qism) larni ko‘rish mumkin: qoplovchi, birlamchi po‘stloq va markaziy (o‘q) o‘tkazuvchi to‘qimalarni o‘z ichiga olgan poyaning markaziy silindr qismi o‘zak yoki stel (yunon.stela- ustun) bo‘ladi. Har qanday poyani tashqi tomondan epiderma qoplab turadi. U bosqa to‘qimalarga qaraganda birmuncha oldin differensiyalanadigan birlamchi qoplovchi to‘qimadir. Epiderma ostida, parenximadan yoki parenxima va mexanik to‘qimalardan (ikki pallalilarda kollenximadan, bir pallalilarda -sklerenximadan) tashkil topgan birlamchi po‘stloq joylashadi.
Birlamchi po‘stloqning eng tashqi parenxima hijayralari fotosintez vazifasini bajarishi mumkin. Eng ostki bir qator parenxima hijayralari kraxmal to‘plovchi hujayralar (qinlarga)ga aylanadi. Ana shu xil hujayralar po‘stning o‘rta qismida joylashgan bo‘lib, suberinga o‘xshash, (po‘stni po‘kakga aylantiruvchi ) moddalar to‘planadi.
Natijada hujayra devorlarining o‘rta qismi yo‘g‘onlashib, po‘kaklashib, keyin esa yo‘g‘onlashib yo‘l-yo‘l chiziq hosil qiladi, ularni Kaspari kamarlari (tasmalar) deb ataladi.
Poyaning ichki qismini markaziy silindr egallaydi. Markaziy silindrning eng tashqi birlamchi po‘stloq bilan chegara qismida peresikl (yunon.peri- atrof; siklos- aylana), ya’ni vaqtincha meristema vazifasini bajaruvchi (epiderma ostida joylashgan) tirik hujayralar bo‘ladi. Ba’zi o‘simliklarda peritsikl bo‘lmasligi ham mumkin.
Birlamchi meristemalar faoliyati tufayli poyaning birlamchi tuzilishi shakllanadi. Birlamchi tuzilishi uzoq vaqt saqlanishi mumkin, lekin agar prokambiydan kambiy hosil bo‘lsa, ikkilamchi yo‘g‘onlashish boshlanadi. Vaqt o‘tishi bilan esa epiderma va birlamchi po‘stloq nobud bo‘ladi, uning o‘rniga periderma (yunon. peri-yonida, derma-po‘st) rivojlanadi. Shu tariqa poyaning ikkilamchi tuzilishi shakllanadi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin