Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


-Mavzu: SHILIMSHIQSIMONLAR—MIKSOFITA



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə41/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

15-Mavzu: SHILIMSHIQSIMONLAR—MIKSOFITA
Reja:
1. Shilimshiqsimonlar—Miksofita tuzilishi
2. Shilimshiqsimonlar—Miksofita klassifikatsiyas
3. i Shilimshiqsimonlar—Miksofita kelib chiqishi

Hajm jihatdan katta bo`lmagan zambrug`larga yaqin bo`lgan bu o`ziga xos tuzilishi bilan boshqa tuban o`simliklardan farq qiladigan «shilimshiqsimonlar» deb nomlangan gurux ko`pchilik botaniklar tomonidan mustaqil bo`lim sifatida tan olingan.


Bulardan vegetativ tanasi po`stsiz ko`p yadroli plazmadan iborat bo`lib uning tarkibida 75% suv, qolgan qismini 30 % oqsil bundan tashqari yana glikogen, vakuola,ayrimlarida 28 % gacha oxak moddasi va boshqalar bo`ladi. Ko`pchilik shilimshiqlarning plazmodiysida sariq pushti,qizil binafsha qora bo`yoq beruvchi pigmentlar bo`ladi.
Bulardagi ranglar har bir tur uchun doimiy bo`ladi. Plazmodiysi rangli bo`lgan shilimshiqlarni spora xosil qilishlari uchun yorug`lik kerak bo`ladi.
Xajm turlicha, mikraskopik, xoldan to diametri bir necha 10 sm gacha etadiganlari ham bor. Bularni plazmodiysi hayoti davomida sharoitga qarab o`sib xajmi kattalashib boradi. 1sm li Fizorium polusefarim plazmodiy bir xaftada 25 sm 2 ga etishi mumkin.
Oziqlanish asosan saprofit, ular o`rmonlarda keng tarqalgan bo`lib chirigan to`nkalarda, to`kilgan po`stloq va barglarda yashaydi. Ozuqa moddalarni tanasining hamma qismi orqali surib oziqlanadi, yoki ular tirik bakteriya, amyoba, xivchinlar zambrug` mitselisi va sporalarining ham o`rab olib ular bilan oziqlanishi mumkin. Shuning uchun shilimshiqlarni sof saprofit deb bo`lmaydi. Uning plazmiysi oziqa modda tomon amyoba singari harakat qiladi Bu davrda yani vegetatsiya davrida nam tomonga xarakat qiladi. Lekin xarakat kuchigi xosil bo`lishi etarlicha o`rganilmagan. Bir minutda 0,1- 0,4 mm xarakat qiladi. Noqulay sharoitda plazmodiy qalin po`stga o`ralib sklerotsiy xosil qiladi. Noqulay sharoitda fuliga shilimshig`ini sklerotsiysi gerbariyda 20 yildan keyin ham hayotchanligini saqlab qolganligi aniqlangan Ko`payish oldidan uning plazmodiysi namlikdan yorug`likka tomon harakat qiladi. Shu paytda to`nka tomondan yorug`lik tomon xarakatlanayotgan plazmodiy ehtiyotlik bilan joyiga qo`yilsa ko`z o`ngimizda plazmodiyni spora beruvchi organga aylanishini kuzatish mumkin. Bujarayon ayrimlarida bir necha soatga, hatto 2 sutkaga cho`zilishi mumkin. Ayrim shilimshiqlarda spora xosil qiluvchi organlar birlashib usti po`st bilan o`raladi. Uni etoliy deb yuritiladi.
Spora xosil qiluvchi organlar ichida sporalar xosil bo`ladi. Sporalar etilganda uning o`rab turgan po`sti yoriladi va sporalar havo oqimi orqali tarqaladi. Ko`pchilik shilimshiqlarda sporalarni tarqatishga ixtisoslashgan iplar kapillitsiy bo`ladi. Ular Shoxlangan yoki aksincha naycha va boshqa shakllarda bo`lib ko`zga sezilmagan darajada xarakat qiladi.
Suyuqlik bo`lgan muhitda sporalar unadi, agar sharoit bo`lmasa bir necha 10 yillab unish qobiliyatini saqlay oladi. Agar oziqada yoki suvda spora unsa undan po`stining teshigi orqali 1-2, 4-8 gacha zoospora chiqadi. Ular 2 xivchinli bo`ladi. Agar namli joyda spora unsa xivchin xosil bo`lmaydi.,amyoba chiqadi. Uning miksamyoba deyiladi. Zoospora va miksamyobalar soni ortishi mumkin. CHunki ular bo`yiga bo`lishi mumkin. Bazan muhit sharoiti o`zgarishi bilan zoospora va miksamyobalar o`zaro qo`shiladi, jinsiy jarayon sodir bo`ladi,yadrolar ham qo`shiladi. Natijada diploid yadroli miksamyoba xosil bo`ladi. Bu yangi plazmodiy rivojlanishining boshlanishidir. Uning yadrosi mitoz yo`l bilan bo`linadi. Shundan keyin DNK sintezi boshlanadi va u 1-2 soat davom etadi. Shunday qilib plazmodiy xajmi kattalashadi , yadro moddasi xisobiga , yadro bo`linib plazmodiy ko`p yadroli bo`lib qoladi.
