2-Mavzu: Zigomisetsimonlar sinfi
Reja:
1. Zigomisetsimonlar sinfining o ‘ziga xos xususiyatlari
2. Zigomisetsimonlar sinfi klassifikatsiyasi
3. Zigomisetsimonlarninh ko‘payishi
Zigomitsetlar sinfi. Bu sinfga mansub zamburug`larda mitselliysi yaxshi rivojlangan, lekin hujayrasiz tuzilgan, faqat etuk davrida to`siqlar hosil bo`ladi. jinssiz ko`payish harakatsiz sporangiy spralar yoki konidiyalar yordamida boradi. Jinsiy jarayon gametalarga tabaqalashmagan 2 hujayra mahsulotlarini o`zaro qo`shilishi orqali sodir bo`ladi. sinf 4 tartibdan iborat: mukerkabilar, entomoftorkabilar, endogokabilar, zoopagovkabilar.
Mukorkabilar tartibi. Bular tuban zamburug`lar orasida bir muncha asoslangan o`rinni ishg`ol qiladi. Tallom tuzilishi bilan oomitsetlarga yaqin turadi. Shuningdek ulardan morfologo - biologik belgilari orqali farq ham qiladi. Bularning tallomi shohlangan, yaxshi rivojlangan.
Gifalari bo`yalmagan bo`yi birnecha mm dan to birnecha sm gacha bo`ladi. yosh ilk rivojlanayotgan mitsellalari bir hujayrali bo`ladi. ayrimlarigina ko`p hujayrali bo`ladi. Bunday tana tuzilishi bir tomondan xaltachali zamburug`larni eslatadi. Ko`pchilik mukorlarda ko`ndalang to`siqlar, sporalar hosil qilish davrida kuzatiladi. Bularni gifalari deyarli morfologik tomondan bir xilda bo`ladi.
Ko`pchilik mukelarda jinsiy va jinssiz ko`payish kuzatiladi. Turning tabiatda saqlanishini taominlashda spora yordamida ko`payish birinchi o`rinda turadi. Bularda jinssiz ko`payish apparatini murakkab tuzilganligi ham o`ziga xosdir. Uning asosiy elementi spra va spora beruvchi organlardir. Jinsiy jarayon ikki hujayra maxsulotining o`zaro qo`shilishi orqali sodir bo`ladi va uni zigogamiya deb yuritiladi. Zigota esa zigospora deb yuritiladi. Uni unib o`sishidan jinsiy spora hosil bo`ladi.
Tartib birnecha oiladan tarkib topgan.
Mukordoshlar oilasi. Bularda sporangi sporalarni tarqalishi sporangiy po`stining yorilishi yoki erib ketishi tufayli sdir bo`ladi. sporangiylar ko`proq sharsimon , yaayrimlari kalbasasimon bo`ladi. Oila eng turga boy va keng tarqalgandir. Uni 12 turkum, 145 turi maolum. Asosan o`simlik qoldig`idan hosil bo`lgan chirindili tuproqlarda ko`p uchraydi. Shuningdek oziq-ovqat qoldiqlarida ham tarqalgan bo`lib, deyali saprofit organizmlardan tarkib topgan. Bularning ayrimlari fermentlik xususiyatiga ega bo`lib, achish jarayonini olib borishda qadimdan Osiyo xalqlari foydalanib kelishadi. Kartoshka tuganagidan spirt olishda ham keng qo`llaniladi. Mukerning ayrim turlari odam o`pkasida, bosh miyasida yashab zamburug` kasalliklarini hosil qiladi. Mukor turkumi oila orasida markaziy o`rinni ishg`ol qiladi. Uning sporangiy bandini uchki qismi sharsimon yaxlit bir boshcha yoki bandning Yuqori qismi monopodial, simpodial Shoxlangan bo`lib, ayrimlarida shingil shaklida bo`ladi.
Aktinomuker turkumi mukorga bir muncha yaqin bo`lib, sporangiy bandining Yuqori qismi g`ovaksimon bo`ladi. TSepinella turkumida sporangi bandi simpodial bo`ladi. Abisidiya turkumi 25 turga ega. Rizopus turkumi 11 turga ega.
Endogoniyakabilar. Bular o`rmonlarda moxlardan hosil bo`lgan to`shalmalarda tarqalan. Endogen turkumning 17 turi bor. Bularda sporangiylar er ostida zich joylashgan sporakarplarda etiladiyu jinsiy jarayon bir yadroli bir yirik ikkinchisi kichik hujayralarning qo`shilishi orqali boradi.
Entomoftorakablar tartibi. Bu bir oiladan iborat bo`lib, deyarli hamma turlari hasharotlarda parazitlik qiladi. Eng yirik turkum entomoftera 60 turga ega. Bular suvli muhitda yashovchi yuksak zamburug`lar orasidagi guruhdir. Uarda harakatchan sporalar o`rniga xavoda tarqaluvchi konibiyalar hosil bo`ladi. bular quruqlikda yashovchi hasharotlarda parazitlik qilib, er yuzining hamma qismida tarqalgan. Entomoftora turkumiga mansub zamburug`lar karam kuyasida, kanalarda parazitlik qiladi. Konidiya o`sib hasharot xalok bo`lganiga qadar bir necha kun kerak xolos.
Konidiyalar otilib xasharotning yuzasiga birikishi orqali kasallik boshlanadi. Konidiyalar 72 soat yashaydi. otilishi 2 sm masofaga boradi. Bular noqulay sharoitni tinchlikdagi sporalari orqali o`tkazadi. Tinchlikni o`tuvchi spora jinsiy yoki jinssiz yo`l bilan hosil bo`ladi. jinsiy jarayondan so`ng hosil bo`lgan tinchlikdagi spora zigospora deb yuritiladi va u qalin po`stli bo`ladi. Xonadagi pashalarning kasallanishi va xalok bo`lib ko`z oynalarida, deraza atroflarida ko`plab o`liklarining uchrashi entomoftora musse tufaylidir. Uning konidiyalari otilish va pashsha tana yuzasiga sanchilish xususiyatiga ega. Bu erda ham konidiya pashsha tana yuzasiga sanchilishi bilan kasallik boshlanadi. Bular ayrim zararli hasharotlarga qiron keltiradigan bo`lgani uchun ularni sunoiy oziqada o`stirish va biologik kurashda ulardan foydalanish muhim ahamiyatga egadir.
Savollar
1.Zigomisetsimonlar sinfining o ‘ziga xos xususiyatlariga misollar keltiring
2. Zigomisetsimonlar sinfi klassifikatsiyasi haqida nima bilasiz
3. Zigomisetsimonlarninh ko‘payishi
Dostları ilə paylaş: |