Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


-semestr. Botanika (yuksak o‘simliklar sistematikasi)



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə42/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

2-semestr. Botanika (yuksak o‘simliklar sistematikasi)
Ma’ruza mashg’uloti
1-Mavzu: Zamburug`lar bo`limi. Xitridiomisetsimonlar sinfi. Oomisetsimonlar sinfi
Reja:

  1. Zamburug`larning umumiy belgilari va hujayra tuzilishi.

  2. Zamburug`larning oziqlanishi, ko`payishi va tarqalishi.

  3. Ularning kelib chiqishi va ahamiyati.

  4. Bo`limning sistematikasi.

  5. Xitridiylar, oomitsetlar sinflarining o`ziga xos belgilari.

Zamburug`lar - mukota, fungi.


Zamg`burug`lar 100 ming turga ega bo`lib, organik olamda alohida o`rin tutadi.


Bular xlorofillsiz bo`lgani uchun tayyor organik modda hisobiga yashaydi -geteratrof.
Po`sti tarkibida xitin bo`ladi. Qo`r modda glikogen bo`lishi bilan hayvonot olamiga yaqin turadi. Boshqa tomondan oziqlanishda so`rish usulini bo`lishi uzluksiz o`sishi bilan o`simliklar olamiga yaqin turadi.
Zambrug`lar tashqi qiyofasi, yashash muhiti va fiziologik funktsiyasi xilma xildir. Lekin ulaning umumiy bo`lgan tomonlari ham bor. Jumladan vegetativ tanasi asosan mitseliydan iborat bo`ladi.
Mitselliy substratning yuza qismiga joylashgan bo`lib nozik ingichka Shoxlangan tolalardan iborat bo`ladi.
Zambrug`lar shartli ravishda tuban va yuksak deb bo`linadi.
Tubanlari xujayrasiz tuzilgandir. YUksaklarida tanasi ko`p xujayrali bo`ladi. Zambrug`larni xujayrasi tashqi tomondan qalinpo`st bilan o`ralgan bo`ladi. Lekin zoosporalarida va ayrim sodda zambrug`larda bunday po`st bo`lmaydi, xujayra devorining ichki qismida tsitoplazma membranasi xujayra protoplatini har tomondan o`rab olgan.
Xujayra devorining 80-90 % azotli va azotsiz polisaxaridlardan iborat. YAna tarkibida oz miqdorda oqsil lipoidlar polifosfatlar bo`ladi Ko`pchilik zambrug`larda polisaxaridning asosiy qismi xitindan iborat. Lekin oomitsetlarda tsellyuloza bo`ladi.
Zamburug` xujayrasida mitoxondriya lizosoma vakuola bo`ladi. Vakuolada ko`p moddalar - glikogen valyutin ,lipid , yog` to`planadi. Kraxmal yo`q. YAdrolar soni birdan bir nechagacha boradi. YAdro ko`p membranali. YAdrocha va xromosoma DNK bo`ladi. Mitselliy gifalarida o`sish uchki qismi orqali boradi. Kuchli Shoxlanadi.
Ko`payishi. Bularda vegetativ jinssiz, jarayonlar kuzatiladi. Vegetativ: gifonli mitseliydan ajralishi, oidiylar, xlomidasporalar hosil qilish orqali ko`payadi.
Jinssiz sporalar yordamida maxsus spora hosil qiluvchi organda (endogen), yoki mitselliyning uchki o`simtalarida konidiya hosil qiluvchilarda hosil bo`ladi. ko`pchilik tuban zamburug`larda zoosporalar yordamida boradi. Boshqa birlarida sporangiy sporalar maxsus sporangiylarda etiladi. Sporangiylar tik o`sgan sporangiy bandlarida joylashgan bo`lib, sporalarni tarqalishi uchun qulay bo`ladi. konidiyalar ayrim tuban zamburug`larda asosan yuksak zamburug`larda hosil bo`ladi. konidiya po`stga ega lekin xivchin bo`lmaydi va havo yoki hasharotlar yordamida tarqaladi. Bug`doy zang zamburug`ining sporasi 1000 km ga qadar tarqaladi.
Jinsiy: erkak va urg`ochi gametalar o`zaro qo`shilib zigota hosil qiladi.
Gametalar gaploid, zigotasi diploid tuban zamburug`larda izo, getero, oogamiya. Zigomitsetlarda har xil jinsiy belgili bir xil ko`rinishdagi hujayralar qo`shiladi, buni zigogamiya yoki geterotolizm hodisasi deyiladi.