Kichik diploidli plazmodiylar qo`shilib kattalashadi va ular yana namli va oziqali joylar tomon xarakatlanadi.
Ko`pchilik shilimshiqlar kosmopolit, faqat ayrim turlargina issiq o`lkalarda uchraydi. SHilimshiqlar orasida keng tarqalgan turlaridan biri likogala epidendrumdir. Uning pushti rangli plazmodiysi eni 1,5 sm ga etadigan spora xosil qiluvchi organlari xalok bo`lgan yog`ochlilarda kuzatiladi, keyinchalik spora xosil qiluvchi organlarning rangi qo`ng`ir tus olib po`sti yupqalashadi, ustki qismida teshiklar xosil bo`ladi va shu teshiklardan sporalar tarqaladi.
Fizarium- turkimi 80 dan ortiq turga ega bo`lib shilimshiq turkumlari orasida 1 chi o`rinda turadi. Ularning plazmasi rangsiz yoki sariq rangli. Spora xosil qiluvchi organlari rangli va tuzilishiga ko`ra xilma xil bo`ladi. Bular uchun po`stida oxakni bo`lishi va kapilyatsiyalari bo`g`imli bo`lishi xarakterlidir.
Tekinxo`rlik bilan yashashga ixtisoslashgan turkumlari orasida eng muhimi karam kilasining quzg`atuvchi va boshqa karamdoshlar oilasida mansub o`simliklarda parazitlik qilib yashovchi Plazmadiofera brassikaedir. Bu bilan kasallangan karam ildizlarida shishlarning bo`lishi o`zgacha ko`rinish xosil qilishi xarakterlidir. SHishlar o`simlik xajmining 50 % ni tashkil qiladi. Agar u bilan zararlangan karam ildizini dastlabki davrida kesib kuzatilsa xujayra ichida miksamyoba yoki shilimshiqning plazmodiysini kuzatish mumkin. Keyinchalik kuzatilsa xujayraning ichki qismi sharsimon sporalar uyumi bilan to`lib turganini ko`rish mumkin. Bu bilan kasallangan o`simlik ildizi xujayralari shu qadar tez kattalashib bo`linib ko`payadiki natijada shishlar paydo bo`ladi. Agar karam ko`chatlari u bilan zararlansa karam to`liq rivojlanmayda. Ildizi chirib sporalar uyumi tuproqqa tushadi. Buning sporalari tuproqda yomg`ir chuvalchanglari , xashoratlar suv oqimi yordamida tarqaladi. Noqulay sharitda uzoq vaqt unish qobilyatini saqlab qoladi. Sporasi unsa 2 xivchinli zoospora xosil bo`ladi yoki zoospora miksamyoba hosil bo`lib u yangi nihollarni zararlaydi. Dastlab ildiz tukchalari orqali epiblemaga so`ng ichki xujayralarga o`tadi. Ildizning ichki xujayrasiga o`tib qo`shiladi va natijada ko`p yadroli plazmodiy xosil bo`ladi. Bu kasallik qadimdan malum bo`lib , sabzavotchilikka katta zarar etkaztb kelgan bo`lsada , uning paraziti xashorat yoki noqulay sharoit tufayli xosildorlik kamaygan bo`lsa kerak deb o`ylab kelishgan.
Bu kasalikni 1 chi bo`lib o`rgangan olim M.S. Voronindir. U 1875 yili karam kilasi kasalligi qo`zg`atuvsisini sinchiklab o`rgangan va unga qarshi kurash choralarini bayon qilib bergan. Parazitni rivojlanishi uchun eng qulay sharoit tuproqni o`ta nam holda bo`lishi ekanligi aniqlandi.
KELIB CHIQISHI. Saprofit miksomiaitsetlar sodda xivchinlilarning ilk rivojlanish bosqichida ulardan ajragan va mustaqil rivojlanish yo`liga o`tgan bir tarmoq deyish mumkin. Bularning plazmodiysini tuproqda yashashga moslanish natijasi deb qarash mumkin. CHunki xozirgi ko`pchilik rangsiz xivchinlilar suv xavzalarida , suv qirishi bilan plazmodiy ko`rinishini oladi. Rivojlanish jarayonida sporalar xosil qilish quriqlikda yashashga qo`yilgan keyingi qadamdir.
Saprofit shilimshiqlar bilan parazit shilimshiqlar bir -biriga juda yaqin, ularda spora xosil qiluvchi organlari morfologik jihatdan farqlanadigan belgilarga ega emas. Malumki parazit turlari xujayra ichida hayot kechiradi. Hayot tarzining o`ziga xosligi spora xosil qiluvchi organlariga ham o`z tasirini ko`rsatgan.
Savollar:
1. Shilimshiqsimonlar—Miksofita qanday tuzilishga ega
2. Shilimshiqsimonlar—Miksofita klassifikatsiyasi
3. Shilimshiqsimonlar—Miksofita kelib chiqishi haqida nima bilasiz



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin