Barglarning filogenezi. Barglarning kelib chiqishi to‘g‘risida har xil gipoteza bor.Dastlabki quruqlik o‘simliklari er geologik tarixining silur va devon davrida yashagan psilofitlari tuzilishini tekshirishga asoslangan nazariya keyingi vaqtlarda haqiqatga yaqinroq deb hisoblandi. Ma’lumki psilofitlarning butun tashqi tananasi tallomdan iborat. Ba’zi psilofitlarda masalan, (asteroksilonda) tallomlari odatda mayda qil qanotsimon yoki patsimon o‘simtalar bilan qoplangan. Bu o‘simliklarning evolyutsiyasi keyinchalik turli yo‘l bilan boradi ba’zi birlarida tallomning mayda o‘simtalari kattalashib biror tarzda yapaloq shaklga kirib, fotosintezga qulaylashadi, ularga o‘q organlarning o‘tkazuvchi to‘qimasi bilan birlashgan o‘tkazuvchi bog‘lam rivojlangan bo‘ladi. Evolyo‘tsiyaning bu rivojlanishi mayda bargli Yuqori sporali o‘simliklar (plaunsimonlar ) va qirqbo‘g‘imlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu o‘simliklarning barglari o‘q organlar iayi enatsiyalar deb ataladigan mayda o‘simtalardan hosil bo‘lgan. Bu bargllarga mikrofill barg hosil bo‘lishi deyiladi.
Barg hosil bo‘lishini ikkinchi yo‘li katta barglarning, masalan: qirquloqlarda hosil bo‘lishiga taluqlidir. Bu barglarning hosil bo‘lishida dixotomik o‘q Shoxlarda -tallomlarda ularning bir tekislikda joy o‘zgarishi yassilanishi yon qismlar bilan qo‘silib ketishi bo‘yicha cheksiz o‘sishi qobiliyatini yo‘qotishi bilan vujudga keladi. Bu tipdagi barglar o‘zining morfologik tabiatiga ko‘ra kladodiyalarga o‘xshash bo‘lib, kelib chiqish jihatidan (kladodifikatsion) tipdir. Bu barg hosil bo‘lishining makrofill nazariyasi deb ham ataladi.
SAVOLLAR.
Barg qanday vazifalarni bajaradi?
YOn bargchalarning ahamiyati nimadan iborat ?
Bargda qanday hujayralar bo‘ladi ?
Barglarda metamorfozlar holatini qaysi holatlarda kuzatish mumkin?