Kelib chiqishi. Bular polifiletik yo`l bilan kelib chiqqan. Uning sinflari o`zaro bog`liq bo`lmagan holda rangsiz xivchinlilar va hivchinsiz amyobasimon flogelyatlarning turli guruhlaridan kelib chiqqan. Xitridiylar bir xivchinli flagelyatlardan kelib chiqqan bo`lishi mumkin.
Oomitsetlar esa kelib chiqishiga ko`ra biror sinf bilan yaqin deb bo`lmaydi. chunki hujayra po`sti, ikki xivchinli zoosporasi, jinsiy ko`payishning harakteri bilan tubdan farqlanadi. Bu sinfni kelib chiqishi aniq emas. Ehtimol parazitlik yo`li bilan oziqlanishgao`tishi munosabati bilan xlorofillini yo`qotgan va xar xil xivchinlilardan kelib chiqqan bo`lishi mumkin.
Zigomitsetlar xivchinsiz amyobasimon flagelletlardan kelib chiqqan deb aytish mumkin va ulardan xaltachali va bazidiyali zamburug`lar kelib chiqqan.
Hozirgi zamburug`larning sporalariga o`xshash sporalar mezozoy erasining qazilmalaridan topilan. Misol bizgacha etib kelgan ayrim zamburug`larning qoldig`i Bo`r davridan maolum.
Ahamiyati. Zamburug`lar tabiatda moddalarni aylanishida faol qatnashadi. Ular tuproqqa tushgan o`simlik va hayvon qoldiqlarini parchalaydi. Tuproqda organik moddalar hosil qilishda, uni boyitishda ahamiyatlidir. Ko`pchilik zamburug`lar fermentlarga boy bo`ladi. fermentlardan pektinozadan meva sharbatlarini tiniqlashda, tsellyulozadan xom ashyolarni qayta ishlash, dag`al hashaklarni qayta ishlash qog`oz qoldiqlarini parchalashda, proteazadan oqsil gidrolizida, ammilazadan kraxmalni gidrolizlashda foydalaniladi. Antibiotiklar olishda, skleroiydan qon to`xtashda, qora aspergilldan limon kislota olinadi.
Gibberellin - o`sishni tezlashtiruvchi oziq-ovqat, achish jarayonida ahamiyatlidir. Zamburug`lar qog`oz, gazlama, charim, bo`yoq, ipdan iborat kitoblarni shirochidan foydalanadi va kitobni emiradi, oziq-ovqatlarni buzib yaroqsizlantiradi, odamda teri, soch, qoplami, tirnoqdagi kasalliklarni ham shular keltiradi.
Xitridiomitsetlar sinfi. Bularning vegetativ tanasi plazmodiydan iborat yoki mitseliysi kuchsiz rivojlangan. Bular jinssixz bir xivchinli zoosporalar hosil qilish bilan ko`payadi. Jinsiy jarayon xilma-xil izogamiya, geterogamiya, oogamiya, xlogamiya. Sinf 3 tartibdan iborat.
Xitridiykabilar, oblastokladkabilar va monoblefaridakabilar.
Xitridiales tartibi. Bular vegetativ tanasining tuzilishiga ko`ra eng sodda va mayda organizmlar bo`lib, tanasi yalang`ochplazmodiydan iborat yoki sharsimon, ovalsimon, yumaloq hujayralarga tabaqalashgan bo`lib, mitselliy boshlang`ich holda bo`ladi. ular asosan o`simlik va hayvon ichida yashaydigan parazitlar bo`lgani uchun mitseliy takomillashmagan bo`lishi mumkin. Bularda xivchinli stadiyaning bo`lishi oldingi ajdodlari xisoblanmish, xivchinlilarga xos belgilarni saqlanib qolganligidan dalolat beradi. Bularning ko`pchiligi chuchuk suvda va dengizda yashovchi suvo`tlari, zamburug`larda, yuksak o`simlik va hayvonlarda parazitlik qiladi. Oz qismi o`simlik va hayvon qoldiqlarida saprofit yashaydi. bular orasida quruqlikdagi o`simliklarda ham parazitlik qiladigan turlari ko`p. Shulardan biri olpidium brossikaedir.
U karam ko`chatlarida qora oyoq kasalligini hosil qiladi. Uning bir xivchinli zoosporasi karam ildiziga tushsa, po`st bilan o`ralib, xo`jayin o`simlik qoplovchi qismini eritib, o`z mahsulotini epiderma hujayrasiga qo`yadi. So`ng parazit birlamchi po`stlog`ining ichki qatlamdagi hujayralarga kiradi. Paraitning protoplasti ho`jayin o`simlik hujayrasida uzoq vaqt po`stsiz holda bo`ladi. yadrosi bo`linib, ko`p yadroli bo`lib qoladi va po`st bilan qoplanib to`lig`icha zoosporangiyga aylanadi va uning naychasimon o`simtasi tashqariga chiqib zoosporalar shu naytslar orqali chiqib, yana yangi niholni zararlashda davom etadi. Bunday rivojlanish jarayonini o`tash uchun bir necha kun kifoya qiladi. Bu jarayon yana qaytarilavermaydi. Zoosporalar unib chiqishi kechiksa, ular o`zaro bir biri bilan qo`shilib zigota hosil qiladi. Zoosporalar turli zoosporangiylarda etilgan bo`lsagina ular o`zaro qo`shiladi. Ikki xivchinli zigota suzib yurib, kein xo`jayin o`simlik hujatsrasiga duch kelsa to`xtaydi, qalin po`st bilan o`ralib xuddi zoospora singari bu ham o`simlikni zararlaydi. Bunday holda parazitning protonemasi o`sib, po`st bilan o`raladi va tinchlik holatini tsista hosil qiladi zararlash odatda dastlabki urug` palla yoki birinchi barg hosil bo`lganda kuzatiladi. Zararlangan poya qorayadi, noxziklashadi va egilib oxiri halok bo`ladi. bunga qarshi kurashish uchun ko`chatlarni qalin va o`ta nam bo`lmasligi zarur. Qum sepish zarur. Qum bilan qoplangan qismining Yuqori qismidan qo`shimcha ildizlar chiqishi bilan hosilni saqlab qolish mumkin. YAna chidamli navlar yaratish, ditsenfektsiya qilish bilan kurash olib boriladi. Hozirgi kunda olppdium turkumining 2 turi mavjud. Ular morfologik belgilari bilan juda o`xshash, Shunga ko`ra ular yashayotgan substrat orqali farqlash mumkin. Bularni biri suv o`tlarida, boshqalari suv zamburug`larida, umurtqasiz hayvonlarda parazitlik qiladi. YAna amaliy ahamiyatga ega bo`lgan turkumlardan biri sinxitriumdir. Bu turkum turlari oldingi turkumga nisbatan rivojlanish jarayonida 5-9 taga qadar zoosporangiylar uyumini hosil qilish bilan farqlanadi.
Oomitsetlar sinfi. Bularda mitseliy yaxshi rivojlangan, lekin hujayrasiz tuzilgan. Jinssiz jarayonda 2 xivchinli zoospora hosil qiladi. Xivchini biri oddiy, ikkinchisi patsimon. Jinsiy ko`payish oogamiya. Bu sinf bir necha tartiblarga bo`linadi. Ulardan saprollegniyakabilar, peronosporakabilar, leptomitkabilar va lagenidkabilar bilan tanishib chiqamiz.
Saprollegniyakabilar tartibi. Bular zamburug`lar orasida keng tarqalgan va yaxshi o`rgangan guruhdir. Bular chuchuk suvlarda, qisman dengiz uvlarida saprofitlik yoki parazitlik yo`li bilan hayot kechiradi. Bularning hammasi uchun eng harakterli belgisi tsellyulozadan po`st va 2 xivchinli zoosporaning bo`lishidir. Jinsiy jarayoni oogamiya. Lekin anteridiyda gameta shakllanmagan. Shuning uchun o`z mahsulotining bir qismini yadro bilan oogoniyga qo`yadi va tuxum hujayra bilan qo`shiladi. Tartibning eng sodda turlari xitridiylarni eslatadi.
Bu 2 turkum turlari desmidium, diatom, o`ng`ir va qizil suv o`tlarida parazitlik qiladi. Xo`jayinni zararlash zoosporasi orqali bo`ladi. ho`jayinni yuza qismiga o`tirib o`z mahsulotini hujayraga qo`yadi. U xo`jainni ichida po`stli tolalarga aylanadi. Ozuqa tugashi bilan zoosporangiy hosil qiladi. Zoosporangiyning naysimon o`simtasidan chiqqan zoospora po`st bilan o`ralib tashqariga chiqadi va yana xo`jayinni zararlashda davom etaveradi.
Tartibning eng takomillashgan keng tarqalgan turkumlari qatoriga saprollegiya, axliya, afonomitseslarni kiritish mumkin. Bularni mitsellilari yaxshi rivojlangan. Gifalarining nozik shohlanganlari bo`lib, erkin o`zsadi. Agar suvli shisha idishga pashsha o`ligi yoki tovuq tuxumi bo`lagi solib qo`yilsa 5-6 kundan keyin substrat yuzasida yaxshi ko`zga ko`rinadigan g`ubor hosil bo`lganini kuzatish mumkin. Keyinchalik undan zoospora hosil bo`ladi. u suzib yuradi, qulay sharoit bo`lsa to`xtaydi, po`stga o`raladi, so`ng mitselliy hosil qiladi.
Peronosporakabilar tartibi. Bular qadimiy organizmlar bo`lib, ularning qoldiqlari paleozoy erasidan topilgan. Bu tartibga mansub zamburug`lar sinfiga mansub organizmlar orasida ko`p evolyutsiya bosqichlarini o`tagan. Ular bir necha v yuz turni ichiga oladi.
Fitofora - uning 70 turi bor, bu turkum morfologik, fiziologik va ekologik xususiyatlari bilan pitum va peronspora turkumlari oralaridan joy olgan. Mitselliysi oq, o`rgimchak uya singari, sorongiysi limonsimon shaklda, zoosporasi zoosporangiyda hosil bo`ladi. ular suvda yashamaydi. Lekin tasarrufan tushib qolgan bo`lishi mumkin. Fitoftora uzoq vaqt tuproqda bo`lolmaydi, uning oosporasi, xlomidosporasi uzoq muddat bo`lishi mumkin. Ular o`simlikni zararlaydi, Shuning uchun ularni o`simlikni zararlagan joyidan ajratib olish mumkin. U er yuzidan keng tarqalgan. Lekin issiq va namli o`lkalarda boshqa joylarga nisbatan ko`proq uchraydi.
Kartoshka kasalini qo`zg`atuvchi fitofora infestane kartoshka bargining hujayralar oralig`ida rivojlanadi.
U barg to`qimalar xisobiga oziqlanadi, natijada qo`ng`ir dog`lar hosil bo`ladi. nam ko`p bo`lsa, qorayib halok bo`ladi. ldastlab quyi barglari xalok bo`ladi. keyin Yuqori barglarini zararlaydi. Keyinchaliuk sporangiy bandlar hosil qiladi. Og`izcha orqali chiqqan sporangiy bandlar Shoxlangan bo`lib, shohlarning uchida 300 sporangiylar hosil bo`ladi. ular shamol va yomg`ir orqali uzoqlarga tarqaladi. Barg plastinkasiga tomchi suv bilan tushsa, u erdagi sporangiydan 6-8 zoospora hosil bo`ladi. harakatdan to`xtab, po`st bilan o`raladi. Va o`sib og`izcha orqali bargni etli qismiga o`tadi. Qulay paytda 3-4 kun davomida yana yangidan sporangiylar hosil bo`ladi.
sporangiy tuproqqa tushsa tugunakni zararlaydi. Tuganaklarni ommaviy zararlanishi ularni yig`ib olish davrida kuzatiladi.yu chunki zararlangan tuganaklarga jarohatlangan tuganaklarni tegishi Shunga sabab bo`ladi. kasallangan tuganakda dastlab kul rang dog`lar hosil bo`ladi, keyinchalik qo`ng`ir rang oladi. Turli bakteriya va zamburug`lar bilan zararlangan, jarohatlangan tuganaklar fitoftora tufayli yana ko`p zarar ko`radi. Kelgusi yili tuganaklarni zararlanishi tuproq orqali kam bo`ladi. chunki tuproqda uning mitselliysi va sporangisi uzoq yashay olmaydi, halok bo`ladi. zararlanishi asosan kam zararlangan tuganaklarni ekish tufayli sodir bo`ladi. jinsiy jarayonda 2 hujayra mahsuloti qshiladi.
Lekin geterotolizm kuzatiladi. Qarshi kurash kimyoviy va yangi chidamli sort yaratish orqali olib boriladi.
Savollar

  1. Zamburug`larning umumiy belgilari va hujayra tuzilishi haqida nima bilasiz

2.Zamburug`larning oziqlanishi, ko`payishi va tarqalishining o ’ziga xos xususiyatlari nimada
3.Ularning kelib chiqishi va ahamiyati.
4. Bo`limning sistematikasini aytib bering


Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin