Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Barg metamorfozasi va reduksiyasi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə32/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Barg metamorfozasi va reduksiyasi.
Turli o‘simliklarda barglarni turlicha metamorfozaga uchraganini ko‘rish mumkin. SHaklini o‘zgartirgan bargni barg ekanligini poyalarda qonuniy tarzda joy olganligi ular bilan kurtak yoki Shoxlar o‘rtasidagi munosabatlar bilan isbotlash mumkin.
Har xil oilaga kiradigan ko‘pgina o‘simliklarda barglarning ma’lum bir qismi tikanga aylanadi. Bu tikanlar odatda bargning chetidan va tepasiga chiqib turadigan qattiq ninalar ko‘rinishidagi tomirlar uchidan iborat bo‘ladi. Masalan: qushqo‘nmas o‘simligining turli xillarida bu hodisani ko‘rish mumkin. Zirkning uzun novdalaridagi barglar 3-7 bo‘lakli tikanlarga aylangan.Ularning barg ekanligi qo‘ltiqlarga normal bargli qisqargan novdalarga aylanadigan kurtaklari borligi bilan isbot qilinadi. Ko‘pgina morfologlar kaktuslarning tikanlarining ham shakli o‘zgargan barg deb hisoblaydilar. Biroq kaktuslarning barglari barvaqt tushib ketadigan po‘st shaklida bo‘ladi. O‘sha po‘slarning qo‘ltiqlarida o‘qi (poyasi) taraqqiy etmay qoladigan barglari tub tikanlarga aylanadigan novdalarni hosil qiluvchi kurtaklari bo‘ladi. Bu tikanlar o‘simlikning hayvoga em bo‘lishidan saqlaydi. CHirmashib o‘suvchi ko‘pgina lianalarda barglarning bir qismi gajaklarga aylanadi. Masalan no‘xat, china yovvoyi no‘xatlarda bu hodisani ko‘rish mumkin.
Ko‘pgina o‘simliklarda barglar metamorfozaga uchrab xilma-xil qobiqlarga aylangan. Bunday qobiqlar ildiz poyalarida, piyozboshlarda, kurtaklarida Shuningdek ba’zan er usti poyalarida ham uchraydi.
Talaygina Avstraliya akatsiyalarda barg plastinkasi taraqqiy etmasdan barg bandi metamorfozaga uchrab, filodiya deb ataladigan bargsimon yapaloq tuzilmaga, shu tuzilma barg vazifasini bajaradi.
Hasharotxo‘r o‘simliklarning barglari.
Hasharotxo‘r o‘simliklarning juda ajoyib biologik guruhdir. Hasharotxo‘r o‘simliklarga rossiyankasimonlar, pufakchasimonlar, sarratsensiyasimonlar, nepentensimonlar va kefalatsimonlar oilalarining 450 ga yaqin turi shu guruhga kiradi. Bu o‘simliklar hayvon ovqati bilan (oziqlanmasdan) oziqlanmasa normal taraqqiy eta olmaydi. Lekin tekshirishlarga ko‘ra ozig‘ga go‘sht qo‘shilsa, rivojlanishi ancha kuchayadi. Ravshanki, uy hayvonlardan hasharotlardan qo‘shimcha azotli moddalarni qisman mineral tuzlarni ham oladi. Ular ko‘pchiligining azotli birikmalar va qisman mineral tuzlar kam bo‘ladigan botqoqli erlarda va torf zonalarda o‘sishi ham Shunga bog‘liq.
Hasharotlar bu o‘simliklardan bir xilining alohida ko‘zachalariga qo‘tichalariga pufakchalariga tutib qoladi va ulardan chiqib ketolmay o‘sha erda o‘lib halok bo‘ladi. masalan nepentusda Shunday bo‘ladi. Boshqa xillarda esa maxsus yopishqoq boshchalariga yopishib qoladi. Nihoyat uchinchi xillarida barg plastinkalari tez-tez harakat qilib hasharotlarni quvib to‘tib oladi,to‘tilgan hasharotlar to‘tqich apparatlari chiqaradigan kislotalar va ptoteolitik fermentlar yordamida hazm bo‘ladi (alprovidi) .

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin