Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


-Mavzu: Askomisetsimonlar sinfi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə44/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

3-Mavzu: Askomisetsimonlar sinfi
Reja:

  1. Askomitsetlar sinfining o`ziga xos belgilari.

  2. Sinfga mansub zamburug`larning hujayra tuzilishi.

  3. Xaltachali zamburug`larning kpayishi, oziqlanishi.

  4. Askomitsetlarning tarqalishi, kelib chqishi, ahamiyati.

  5. Sinfning sistematikasi, yalang`och va meva xaltachalari.

  6. YAlang`och xaltachalilardan endomichetlar tartibining tavsifi.

  7. Meva xaltachalilarda meva tananing hosil bo`lishi, eurotsiyakabi lar, Shoxkuyakabilar, diskomitsetkabilar tartiblari, ularning muhim turkumlarining tavsifi.

Bular zamburug`lar orasida eng turga boy yirik sinflardan biri bo`lib, 30 ming turni o`z ichiga oladi yoki malum zamburug`lar tuzilishiga ko`ra o`ta xilma-xildir. Bu sinfga mansub turlar orasida kurtaklanish yo`li bilan ko`payadigan bir hujayrali achitqi zamburug`lardan tortib turli shaklda meva tana hosil qiladigan va har xil kattalikdagi mikroskopik turlardan tortib to meva tanasi 10-20 sm ga etadigan qo`ziqorin singari zamburug`larni uchratish mumkin lekin ular qanchalik xilma xil bo`lsa ham ularning hammasi uchun harakterli bo`lgan belgilardan biri jinsiy ko`payish jarayonida xaltacha hosil qilishdir. Xaltacha jinsiy jarayonda hosil bo`ladi va uning ichida odatda 8 ta spora etiladi. Sporalar xaltachaning ichida endogen yo`l bilan hosil bo`ladi va Shunga ko`ra, xaltachali yoki askospora deb yuritiladi. Xaltacha to`g`ridan-to`g`ri zigotadan yoki zigotadan hosil bo`lgan askogen gifalarda etilishi mumkin. Xaltachadagi yadrolar qo`shilib, keyin diploidli mitoz yo`li bilan bo`linadi.


Gaploid yadroli askosporalar hosil bo`ladi. yuksak haltachalilarda haltacha nafaqat spora hosil bo`ladigan joy balki u sporalarning tarqalishida ham faol qatnashadi. Bularning mitseliylari shohlangan, gaploidli 1 yoki ko`p yadroli hujayralardan tashkil topgan. TSitoplazmasi soatiga 1, 2, 40 sm harakat qiladi. Tuban vakillarida esa mitslliy yo`q. Ular bir hujayrali.
YUksak darajada ixtisoslashgan ekzoparazitlarda mitseliysi qisqarib ketgan.
Xaltachalilarda hujayra devorining tarkibi huddi xitridiomitsetlar va zigomitsetlar singari xitin bo`ladi. lekin 20-25 % ni tashkil qiladi olos. Bu ko`rsatkich xitridimtsetlarda 60 % ni, zigomitsetlarda esa 37-40 % ga etadi. ayrim achitqi zamburug`larda xitin topilganicha yo`q.
Bularning rivojlanishi jarayonida jinssiz ko`payish katta ahamiyatga ega. Jinssiz jarayonda hosil bo`lgan spora gaploid mitseiyda ekzogen yo`l bilan hosil bo`ladi. morflogik jihatdan konidiya spora hosil qilishi xilma-xildir. Konidiya hosil qiluvchi band mitseliyda bir dona yoki to`p-to`p hosil bo`lishi mumkin. Parazit xaltachali zamburug`larda konidiyasporalar o`simlik tirikligida tirik o`simlikda hosil bo`lsa, xaltachali sporalar o`simlik vegetatsiyasining ozirida yoki xalok bo`lganda qishni o`tagandan ukeyin hosil bo`ladi. jinsiy jarayon ikki gametangiy yoki gametalarga tabaqalashmagan itisoslashgan hujayralarning o`zaro qo`shilishi orqali sodir bo`ladi. xaltachali zamburug`larning tuban guruhida yalang`och xaltachalilarda jinsiy jarayon zigomitsetlarnikiga o`xshash bo`ladi. yuksak xaltachalilarda gametangiylarning tabaqalanishi va murakkablashuvi kuzatiladi. Bularda bir hujayrali anteridiylar va askogen hosil bo`ladi. anteridiy mahsulotini trixogin orqali askogenga quyadi. Bunda plazmalar qo`shilad, Lekin yadrolar bir biriga yaqinlashib dikorion hosil qiladi. So`ng askogendan o`sib chiqadi va Shoxlanadi. Dikarionlar gifalarga o`tib ularning uchki qismiga boradi, yadrolar qo`shiladi. Ular 3 marta bo`linadi va 8 spora hosil qiladi. Sporali gifa to`siq bilan bo`linib, xaltacha hosil qiladi. Meva tanalarning borligi yoki yo`qligi va ularning hosil bo`lish usullariga ko`ra sinf 3 sinfga bo`linadi.
YAlang`och xaltachalilar. Ularda meva tana bo`lmaydi. Xaltacha bevosita mitseliyda hosil bo`ladi. prototunikat:
Euskomitsetlar xalitachalar meva tanalarda hosil bo`ladi.
Prototunikat yoki unituniket. Lokuloaskomitsetlar - bitunikat.
Bular orasida xo`jalikka katta zarar etkazadigan parazit trlari bilan birga iqtisodiy jihatdan foydali turlari ham ko`p. Antibiotiklar, alkaloidlar, vitaminlar, fermentlar, o`sturuvchi moddalar etishtirishda va olishda ahamiyati katta.
Kemiaskomitsetidae -yalang`och haltachalilar sinfchasi. Bu sinfcha hajm jihatdan kichik va sodda tuzilganligi bilan ham farqlanadi. Bularda meva tana hosil bo`lmaydi. Xaltachalar yakka yakka hosil bo`ladi yoki mitseliyda etiladi. Sinfcha ikki tartibdan iborat bo`lib, endomitsetlar tartibiga mansub zamburug`larda xaltacha yakka-yakka holida mitseliyda zigotadan hosil bo`ladi. Askogen gifasi ishtirok etmaydi. Ko`pchiligida asl mitseliy hosil bo`lmaydi, hujayra kurtaklanish yo`li bilan ko`payavradi. Kamdan kam hollarda bo`linib ko`payadi. Ayrim turlaridagina ustunlik qiladi.
Endomitsetkabilar. Bularning ko`pchiligi o`simliklarning vegetativ organlarida mevasining yuza qismida saprofit hayot kechiradi. Parazit turlari kam. Bular orasida muhim amali ahamiyatga ega bo`lganiachitqi zamburug`idir.
Saxaromitsetdoshlar oilasi. Bularda asl mitseliy hosil bo`lmaydi. Ularni vegetativ hujayrasi kurtaklanish yo`li bilan ko`payadi yoki bo`linib ko`payadi. Askosporalari bir hujayradan iborat bo`lgan xaltachalarda hosil bo`ladi. bularni ko`pchiligida diploid faza uzoq cho`ziladi. Hatto rivojlanish jarayonida ustunlik qiladi.
Odatda hayotini hamma davri yoki ko`p qismi alohida hujayra ko`rinishida bo`lgan zamburug`lar achitqilar deyiladi. Bir hujayrali organizmlarda mitseliyli organizmlarga nisbatan modda almashish tezligi Yuqori bo`ladi. achitqilar Shuning uchun tez o`sib, tez ko`payadi. Achitqi zamburug`laridan meva, don sharbatlaridan spirtli ichimliklar tayyorlashda foydalanish qadim zamolardan malum. Saxaromitsetlarni 20 turi bo`lsada, ulardan insonlar uchun eng ahamiyatlisi sakxoromises seryavizioedir. Bu turni madaniy holda yuzlab irqlari bor. Ishlab chiqarishda vino, noturush va spirtli irqlari va pivo irqlari farqlanadi.
Vinolar achitqi yordamida uzum, meva soklaridan tayyorlanadi. Eng Yuqori achitish jarayonida 18-20.5% spirt hosil bo`ladi.
Euskomitsetlar sinfchasi. Bularda meva tana hosil bo`ladi va unda xaltachalar etiladi. Faqat tuban vakillarida xaltachalar to`p-to`p bo`lib, mitseliyda hosil bo`ladi. meva tana 3 xil bo`ladi. kleystotetsey - yumaloq hamma tomoni berk, ichida faqat xaltachalar bo`ladi, parafizi iplari bo`lmaydi. Sporalarini tarqalish prototunikat va unutunikat.
Peritetsiya - meva tana yarim ochiq - kolbasimon. Xaltachalar orasida parafiza iplari bo`ladi. bir soatda 4000 donagacha askosporani otib tarqatishi mumkin, unutunikat.
Apotetsiy- kosachasimon to`liq ochiq bo`lib, Yuqori tomonida xaltachalar va parafizalar - mevasizlangan iplar qat-qat bo`lib joylashgan, bu qatlamni gimenial qatlam deb yuritiladi. Sporalar faol tarqaladi. Meva tananing hamma qismi ochiq bo`lgani uchun bir vaqtda ko`plab xaltachalardan sporalar otilib tarqaladi. Meva tanalarning kattaligi 1-2 mm dan 15-20 sm gacha etadi. ko`pchilik turlaridan meva tanalar mitseliya emas, balki stromalarda etiladi. Stromalar esa gifalarning o`zaro zichlashuvidan hosil bo`ladi. sinfchaning sistemasi meva tanalar tuzilishiga asoslagan.
Plektomitsetlar - guruh tartibi meva tanasi yopiq, bazan chala ochiq xaltachalar tartibsizx joylashgan, sporalar tarqalishi prototunikat. Bu o`z navbitadi 3 tartibga bo`linadi.
Eurotsikabilar. Buni yana aspergilkabilar ham deb yuritiladi. Tartib bir necha yuz turga ega. Meva tana yopiq, xaltachalar tartibsiz jolashgan. Prototunukat meva tanalari 1-2 mm, ayrimlarida bir necha sm ga teng. Tuban turlarida meva tana hosil bo`lmaydi. Xaltachalar mitseliyda hosil bo`ladi. xaltachalar askogen gifalarida hosil bo`ladi. bularda kondiyasporalar hosil qilish etakchi o`rinni egallaydi. Xaltachalar hosil qilish kam kuzatiladi. Bularni ko`pchiligi tuproqda, o`simlik va hayvon qoldiqlarida saprofit hayot kechiradi. Lekin bular orasida ham odam va hayvonlarda og`ir kasallik tug`diruvchi turlari ham bor.
Shuningdek, bular antibiotiklar, fermentlar, organik kislotalar hosil qiladi.
Eurotsiyadoshlar. Bularni ko`pchiligi turli iqlim sharoitida turli mintaqalarda tuproq, o`simlik va hayvon qoldiqlarida yashab g`uborlar hosil iladi. Bularni tarqalishida konidiyali faza etakchi o`rinni egallaydi. chunki meva tana kam hosil bo`ladi. konidiyaspora hosil qilishga ixtisoslashuvi tufayli ko`pchilik turlarida meva tana va xaltacha hosil qilish mutlaqo kuzatilmaydi.
Aspergill va penitsill turkumlari rasmiy ravishda takomillashgan zamburug`larga kiritiladi. chunki yuqrida aytilganidek, buarda jinsiy jarayon bo`lmaydi. Lekin biz bu ikki turkumni shu sinfgacha mansub deb, ular bilan tanishishni shulardan boshladik. Bular er yuzining hamma qismida uchraydi va ular qoramtir , Yashil, sarg`ish ko`rinishlarda bo`lib, aspergillni konidiya bandi bir hujayrali, Yuqori qismi esa sharsimon bo`lib, unda joylashgan konidiyasporalar ko`rinishi bilan gulga suv sepadigan idishdan chiqayotgan suvlarga (leyka) o`xshab ketadi.
Pirepomitsetkabilar - gurux tartibi. Meva tanalari peritetsiy ayrimlarida yopiq, xatlachalari to`p-to`p yoki qat-qat bo`lib joylashgan. Uning to`ni qat. Sporalar faol tarqaladi.
Erizifakabilar tartibi. Bularning ko`pchiligi o`simlik organlarining yuza qismida yashab, dasilab oqish va keyin to` rangli mitseliy va unda sporalar etiladi.
Un shudring zamburug`larining oziqlanishi gausteriyalar orqasi boradi. Gausteriyalar o`simlik to`qimasiga kirib, ozuqa moddalarni so`rib oziqlanadi. O`simlikning barg va boshqa organlariga maxsus so`rg`ichlar orqali mitselliylar birikadi. Rivojlanish jarayonida konidiyaspora va xaltacha hosil qiladi. Erkak ikki hujayradan urg`ochisi 1 hujayradan iborat.yu anteridiy o`z mahsulotini urg`ochi organning maxsus teshikchasi orqali quyadi va otalanish sodir bo`ladi. natijada yopiq meva, tana va uning ichidagi xaltachada askosporalar etiladi. yopiq meva tana po`sti yorilgandan so`ng sporalar tarqaladi. Otalangan sporalar o`simlik organlariga borib tushchsa spora o`sib yana zararlash boshlanadi. Zararlangan joy yuzasida mitseliy unda konidiya sporalar etiladi. Erizafa turkumiga mansub zamburug`lar g`alla o`simliklarida parazitlik qiladi. Erizife graminusning bug`doy, javdar, arpa kabi o`simliklarga ixtisoslashgan formalari bo`lib jaroxatlangan joyi tashqi ko`rinish va kasallikning hamma formalari bir hilda kechadi. Hammasi konidjiyaspora va xaltacha hosil qiladi. U o`sib gaustoriya hosil qiladi. To`qimaga kirib mitseliy hosil qiladi. Mitseliysi dastlab oq so`ngra qo`ng`ir rangli g`ubor ko`rinishd bo`ladi. mitseldiyda ketsin konidiya spora etiladi. yoz davrida bir necha marta konidiya hosil qiladi.
yozning 2-yarmida jinsiy jarayon boshlanadi. Bularga qarshi kurash yopiq joylarda dizenfektsiya qilish, qoldiq o`simliklarni yo`qotish bilan, ochiq joylarda oltingugurtni o`zini yoki mis kuporosi bilan aralashmasini sepish orqali olib boriladi.
Untsinula - meva tanasi sharsimon konidiyasi va mitseliysi bilan boshqa un shudring zamburug`lariga o`xshab ketadi. U uzuming eng xavfli parazitlaridan biridir. U SHimoliy Amerikadan Evropaga 19-asrda o`tgan zamburug` o`simlik bargi, novdasi va mevasini zararlaydi. Bularda ham mitseliy dastlab oqish, kyin qo`ng`ir rangga o`tadi. Bu bilan zararlangan meva yoriladi, quriydi yoki irib ketadi. U tufayli hosiling 65-100 % yo`q bo`lishi mumkin. O`rta Osiyoda meva tanada ko`plab hosil bo`lgan askosporalar qishlab bahorda dastlab ular zararlaydi. Shuningdek mitseliy ham qishlashi mumkin. chunki bazan askospora kuzda etiladi. Natijada mitseliy holda qishni o`tkazadi. Bularga qarshi ham oltingugurt sepish blan yoki turli aralashmalardan tayyorlangan moddalar orqali olib boriladi.
Sfaroteka - bularni mitseliysi ham oldingilarga o`xshash bo`ladi. rangi ham oq, so`ng qo`ng`ir g`ubyuor holda bo`ladi. turkumning turlari ko`p bo`lmasada, lekin ular yuksak o`simliklarning eng xavfli zararkunandalari hisoblanadi. Bu ham SHimoliy Amerikadan 1901 yil Rossiyaga o`tgn. U krijovnik karakatda bargi, nvdasi, mevasini zararlaydi. Ikkinchi turi feroteka poinoza turining bir formasi shaftolini, ikkinchi formasi atirgulda yashab, bargi, novdasi, mevasini zararlaydi. Bularda ham dastlab oq g`ubor hosil bo`lib, keyin to`q rang hosil bo`ladi. belgisi: bargi buraladi, mevasi yoriladi va irib ketadi. Zamburug`ni mitseliysi qishlab, bahorda konidiyalar hosil qiladi. Meva tana ham hosil bo`ladi. bu zamburug` bodomni ham zararlaydi. Qarshi kurash kasallangan mevani kesib olish va kimyoviy usulda ishlov berish. Atirguldagi formasi ham barg, novda va gul g`unchasini zararlaydi. Buning biologiyasi ham shaftolinikiga o`xshash.
Shoxkuyakabilar. Bularda meva tana peritatsiya, stroma shakllangan bo`lib, faqat zamburug` gifalaridan tarkibtopgan. Stroma etli, tiniq rangli yoki qoramtir. Stromaning shakli yostiqsimon, , Shoxsimon boshsimon va boshqa ko`rinishlarda bo`ladi. stroma xo`jayin o`simlikning jarohatlangan joyida hosil bo`ldi. Kattaligi 1-2 mm dan 10-15 sm gacha bo`ladi. eng kattasi 20-30 sm ga etadi. sporalar etilganda xaltachaning Yuqori qismida pora hosil bo`ladii. Shu qismi orqali otilib tarqaladi. Sporani otish masofasi 0,03 sm xaltadagi 8 spora 1 sek da otilib bo`ladi. bularning ham rivojlanish d jarayonida koidiyalar hosil qilish muhim ahamiyatga egadir. Tartib bir oila 23 trkumdan iborat.
Shoxkuya - klaviseps. Turkumiga mansub zamburug`lar har xil xar xil shakl va kattalikda qattiq sklerotsiyalar hosil qiladi. Sklerotsiy qishni o`tagandan keyin bahorda stroma hosil qiladi. Uning rangi sarg`ish yoki qizg`ish bo`ladi. turkum 30 turga ega. Bular orasida purpur shohkuya keng tarqalgan va xo`jalikda muhim ahamiyatga ega. U ko`p sonli g`allalarda parazitlik qiladi. SHohkuya bilan zararlangan to`pgulda sklerotsiy yaqqol ko`zga tashlanib turadi. U qoramtir binafsha rangda bo`ladi. sklerotsiy tuproqda qishlab, 23 dan 5 haroratda o`nib, uning ustida hosil bo`ladi va ular asta sekin stromalarga aylanadi. Stroma boshchalarining chekka qismida meva tanalar, ularda xaltacha, unda sporalar etiladi. Bu askosporalar g`allalarning gullarini zararlaydi. Eng ko`p zararlash havoda nam yuqri va quyoli kunlar bo`lmaganda kuzatiladi. Spralar shamol orqali o`simlik guliga kelib tushsa, ul ochiq bo`lsa, urg`ochisi tumshuqchasiga yoki nektardonga tushgan spora o`sib tugunchaga o`tadi. Zararlash tumshuqcha orqali yoki tuguncha asosidagi meristema to`qimasi orqali boradi. Zararlangandan bir necha kun o`tishi bilan konidiyalar hosil qiladi. Tugunchada mitseliy zi joylashadi va unda konidiya bandi uning ustida konidiyalar hosilbo`ladi. Sporalar etilganda u o`zidan bolshira chiqaradi. Qo`lansa xidli bu suyuqlik hasharotlarni o`ziga jalb qiladi. Konidiyasporalar xasharotlar va shamol yordamida tarqaladi. Sklerotsining hosil bo`lishi sekin boradi. Dastlab u sarg`ish jigarrang keyin kulrang binfsha yoki ora binafsha rang oladi.
Skleratsiyning to`liq etilishi donli etilish davriga to`g`ri keladi. Tugunchaning zararlangan to`qimasi to`liq emiriladi va uning o`rniga zamburug` mitselisi egallaydi. Hozirgi kunda bu bilan donli ekinlarni zararlanishi kam kuzatilmoqda. chunki urug`larning saralanishi va begona g`alla o`simliklaridan o`z vaqtida tozalanishi bunga sabab bo`lgan. Zararlanish 1 % hosilning kamayishi esa 0,3-0,5 % dan ortmaydi. Skleratsiy tarkibida alkoloidlar bo`lgani uchun u zaharlidir. Bu alkaloiddan tibbiyotda qadimdan foydalanib kelinmoqda. Shuning uchun sklerotsiy etishtirish maqsadida jaydar ekilib gektaridan 50-100 kg, namgarchilik bo`lgan yillar gektaridan 150-200 kg yig`ib olishgan.
Diskomitsetlar guruh tartibi. Meva tanasi ochiq sporaning tarqalishi faol. Faqat grufel kabilarda meva tana parchalangandan keyin tarqaladi.
Petsitsakabilar tartibi. Ularda haltacha uchki qismidagi qopqoqcha orqali ochilib sporalarni tarqatadi. Meva tanasi opotetsiy kattaligi 1 mm dan 10 sm gacha. Faqat Janubiy Amerikada tarqalgan bir turida meva tana bo`yi 1 m. Eni 50 sm bo`ladi. apotetsiy etli yoki terisimon bo`ladi. rangi qizil, jigarrang, qora bo`ladi.
Geminial qatlamda doimo parafizm bo`ladi. sporalar sharsimon bir hujayrali jigarrang ko`payishi xaltacha hosil qilish yo`li bilan, onidiya kam kuzatiladi. Ular deyarli saprofit parazitlari kam.
Morxullaseae - qo`ziqorindoshlar oilasining meva tanasi ko`proq oyoqcha va qalpoqchaga bo`lingan. Rangi jigarrang, etuk sporalarida yadrolar 20-60 gacha bo`ladi. qo`ziqorinda opotetsiy 6-10 sm bo`ladi. barcha qo`ziqorinlar bahorgi zamburug`lar hisoblanadi va ular o`rmonda bog`larda tarqalgan. Hamma turlari istemolga yaroqli. Jinsiy jarayon ikki vegetativ hujayraning qo`shilishi orqali boradi. Bularda anteridiy va askogen hosil bo`lmaydi. Sporalarni 1 sm masofaga otib tarqatadi. Buning 2 turi istemol qilinadi. Masalan, eskulenta va konikalbu turlari hamma joyda uchraydi. Ulkan qo`ziqorinjuda kam uchraydi. Meva tanasi 25-30 sm. Petsistadoshlaroilasi meva tanasining disksimon yoki kosachasimon bo`lishi bilan harakterlanadi.
Petsitsa peziza turkumi 100 turga ega bo`lib apotetsiy 1-5 sm. Qo`ng`ir yoki jigarrang bo`ladi. bular deyarli namli o`rmonlarda tarqalgan. Bahor va yozda o`rmonda binafsha jigarrangli apotetsiy ko`p uchraydi.
Savollar



  1. Askomitsetlar sinfining o`ziga xos belgilari.

  1. Sinfga mansub zamburug`larning hujayra tuzilishi.

  2. Xaltachali zamburug`larning kpayishi, oziqlanishi.

  3. Askomitsetlarning tarqalishi, kelib chqishi, ahamiyati.

  4. Sinfning sistematikasi, yalang`och va meva xaltachalari.

  5. YAlang`och xaltachalilardan endomichetlar tartibining tavsifi.

  6. Meva xaltachalilarda meva tananing hosil bo`lishi, eurotsiyakabi lar, Shoxkuyakabilar, diskomitsetkabilar tartiblari, ularning muhim turkumlarining tavsifi.




Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin